Alloh taolo Qur’oni karimni insonlar hidoyat topishi uchun tushirdi. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni esa bu Kitobni bayon qilib tushuntirib berishi uchun jo’natdi. Salafi solih sahobalar Qur’onga qattiq ehtimom bilan e‘tibor berardilar. So’zimizning dalili sifatida Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning quyidagi so’zlarini keltiramiz: “O’zidan boshqa iloh yo’q bo’lgan zotga qasamki, Alloh taolo Kitobidan qaysi bir oyat tushgan bo’lsa, men uni kim haqida nozil bo’lgan, qayerda nozil bo’lgan, bilaman…- Toshkent islom instituti talabasi Zikriyoyev Hojimurod




