Tarix mobaynida juda ko‘plab olimlar o‘tdilar va hammalarining o‘rni beqiyosdir. Ular orasida ham hadis, ham ruhiy tarbiya bilan mashg‘ul bo‘lganlar qatorida Fuzayl ibn Iyoz (rohimahulloh)ning ham ulkan maqomi bo‘lgan.
Fuzayl ibn Iyoz (rohimahulloh) Xurosonda tug‘ilgan va ulg‘aygach Ko‘faga borgan. U yerda hadis eshitib so‘ngra Makkaga safar qilgan va shu yerda 187-yilda vafot etgan.
U qo‘rquvdan yiroq va sayohatni sevuvchi edi. Ibrohim ibn Ash’as aytadi: “Qalbida Allohning azamati ulkan Fuzayldek biror kishini uchratmadim, u agar Allohni zikr qilsa yoki huzurida Alloh zikr qilinsa yo Qur’onni eshitsa unda xavf-u tashvishi bilinib, ko‘zi yoshlanar va huzuridagilar rahm-shavqat qilmagunlaricha yig‘lardi. Va u hamisha g‘amgin, chuqur o‘ychan edi. Ilmida, oldi-berdisida, berish-bermasligida, g‘azabi-muhabbati va barcha xislatlarida Allohni iroda qiluvchi Fuzayldek biron odamni ko‘rmadim”.
Ibrohim ibn Ash’as yana aytadi: “Agar Fuzayl bilan biror janozaga borsak tinmay va‘z va nasihat qilar hamda yig‘lar go‘yo oxiratga ketayotib do‘stlari bilan vidolashayotgan odamdek bo‘lib qolardi to qabristonga yetguncha. So‘ng o‘tirardi, huddi o‘liklar orasidadek mahzun va yig‘lab o‘tirardi. O‘rnidan turgunicha va u oxiratdan qaytib u haqida xabar berayotgan odamdek ko‘rinardi”.
Ibn Zanbur aytadi: “Fuzayl ibn Iyoz dedi: “Qalbingni o‘zingga topshirma, shunda dunyodan hech bir narsaga e’tibor qilmaysan”.
Fuzaylga: “dunyodagi zuhd nima?”, deyildi. U esa: “Boy bo‘laturib qanoat qilish”, dedi. Va unga: “taqvo nima”, deyildi. U esa: “haromlardan tiyilish”, dedi. Ibodat nima, deb so‘raldi, u: “farzlarni bajarish”, dedi. Tavoze’ haqida so‘raldi, u: “haqqa itoat etish”, dedi.
Va yana: “Eng kuchli taqvo tilde bo‘ladi, va uni barchasini til bilan ta’bir beriladi amal bilan emas”.
Va yana dediki: “Yaxshilikning barchasini uyda qildi va uning kaliti taqvo qilindi. Va Alloh aytadi: “Meni tanib turib menga isyon qilsa, unga meni tanimaydiganlarni hokim qilib qo‘yaman”.
Ibrohim aytadi: “Fuzayldan tavoze’ nima, deb so‘radim”. U: “Haqqa bo‘yin sunib, unga itoat qilishing. Va agar haqni yosh boladan eshitsang ham undan qabul qilasan. Insonlarning eng johilidan eshitsang ham qabul qilasan”, dedi. Men yana: “Musibatga sabr qanday bo‘ladi”, deb so‘radim. U esa: “Qayg‘urmasliging”, dedi.
Fuzayl ibn Is’hoq aytadi: “Fuzayldan: “Haqiqiy uy yashayotgan joy emas (Dunyo). Chunki Odam u yerga uqubat sabab tushirildi. Qanday qilib dunyoni undan sir tutganini va unga bir bor ochlik bilan, boshqa gal yalang‘ochlik ila, bir marta hojat chiqarishni hayotiga qo‘lladi huddi mehribon ona bolasiga qilganidek, bir gal uni chuqur xollarda va boshqa safar chegarasida suv beradi va bu bilan faqat yaxshilikni xohlaydi.”, deganini eshitdim.
Yana u menga: “Jannatda anbiyolar va siddiqlar bilan turishni istaysanmi? Va mavqifda Nuh, Ibrohim va Muhammad alayhimussalom bilan turishni xohlaysanmi? Qaysi Alloh uchun qilgan amal va u uchun tark qilgan shahvat bilan va qaysi yaqin bilan Alloh uchun uzoq bo‘lganing va qaysi uzoq bilan Alloh uchun yaqin bo‘lganing bilan xohlaysan?”, dedi.
Yana undan: “Shayton insonni har qanday yo‘l bilan aldamagunicha tark qilmaydi. Undan amalidan iborat xabar berilgan narsani chiqarishini istaydi. Go‘yo uni ko‘p tavof qiluvchidek qilib ko‘rsatadi. Keyin aytadiki: “Tungi tavof yoki tungi ro‘zadanda totliroq narsa yo‘q. Saharlikdan qiyinrog‘i yoki chanqoqdanda og‘iri yo‘q”, dedi.
Agar muhaddis, gapiruvchi va yo qori bo‘lmaslikka qodir bo‘lsaydim. Chunki sen bolig‘ bo‘lsang, odamlar: “Uning gapini go‘zalligi, balig‘ yetkazishi va ovozini go‘zalligi qanday ham ajoyib”, deydilar, bu esa seni ujblanishga olib keladi va natijada o‘zingni katta tutasan. Agar bolig‘ va ovozi go‘zal bo‘lmasang, ular: “chiroyli gapirmaydi va ovozi ham hunuk”, deyishadi, sen mahzun bo‘lasan va bu senga og‘ir botadi natijada tomoshabin bo‘lib qolasan. Agar o‘tirsang va gapirsang seni yomonlashlariyu maqatashlarini Allohdan deb bilib, e’tibor bermay gapir.
Shuayb ibn Harb aytadi: “Baytullohni tavof qilayotganimda, bir kishi orqa tarafimdan, kiyimimni tortdi, men unga burildim. Qarasam Fuzayl ibn Iyoz ekan. U dedi: “Agar men va senga samo ahli shafoat qilsa biz shafoat qilinmaydigan ahllarmiz.”, dedi.”
Shuayb aytadi: “Uni bu yildan oldin ko‘rmagan edim. U meni sindirdi va uni qaniydi ko‘rmasam, deb orzu qilib qoldim”.
Muhammad ibn Vonishiy Fuzayl ibn Iyoz haqida bunday dedi: “O‘z ko‘zi bilan Qiyomat va uning holatlarini ko‘rgan Muqarrab farishta va yoki yuborilgan payg‘ambarlikni havas qilmayman. Men hech bir narsa bo‘lmasliknigina havas qilaman.”, dedi”. Ibrohim ibn Ash’as deydi: “Fuzayldan: “Insonning eng yolg‘onchisi yaxshiliklarini bildiruvchidir va insonni hammadan yaxshi biladigan bu uning birodarlaridur”, deganini eshitdim.
Va yana aytardi: “Bandani Alloh Taalodan qo‘rqinchi uni qay darajada tanishi miqdoricha bo‘ladi. Va dunyodagi taqvosi, oxiratga rag‘baticha bo‘ladi”.
Yana Fuzayldan: “Agar dunyoning barcha narsalari menga halol va u sababli oxiratda hisob qilinmaydigan holatda kelsa ham, men ifloslangan bo‘laman huddi birortangiz o‘likning oldidan o‘tsa nimadir unga yetganidek”, – deganini eshitdim”.
Shayx Abu Nu‘aym (rahimahulloh) aytadilar: “Fuzaylning so‘zlari va nasihatlari ko‘pdir. Biz bu yerda faqat bizga imlo qildirganlariga cheklandik. Alloh bizni ham, sizni ham ulardan foydalantirsin. Shuningdek, u zotning Tobeinlarning mashhurlari va olimlarga isnodlari ham bor. Jumladan: Sulaymon A‘mash, Mansur ibn Mo‘tamir, ikkalasi ham Anas ibn Molik va Abdulloh ibn Abi Avfo roziyallohu anhumo bilan uchrashganlar. Ulardan, Ato ibn Soib, Husayn ibn Abdurrahmon, Muslim A‘var va Abbon ibn Abi Ayyoshdan bor, ularning barchasi Anas ibn Molikni topishganlar.
Fuzayldan esa zamonasining ulug‘ imomlari rivoyat qilganlar, ular orasida Sufyon Savriy, Sufyon ibn Uyayna, Yahyo ibn Sa‘iyd al-Qotton, Abdurrahmon ibn Mahdiy, Husayn ibn Aliy va boshqalar bor”.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Fuzayl ibn Iyozning o‘gitlari o‘sha zamonlargagina emas, balki bugunimizda ham insonni kamolotga erishishiga ko‘makchi bo‘lib hizmat qiladi. Biz u zotning hayotiy mulohazalarini o‘z hayotimizga tatbiq qilish ila dunyomizni yanada go‘zal qilib, qiyinchilik onlarda yechim qilishimiz kerak.
Abdulbosit MELIBOYEV,
TII Magistratura talabasi






