islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
#Ilmiy_tadqiqot

Tag

 Hadicha bint Xuvaylid 

Mo`minlarning onasi Hadicha bint Xuvaylid Quraysh qavmidan bo`lganlar. U kishi  “Fil voqeasi”dan o`n besh yil oldin Makkada tavallud topganlar. Otasining ismi Xuvaylid, onasi Fotima bo`lgan. Uning ota tomondan nasabi Qusayda Payg`ambarimiz nasabi bilan bog`lanadi. Ona tarafidan Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan katta bobolari Luayda birlashadi. Qavmining eng boy ayollaridan edilarlar. O`sha vaqtdagi fozila qizlarda topilishi kerak bo`lgan barcha sifatlar bor edi...- Toshkent islom instituti talabasi Sadriddin Abdukarimov

Adolat timsoli – Umar ibn Xattob

Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘nta jannat bashorat berilgan buyuk sahobalarning biri, Xulafoi roshidinlarning ikkinchisi, Payg‘ambarimiz alayhissalomning eng suyukli sahobalaridan biridirlar. U zotning to‘liq ismlari Abu Hafs Umar ibn Xattob ibn Nufayl Al-Adaviy Al-Qurashiydir. Rasuli Akram alayhissalom Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni “Foruq” – “haq ila botilni ajratuvchi”, – deb aytganlar...- Toshkent islom instituti talabasi Davronova Zebiniso

Imom Hafs

Abu Amr Hafs ibn Sulaymon ibn al-Mug'iyra al-Kufiy al-Bazzoz hijriy 90-yil, milodiy 709-yilda tavallud topgan. Hafs ibn Sulaymon Kufa shahrida tavallud topgan va o‘sha yerda yashagan. Bu davrda Kufa shahri ilm-ma'rifat markazlaridan bo‘lib, turli ilmlarda ko'plab olimlar yetishib chiqqan. Jumladan Abu Hanifa r.a, Ja'far as-Sodiq kabi yirik kufalik olimlar bilan zamondosh edi...- Toshkent islom instituti talabasi Islom A’zam

Dunyodagi eng qadimiy universitet

YUNESKO ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi birinchi  oliy o'quv yurti Al-Qaraviyyin universiteti hisoblanadi. Bu muassasa 859-yilda  Fotima al-Fihriy ismli badavlat musulmon ayol tomonidan Marokashning Fez shahrida asos solingan va keyinchalik u musulmon tarixida etakchi maʼnaviy va maʼrifiy markazlaridan biriga aylangan. Dastlab bu markazda matematika, grammatika, astronomiya kabi katta ahamiyatga ega bo'lgan turli fanlar o'qitilgan. Matematika, falsafa kabi muhim fanlar bo'yicha ko'plab olimlar bu universitetga jamlangsnlar va uning o'sishiga hissa qo'shganlar. Keyinchalik yillar davomida bu markaz asta-sekin o'sib, butun islom olamidagi eng muhim universitetga aylangan...- Toshkent islom instituti talabasi Buriboev Abdulvohid

Poykand Shahri

Poykand Buxoro va Amudaryo orasida joylashgan. Bu shahar hozirda mavjud emas. “Aqolim” (Iqlimlar) kitobi sohibi Abu Ishoq Al Forisiy shunday deydi: Movarounnahrning barcha shaharlarida ekinzorlar va qishloqlar mavjud. Lekin Poykand bulardan xoli bo'lgan. Shunga qaramasdan Poykand o’zining karvonsaroylari bilan mashhur. Ularning soni mingga yaqin.  Movarounnahrning boshqa barcha shaharlarida bu sondagi  karvonsaroylar bolmagan...- Toshkent islom instituti talabasi Abdurrohman Mansur
1 4 5 6 7 8 12