islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Noyabr 1, 2023

Day

Muhammad ibn Salmon Poykandiy

Movarounnahrning yetuk allomasi, Imom Buxoriydek zotning ustozlaridan biri Muhammad Ibn Salom Ibn Farog' as-Salmiy 777-mil. (160-h) sana Sufyon Savriy vafot etgan kechada Buxoro o'lkasining Poykand shahrida tavallud topgan. Ahli sunna val Jamoaning zabardast ulamosi bo'lgan bu zot ilm yo'lida ko'p safar qiluvchi va turli ilmlarda kitoblar yozgan...- Toshkent islom instituti talabasi Ismoilov Abdurahmon

Hanafiylik mazhabining Movarounnahrga kirib kelishi

Mo`tabar manbalardan  birida keltirilishicha, “Hijriy 95 (milodiy 713) yili Qutayba ibn Muslim Shoshga yurish boshladi. Xalifa Hajjoj unga yordam uchun Iroqdan qo`shin yuborgan edi. Qutayba shavvol oyida Shoshda yoki Qo`shmaxonada turganida Hajjojning o`limi haqidagi xabar keldi va bundan qayg`uga tushib, qaytadan Marvga qarab yo`lga tushdi”. (Abu Ja`far at-Tabari. “Istoriyaat-Tabari”, Tashkent,  Fan” 1987, 144). O’rta Osiyoga islom dini mana shu paytlardan boshlab tarqala boshladi...- Toshkent islom instituti talabasi Suyundikov Sunnatilla

Qorong’udagi ziyofat

Darhaqiqat, chin musulmon hammaga foydasi tegadigan, oʻziga ravo koʻrganini boshqaga ravo koʻradigan odamdir. Muqaddas dinimizda Alloh yoʻlida doʻstlashish va bir-biriga mehr-muhabbatli boʻlish savobi ulugʻ ibodatlardan hisoblanadi. Inson toki oʻzi uchungina yaxshi koʻrishni tark qilmas ekan, atrofidagi yor- birodarlarini foydasini hech qachon koʻzlamaydi...- Toshkent islom instituti talabasi Luqmonjonov Abdulbosit

Shayh ibn Hojib

Alloh taolo Qur’oni karimni insonlar hidoyat topishi uchun tushirdi. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni esa bu Kitobni bayon qilib tushuntirib berishi uchun jo’natdi. Salafi solih sahobalar Qur’onga qattiq ehtimom bilan e‘tibor berardilar. So’zimizning dalili sifatida Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning quyidagi so’zlarini keltiramiz: “O’zidan boshqa iloh yo’q bo’lgan zotga qasamki, Alloh taolo Kitobidan qaysi bir oyat tushgan bo’lsa, men uni kim haqida nozil bo’lgan, qayerda nozil bo’lgan, bilaman...- Toshkent islom instituti talabasi Zikriyoyev Hojimurod

Халқаро Қуръон мусобақаси ҳаками, Олий маъҳад ўқитувчиси Жаҳонгир қори Неъматов Қозоғистон муфтийси билан учрашди

Қозоғистон мусулмонлари диний бошқармаси раиси Наврузбай ҳожи Таганули Қозоғистоннинг Миллий Республика байрами муносабати билан илк бор ўтказиладиган I Халқаро Қуръон мусобақаси ҳакамлари билан учрашди. Мусобақа 1-2 ноябрь кунлари Остона шаҳрида ўтказилади...- ТИИ Матбуот хизмати