islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Dekabr 29, 2025

Day

Qanday qilib olov suv ostida o‘chmaydi?

Qur’on va hadis nuri o‘n to‘rt asrdirki, insoniyatni ilmga, tafakkurga va hidoyatga chorlab kelmoqda. Ilm-fanning turli sohalari birin-ketin kashf etayotgan haqiqatlar esa vahiy yog‘dusining nechog‘lik chuqur va abadiy ekanini yana bir bor yoritib bermoqda. Yer yuzining eng sirli, eng chuqur va eng jim dunyosi – okean tubi. Uning zulmat bag‘rida inson ko‘zi hech qachon o‘zicha kuzata olmaydigan ulkan kuchlar yashirin. Qorong‘u tubda ba’zan yorqin chiroqdek qizil nurlar porlaydi, bug‘, gaz pufakchalari ko‘tariladi va go‘yo suvning o‘zidan olov alangalanayotgandek manzara yuzaga keladi. Bu manzarani ko‘rgan kishi beixtiyor hayratga cho‘madi - Toshkent islom instituti talabasi Munavvaraxon ISLOMIDDIN QIZI