islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Ислом тарихи

Бўлимлар

Imom Dorimiy “Sihohi sitta”ga kiritganmi?

Xofiz al-kabir Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdussamad Tamimiy Samarqandiy ad- Dorimiy 182 xijriy Samarqand shahrida dunyoga kelgan. U zotning bobolari asli arab bo'lib, fath sababli Xurosonga ko'kb kelgan va shu yerni vatan tutgan...- Toshkent islom instituti talabasi Tursunov Abduqodir

Abdulloh ibn Mas’ud

To'liq ismlari Abdulloh ibn Mas'ud ibn Rofiya ibn Habib al-Xuzaliy. Kunyalari esa – Abu Abdurahmon bo'lib, 590- yilda tug'ilganlar. Jussalari juda kichik, ozg'in, bo'ylari pastroq edi. U kishining ikki boldirlari juda ingichka bo'lib, bir kuni Rasululloh sallollohu alayhi vasallam uchun meva termoqchi bo'lib daraxtga chiqqanlarida, sahobalar u kishining boldirlarini ko'rib, kulib yubordilar. Chunki, u kishining ikki boldirlari juda ingichka edi. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ularga : "Ibn Mas'udning boldirlaridan kulyapsizlarmi, shubhasiz ular Allohning huzuridagi mezonda Uhud tog'idan ham vaznliroqdir"- dedilar...- Toshkent islom instituti talabasi Ismoilova Hilola

Ibn Hajar Asqaloniyning ilmiy faoliyati

Ibn Hajar Asqaloniy Hijriy 773 yil –yil (Milodiy 1372-yil) Shaʼbon oyida Misrda tavallud topgan. Hadis ilmining olimi, fiqh, tafsir ulamosi hisoblanadi. U taniqli muhaddis olim, shofe’iy mazhabi faqihi, aqidada ash’ariy boʻlgan ulamo, oʻz davridayoq shuhrat qozongan allomalardan biridir. Misrda bir necha marta qozilikka ta’yinlangan, soʻngra ijodiy ishlar sababli iste’foga chiqqanlar. Yuzdan ortiq asarlar muallifi. Uning “Sahihi Buxoriy”ga bitgan “Fath al-Boriy” asari juda mashhur. Ushbu muqaddima va asosiy qismga boʻlingan 13 ta jilddan iborat boʻlgan kitobni sunnat amallar qomusi desa ham boʻladi...- Toshkent islom instituti talabasi Komilov Abdullo

Mushukni yaxshi ko’rgan sahoba

Abu Hurayra roziyallohu anhu 602-yilda tug'ilganlar va Yaman yerlaridagi Davs qabilasi maskanlarida yetim holatda ulg'aydilar. Tufayl Ibn Amr Davsiy islomga da'vat qilganlarida u zot da'vatni qabul qilib, islomni qabul qildilar. Hijriy 7-yilda qavmidan bir jamoa bilan birga Madinaga hijrat qiladilar. O'sha paytda yoshlari 18 da edi. Johiliyat davrida insonlar uni Abdushams deb chaqirishar edi. Alloh u zotni islom bilan mukarram etib,  Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqish baxtiga musharraf bo‘lganlaridan so‘ng Payg’ambarimiz: "Isming nima?", deb so‘radilar. U zot: "Abdushams", deb javob berdilar. Shunda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:  "Balki, Abdurrohman", dedilar. U zot bo‘lsa: "Ha, Ota-onam sizga fido bo’lsin yo Rosululloh", dedilar. Abu Hurayra deb atalishlarining sababi, u zot qavmini qo'ylarini boqib yurardilar, o'sha paytda u kishini o'ynab yuradigan mushuklari bor edi, shundan so'ng qavmlari uni "Abu Hurayra" deb atay boshlashgan...- Toshkent islom instituti talabasi Saidmirzaev Mirzaqosim

Alloma Umar Nasafiyning “al-Manzumatu fil xilafiyyat” asari haqida

Asar muallifi Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy rohimahulloh "shayxul islom", "muftiy as-saqolayn"[1] nomlari berilgan, faqih, muhaddis,  mazhabning mo‘tabar shaxslaridan bo‘lib, yurtimizdan yetishib chiqqan Nasafiy ulamolardan sanaladilar. U kishining tug’ilgan yillari borasida Sam’aniy rohimahulloh “al-Ansab” asarlarida: “Umar Nasafiy rohimahulloh hijriy 461 yoki 462- yili (milodiy 1068 yoki 1070-yili) Nasaf shahrida dunyoga kelganlar” deb zikr qilgan. Ilm talabidagi safarlari haqida ko`p ma`lumotlar aniq bo`lmasada,  Buxoro, Bag`dod, Makka shahrlariga borganlari asarlarda zikr etilgan. Umrlarini oxirida esa Samarqand shahrida yashab, o`sha joyda hijriy 537-yili jumadul uvla oyining 12-kuni[2] vafot etganlar...- Toshkent islom instituti talabasi Shaydullayev Nurmuhammad
1 18 19 20 21 22 34