islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Blog

Каъба ҳақида 10 факт

Илгариги Каъбада икки эшик бўлган, бири кириш, иккинчиси чиқиш учун. Шунингдек, унинг ён томонида бир дарча ҳам бўлган. Ҳозир эса фақат битта эшик мавжуд, биринчи эшик рўпарасидаги иккинчиси эса ёпиб қўйилган бўлиб, каъбапўш алмаштирлаётгандагина унинг ўрнини кўриш мумкин. – ТИИ Ҳадис ва ислом тарихи фанлари кафедраси катта ўқитувчиси Пўлатхон Каттаев

SALAF YO‘LI BILAN SIFAT OYATLARINI ANGLASH

Men bu kitobda kalom masalalariga kirishdan o‘zimni tiygan edim va mutakallimlarning ixtiloflarini bayon qilishdan chetga chiqdim. Lekin “sifat oyatlari” masalasi keng muhokama qilingan, bahs-munozaralar ham ko‘paygan. Shuning uchun bu borada qisqacha bo‘lsa ham bayon qilish zarur deb bildim.

Robbimiz O‘zini Qur’onda ba’zi lafzlar bilan sifatlagan bo‘lib, bu lafzlar lug‘aviy jihatdan insonlar ishlatadigan ma’nolarni anglatadi. Chunki Alloh “Uning o‘xshashi yo‘q” bo‘lgan Zotdir; U yaratuvchi Robdir, bandalarga o‘xshamaydi va hech qanday maxluqqa qiyos qilinmaydi. Shu bois biz bu lafzlarni maxluqlarga nisbatan qo‘llangandagi ma’nosi bilan emas, balki Alloh O‘ziga nisbatan qo‘llagan ma’noda tushunamiz…
TII Magistratura talabasi Turaqulov Abdurahim tayyorladi

MAROKASH QIROLLIGI

Marokash uzoq yillar davomida Atlantika okeani va O’rta er dengizi bo’ylab o’zining geografik joylashuvi bilan shakllangan. Miloddan avvalgi VII asrda arab xalqlari bu mintaqaga kirgan va ularning madaniyati, Islom dini taraqqiy etgan. Geografik joylashuvi: G’arbda Atlantika okeani Shimolda O’rta yer dengizi Sharqda Algeriya (Aljir) ya’ni Jazoir Janubi-Sharqda G’arbiy Sahara Hududi 446,550 km² ni tashkil etadi. Iqlimi: […]

ТИИда “Мазҳабга эргашиш – бирдамлик гарови” мавзусида «Фиқҳ ва ақидага оид ихтилофли масалалар ечими» китобига асосланган мусобақа бўлиб ўтди

Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институтида “Ақоид ва фиқҳий фанлар” кафедраси ташаббуси билан Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари бошчилигидаги Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази уламолари томонидан тайёрланган “Фиқҳ ва ақидага оид ихтилофли масалалар ечими” китоби асосида 1-курс талабалари ўртасида маърифий мусобақа ўтказилди. Мусобақа “Мазҳабга эргашиш – бирдамлик гарови” мавзусида ташкил этилди.

SAHRODAGI MO’JIZA – QATAR

Qatar bugungi kunda iqtisodiy barqarorligi, zamonaviy infratuzilmasi va global tashabbuslarda faol ishtiroki bilan mintaqaning yetakchi davlatlaridan biri sifatida tan olinmoqda. Yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlar, zamonaviy infratuzilma, keng ko‘lamli xalqaro loyihalar va barqaror siyosiy boshqaruv mamlakatning global maydondagi nufuzini mustahkamlab bormoqda. Neft-gaz boyliklari Qatar taraqqiyotining asosiy omillaridan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, transport va turizm kabi sohalarni diversifikatsiya qilish mamlakatning kelajakka qaratilgan strategik yondashuvini namoyon etmoqda. – Toshkent islom instituti talabasi Yoqutxon TOJIYEVA