islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Dekabr 15, 2025

Day

Fuzayl ibn Iyoz (rohimahulloh)ning hayoti va o‘gitlari

Tarix mobaynida juda ko‘plab olimlar o‘tdilar va hammalarining o‘rni beqiyosdir. Ular orasida ham hadis, ham ruhiy tarbiya bilan mashg‘ul bo‘lganlar qatorida Fuzayl ibn Iyoz (rohimahulloh)ning ham ulkan maqomi bo‘lgan. Fuzayl ibn Iyoz (rohimahulloh) Xurosonda tug‘ilgan va ulg‘aygach Ko‘faga borgan. U yerda hadis eshitib so‘ngra Makkaga safar qilgan va shu yerda 187-yilda vafot etgan. U qo‘rquvdan yiroq va sayohatni sevuvchi edi. Ibrohim ibn Ash’as aytadi: “Qalbida Allohning azamati ulkan Fuzayldek biror kishini uchratmadim, u agar Allohni zikr qilsa yoki huzurida Alloh zikr qilinsa yo Qur’onni eshitsa unda xavf-u tashvishi bilinib, ko‘zi yoshlanar va huzuridagilar rahm-shavqat qilmagunlaricha yig‘lardi. Va u hamisha g‘amgin, chuqur o‘ychan edi. Ilmida, oldi-berdisida, berish-bermasligida, g‘azabi-muhabbati va barcha xislatlarida Allohni iroda qiluvchi Fuzayldek biron odamni ko‘rmadim”. - Toshkent islom instituti Magistratura talabasi Abdulbosit MELIBOYEV