Мазкур мақолада Абдураҳмон Жомий томонидан ёзилган Шарҳи Мулла Жомий асари Ибн Ҳожибнинг машҳур Кофия асарига ёзилган шарҳ сифатида таҳлил қилинади. Унда асарнинг мақсади, илмий-мантиқий услуби ва араб тили грамматикасини ўрганишда тутган ўрни ҳақида сўз юритилади. - Тошкент ислом институти талабаси Абдуқаҳҳор ҲАБИБОВ
2025 yil 5 aprel kuni Tillar kafedrasi tashabbusi bilan “Xorijiy tillarning ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu suhbatda kafedraning katta o‘qituvchilari S. Aripov va F. Ernazarov ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi. Davra suhbatida 3-kurs kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari faol ishtirok etdi. Tadbirda rus va ingliz tillarining har biri bo‘yicha qisqacha tahlillar berilib, ularning tarixiy va zamonaviy ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Ma’ruzachilar xorijiy tillarni o‘rganish orqali talabalar nafaqat ilmiy adabiyotlarga erkin kirishlari, balki dunyoqarashlarini kengaytirishlari, xorijiy tajribalarni o‘rganishlari, ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashlari mumkinligini alohida ta’kidladilar. Tadbir yakunida talabalar o‘z fikr va savollarini bildirdilar hamda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha foydali tavsiyalar oldilar. Mazkur davra suhbati talabalar uchun motivatsion ruh bag‘ishlab, ularda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. 30