Muhammad ibn Abdulloh ibn Molik at-Toiy Andalusiy rohmatullohi alayh, 1204 (600-hijriy)-yilda Andalusning Jayyon shahrida dunyoga kelgan, Ibn Molik kunyasi bilan mashhurdir. Ushbu zot Arab tili grammatikasi tarixida ajralib turadigan ulug’ allomalardan. Ibn Molik avvalgi ilmini Qur’on yodlashdan boshlagan, so’ngra qiroat ilmlari, diniy ilmlar, nahv va lug’at ilmlarini o’rgangan. Ma’lumotlarda kelishicha birinchi bo’lib arab tilini 628-hijriy yillarda bir qancha muddat o’z shahridagi olim Sobit ibn Xayor al-Kiloiy al-Muqridan o’rgangan. Ibn Molik yashab turgan vaqtlarda Andalusda tinchlik barqaror emas edi. Shu sababli u zot Mashriqga safar qilgan. Ehtimol rihlatning sababi ham ilm olish va hajni ado qilish uchun bo’lgan…- Toshkent islom instituti talabasi Imron Xolmirzayev




