islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Qur’oni Karimning mo’jizakorligi

Qu’ron kishilarni to’g’ri yo’lga boshlash uchun tushirilgan kitob bo’lib, koinot, mavjudot va ilmiy masalalarda so’z yuritish uning vazifasi emas. Lekin Qur’onda ba’zi ilmiy so’zlar kelganki, ular Qur’onning mo’jizakor kitob ekanligiga yorqin dalildir.

Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam Makkada o’sgan, o’qish-yozishni o’rganmagan bir odam edilar. U yerda ilm-marifat, madrasa yoki ilmiy muassasa degan narsa aslo bo’lmagan. Bu esa, Paygambar alayhissalom ilmiy masalardan mutlaqo bexabar edilar, degani. Ammo Qur’onda shunday ilmiy masalar zikr qilinganki, buning sirini o’sha vaqtda va undan keyingi vaqtlarda hech kim bilmagan. Faqat bizning davrimizda-ilm-fan nihoyatda taraqqiy etgan davrda u narsalar tushunildi. Alloh taolo “Anbiyo” surasining 30-oyatida shunday deydi:

“Kufr keltirganlar osmonlar-u yer bitishgan bo`lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaslarmi? Iymon keltirmaslarmi?”

Bu oyatda aytilishicha, osmonlar-u yer aslida bir narsa bo’lib, so’ngra bir-biridan ajralgan. Bu oyat Qur’onning mo’jizakorligidan biri va uni hozigi zamon ilmi ham tasdiqladi. Olimlarning aytishicha, butun borliq bir gazdan iborat bolib, keyin bo’laklarga bo’lingan. Quyosh gallaktikasiga kiruvchi olam ham shu bo’linishdan kelib chiqqan. Buning dalili sifatida ulamolar aytishadiki, yerda to’qson ikki xil moddalar bo’lib, shundan oltmish yettitasi quyoshda ham bor ekan. Quyoshdagi ko’p uchraydigan moddalar, masalan, azot, fosfor, temir, karbon va boshqalar yerda ham uchrar ekan. Bundan tashqari, ulamolar oy jinsini olib, o’rganib ko’rganlaridan so’ng Oyda ham yerdagi moddalar borligi ma’lum bo’lgan. Bularning hammasi shuni ko’rsatib turibdiki, olamdagi barcha narsalarning asli, Quronda aytilganidek, bir ekan.

Endi oyatning “va suvdan hamma narsani yaratganimizni” degan qismiga kelsak, bu ulamolar sirini ochgan ilmiy haqiqatlarning eng kattasidir, desak mubolag’a bo’lmaydi. Hayot va o’sish uchun zarur bolgan barcha kimyoviy ozgarishlar, albatta, suvsiz bo’lmaydi. Suv hayotning davom etishi, barcha koinot va nabototning yashashi uchun asosiy narsadir. Yer yuzining uchdan bir qismi suv bilan o’ralgan. Suvning xususiyatlaridan biri – yer yuzidagi haroratning bir xil saqlanib turishini taminlashdir. Agar shunday bo`lmaganda yer yuzida hayot bo’lishi gumon edi. Suvning xususiyatlari juda ko’p b’olib, ularning har bir Alloh taolo suvni O’zining maxluqlariga zarur narsa qilib yaratganligiga dalildir.

Suv – muzlaganda zichligi kamayib, hajmi katta bo’ladigan yagona moddadir. Bu xususiyatning suvda yashaydigan hayvonlarga ahamiyati katta. Shu xususiyat sababidan sovuq qattiq bo’lganida muz suvning ustiga ko’tariladi (boshqa modda bo’lsa pastga ketishi kerak edi). Muz suv hayvonlari uchun zarur narsadir. Past darajali haroratda suv o’ziga kislarodni ko’p miqdorda tortadi. Muzlagan suvdan esa harorat chiqib, daryo va dengizlarda yashovchi suv hayvonlarining hayotini saqlashda g’oyat qo’l keladi.

Qur’onning hikmatini qarangki, ozgina sozlar bilan yer yuzidagi hayotning cheksiz sirlarini bayon qildi. Faqat mana shu oyatning o’ziyoq Muhammad alayhissalomning haqiqiy Paygambar, Qur’oning haqiqiy ilohiy kitob ekaniga katta dalildir.

Aytib o’tilgan mo’jizalar dengizdan bir tomchi, xolos. Bu haqida necha-necha kitoblar bitilgan. Hozirda “Qur’on va sunnatdagi ilmiy mojizalar” nomi bilan atalgan xalqaro tashkilotlar, ilmiy nashrlar bor. Tib ilmidagilar Qur’oni karimning tibbiy mo’jizalarini, kimyo olimlari – kimyoviy, tarixchilar – tarixiy, fizikachilar – fizikaviy, munajjimlar – fazoviy va hokazo – har bir ilm sohibi o’z ilmi doirasida Qur’on mojizasini topgan va tan bergan. G`arbning necha – necha zabardast olimlari shu tufayli islomni qabul qilgan va hanuz qabul qilmoqdalar.

 

Toshkent islom instituti talabasi
G’ofurjonov Axmadillo

 

411790cookie-checkQur’oni Karimning mo’jizakorligi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: