Movarounnahrning yetuk allomasi, Imom Buxoriydek zotning ustozlaridan biri Muhammad Ibn Salom Ibn Farog' as-Salmiy 777-mil. (160-h) sana Sufyon Savriy vafot etgan kechada Buxoro o'lkasining Poykand shahrida tavallud topgan. Ahli sunna val Jamoaning zabardast ulamosi bo'lgan bu zot ilm yo'lida ko'p safar qiluvchi va turli ilmlarda kitoblar yozgan...- Toshkent islom instituti talabasi Ismoilov Abdurahmon
Mo`tabar manbalardan birida keltirilishicha, “Hijriy 95 (milodiy 713) yili Qutayba ibn Muslim Shoshga yurish boshladi. Xalifa Hajjoj unga yordam uchun Iroqdan qo`shin yuborgan edi. Qutayba shavvol oyida Shoshda yoki Qo`shmaxonada turganida Hajjojning o`limi haqidagi xabar keldi va bundan qayg`uga tushib, qaytadan Marvga qarab yo`lga tushdi”. (Abu Ja`far at-Tabari. “Istoriyaat-Tabari”, Tashkent, Fan” 1987, 144). O’rta Osiyoga islom dini mana shu paytlardan boshlab tarqala boshladi...- Toshkent islom instituti talabasi Suyundikov Sunnatilla
Alloh taolo Qur’oni karimni insonlar hidoyat topishi uchun tushirdi. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni esa bu Kitobni bayon qilib tushuntirib berishi uchun jo’natdi. Salafi solih sahobalar Qur’onga qattiq ehtimom bilan e‘tibor berardilar. So’zimizning dalili sifatida Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning quyidagi so’zlarini keltiramiz: “O’zidan boshqa iloh yo’q bo’lgan zotga qasamki, Alloh taolo Kitobidan qaysi bir oyat tushgan bo’lsa, men uni kim haqida nozil bo’lgan, qayerda nozil bo’lgan, bilaman...- Toshkent islom instituti talabasi Zikriyoyev Hojimurod
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Marg‘ilonda yashab, ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha samarali ijod qilgan bir qator allomalar va tasavvuf shayxlari nomini keltirish mumkin. Chunki bu davrda Marg‘ilonda ko‘plab shariat olimlari va yetuk mutasavviflar istiqomat qilib, ilm-fanning turli sohalariga doir, jumladan, fiqh, siyra, tarix, adabiyotga oid turli mazmun va shaklda ko‘plab nodir asarlar yaratganlar. Shunday zotlardan biri bu buyuk alloma, tasavvuf shayxi Muhammad Yusuf Xonaqohiy Hazrat Hazin Marg‘inoniydir...- Toshkent islom instituti talabasi Boqijonov Muhammadamin
Ўрта асрларда турли илм соҳаларида фаолият олиб борган улуғ мутафаккир ва қомусий олимнинг асл исмлари Нажмуддин Абу Хафс Умар ибн Мухаммад ибн Ахмад ибн Исмоил ибн Али ибн Луқмон ан Насафий ас Самарқандийдир. У зотнинг „Нажмуддин“ яьни “Диннинг юлдузи“ лақабининг берилишига сабаб унинг ислом илмлари бўйича кўрсатган хизматларининг катта бўлганлигини кўрсатади. Бу улуғ аллома Қуръон Карим, ҳадис, ақида ва фиқҳ каби илмларни мукаммал билган, шеърият соҳасида қалам тебратган ва тафсир, ҳадис, калом, фиқҳ ва шеъриятга доир кўплаб асарларни мерос қолдирган...- Тошкент ислом институти талабаси Абдуллаев Абдулазиз