Muhammad Ibn Ismoil Al Buxoriy dedi: Bir kuni menga ustozim Muhammad Ibn Salom Poykandiy: Meni kitoblarimni bir ko'zdan kechiring agar unda biron xato topsangiz belgilab qo'ying dedi. Shundan keyin Muhammad Ibn Salom hadislarni yozganida Imom Buxoriy tekshirib, ma'qullagan hadislar oldiga "ma'qulladi", ma'qullamagan zaif hadislar oldiga esa "ma'qullamadi" deb yozib qo'yar edi. Poykandiyning sheriklari undan "maqullagan kim?" deb so'rashganida, Poykandiy: U o'xshashi yo'q yigit Muhammad Ibn Ismoil Al Buxoriy deb javob berdi...- Toshkent islom instituti talabasi AbdurRohman Mansur
Машҳур аллома Абу Наср Форобийнинг ҳаёти ва ижоди ҳақида қандай маълумотларни биласиз? Абу Наср Форобий жаҳон маданиятига ўзининг катта ҳиссасини қўшган Марказий Осиёлик машҳур файласуф, қомусий олим бўлган. Форобийнинг тўлиқ исми Абу Наср Муҳаммад ибн Муҳаммад ибн Узлуғ Тархон...- “Тиллар”кафедраси катта ўқитувчиси Ерназаров Фахриддин
Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Bir kun tongda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Kiso (o’ranadigan kiyim) kiygan holatda uylaridan chiqdilar va Ali, Fotima, Hasan va Husan roziyallohu anhumlarning oldilariga kirib, quyidagi oyatni o’qidilar: “Albatta, Alloh sizdan kirni ketkazib, butunlay poklashni xoxlaydi, ey ahli bayt” (Ahzob-33)...- Toshkent islom instituti talabasi AbdurRohman Mansur
Muoz ibn Jabal r.a ansorlardan bo’lib, Madinada 18 yoshida islomni qabul qildi. U zot o’tkir zehnli, fahm-farosatli va gaplari tiniq inson edi. Nabiy s.a.v Madinaga kelganlaridan keyin, u zotdan ajralmay ilm o’rgandi. Bir kuni Nabiy alayhis salom u zotga “Ey Muoz Allohga qasamki men seni yaxshi ko’raman”, dedilar. E’tibor bering Nabiy alayhis salomning shu ikki og’iz so’zlari har qanday musulmon uchun dunyo va undagi ne’matlardan yaxshiroq. U zot r.a sahobalarichida eng faqihlaridan biri edilar. Rasululloh s.a.v aytadilar “Ummatim ichida ummatimga eng rahmlisi Abu Bakr, Allohning amrida shiddatlisi Umar, eng hayolisi Usmon, halol va haromni eng yaxshi biluvchisi Muoz ibn Jabaldir”...- Toshkent islom instituti talabasi Xamidullayev No'monxon
Imom Buxoriydan keyingi hadis ilmining bilimdoni, fiqhdan ham yaxshi xabardor boʻlgan - Muslim ibn Hajjoj 817 yoki 821 yil (hijriy 202, 204,209) Nishopurda tug'ilgan. Yoshligida koʻp mamlakatlarga safar qilgan, jumladan, Hijoz, Misr, Suriya, Iroqda boʻlgan. Ulamolarning qayd etishlaricha, u 300 mingdan ziyod hadisni oʻrganib chiqib, ulardan 12 mingtasini ishonchli (sahih) deb topgan va oʻzining "as-Sahih" ("Sahihi Muslim") asariga kiritgan. Toʻplam musannaf shaklida tuzilgan...- Toshkent islom instituti talabasi Malikov Ma'rufjon