Butun dunyo zulmatga burkangan edi. Yaratuvchi Alloh edi, ammo boshqaga ibodat qilinardi. Alloh rizq berar edi, ammo boshqaga shukr qilinardi. Bozorlarda inson qul qilib sotilardi, qizlar esa tiriklayin ko’milardi. Manashu vaqtda Alloh taolo olamlarning rahmati, insonlarning gavhari bo’lmish Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg’ambar qilib yubordi. Hayotlarining har bir lahzasi biz uchun ibrat manbai bo’lgan habibimizning go’zal din islom uchun qilgan chaqiriqlariga ba’zi johil insonlar u kishiga ozor berish ila javob qaytardi. U kishini bu aziyatlardan man qilish uchun Quraysh ashroflaridan bo’lgan amakilari Abu Tolib o’z himoyalariga oladi Vaqtlar o’tib, Abu Tolib nubuvvatnning 10-yili vafot etgach, habibimiz uchun mahzunlik kunlari ko’p bo’ladi...- Toshkrnt islom instituti talabas Erkinova Amina
Usmon roziyallohu anhu 4 ta buyuk xalifalardan biri bo’lib, asli kasbi savdogar bo’lgan. U kishining otalari Affon ibn Abul Oss bo’lib, Makka shahrining yirik tijoratchilaridan hisoblangan. Usmon roziyallohu anhu otasidan savdo-sotiq ishlari, uni yuritish uslublari, foyda-zararlari, oldi-sotdi sir-sinotlarini o’rgandi. U 34 yoshida Abu Bakr roziyallohu anhuning chaqiriqlari bilan islomga kirgan. Eng yirik musulmon savdogarlardan bo’lgan Usmon ibn Affon bug’doy, arpa, mayiz, xurmo va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan tijorat qilganlar. Makkada Muzoraba savdosidan foydalanganlar...- Toshkent islom instituti talabasi M.Barakayeva
Muhammad Ibn Ismoil Al Buxoriy dedi: Bir kuni menga ustozim Muhammad Ibn Salom Poykandiy: Meni kitoblarimni bir ko'zdan kechiring agar unda biron xato topsangiz belgilab qo'ying dedi. Shundan keyin Muhammad Ibn Salom hadislarni yozganida Imom Buxoriy tekshirib, ma'qullagan hadislar oldiga "ma'qulladi", ma'qullamagan zaif hadislar oldiga esa "ma'qullamadi" deb yozib qo'yar edi. Poykandiyning sheriklari undan "maqullagan kim?" deb so'rashganida, Poykandiy: U o'xshashi yo'q yigit Muhammad Ibn Ismoil Al Buxoriy deb javob berdi...- Toshkent islom instituti talabasi AbdurRohman Mansur
Qu’ron kishilarni to’g’ri yo’lga boshlash uchun tushirilgan kitob bo’lib, koinot, mavjudot va ilmiy masalalarda so'z yuritish uning vazifasi emas. Lekin Qur’onda ba’zi ilmiy so’zlar kelganki, ular Qur’onning mo’jizakor kitob ekanligiga yorqin dalildir. Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam Makkada o’sgan, o’qish-yozishni o’rganmagan bir odam edilar. U yerda ilm-marifat, madrasa yoki ilmiy muassasa degan narsa aslo bo’lmagan. Bu esa, Paygambar alayhissalom ilmiy masalardan mutlaqo bexabar edilar, degani. Ammo Qur’onda shunday ilmiy masalar zikr qilinganki, buning sirini o’sha vaqtda va undan keyingi vaqtlarda hech kim bilmagan. Faqat bizning davrimizda-ilm-fan nihoyatda taraqqiy etgan davrda u narsalar tushunildi...- Toshkent islom instituti talabasi G’ofurjonov Axmadillo
Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Bir kun tongda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Kiso (o’ranadigan kiyim) kiygan holatda uylaridan chiqdilar va Ali, Fotima, Hasan va Husan roziyallohu anhumlarning oldilariga kirib, quyidagi oyatni o’qidilar: “Albatta, Alloh sizdan kirni ketkazib, butunlay poklashni xoxlaydi, ey ahli bayt” (Ahzob-33)...- Toshkent islom instituti talabasi AbdurRohman Mansur