islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Murobaha va tavliya savdolari orasdagi farqni bilasizmi?

Murobaha savdosida sotuvchi sotayotgan narsasini o’zi sotib olgan yoki o’ziga tushgan narxning ustiga qanchadir foyda qo’yayotganini aytib sotadi. Masalan, sotuvchi xaridorga: «Men bu telefonni o’zim sotib olgan yoki o’zimga tushgan falon narxning ustiga o’n besh foiz qo’yib sotaman», deydi.

Tavliya savdosida sotuvchi sotayotgan narsasini qanchaga olgan bo’lsa, o’sha narxda sotadi. Masalan, sotuvchi: «Men bu narsani o’n ming so’mga olgan edim. Sizga ham o’n ming so’mga sotaman», deydi.

Sotuvchilar bu ikki savdo borasida o’ta diyonatli va to’g’riso’z bo’lishlari lozim. Hatto sotuvchi biror narsani nasiyaga olib sotayotgan bo’lsa, shuni ham xaridorga aytishlari zarur. Agar xaridor murobaha savdosida sotuvchining narx borasida yolg’on gapirib sotganini bilib qolsa, savdoni buzishi mumkin. Agar bu holat tavliya savdosida sodir bo’lsa, xaridor sotuvchining yolg’on gapirib, ziyoda qilgan narxini bermasdan, tannarxini o’zini berib, sotib oladi.

Sotuvchi biror narsani sotib olib, uni saqlash yoki boshqa biror joyga olib borish yoki unga nimanidir qo’shish uchun qanchadir pul sarflasa, sarflangan pullarni ham xaridordan oladi. Bu suratda sotuvchi xaridorga: «Bu narsani men shunchaga sotib oldim», demasdan, «Bu narsa menga shunchaga tushdi», deyishi lozim.

 

Toshkent islom instituti

404-guruh talabasi

Omonov Muhammadsolih

372130cookie-checkMurobaha va tavliya savdolari orasdagi farqni bilasizmi?

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: