Ҳақиқатан, ҳар бир ота-она фарзандига тарбия-одоб берар экан, энг аввало, саломлашишни ўргатади. Жаҳонда одобнинг бу жиҳатига эътибор бермайдиган бирор миллат ёки халқ йўқ. Бежизга доно халқимиз «Гапнинг боши – калом, одоб боши – салом», демаган...- Тошкент ислом институти талабаси Қодиров Абдулбосит
Машҳур аллома Абу Наср Форобийнинг ҳаёти ва ижоди ҳақида қандай маълумотларни биласиз? Абу Наср Форобий жаҳон маданиятига ўзининг катта ҳиссасини қўшган Марказий Осиёлик машҳур файласуф, қомусий олим бўлган. Форобийнинг тўлиқ исми Абу Наср Муҳаммад ибн Муҳаммад ибн Узлуғ Тархон...- “Тиллар”кафедраси катта ўқитувчиси Ерназаров Фахриддин
Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Bir kun tongda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Kiso (o’ranadigan kiyim) kiygan holatda uylaridan chiqdilar va Ali, Fotima, Hasan va Husan roziyallohu anhumlarning oldilariga kirib, quyidagi oyatni o’qidilar: “Albatta, Alloh sizdan kirni ketkazib, butunlay poklashni xoxlaydi, ey ahli bayt” (Ahzob-33)...- Toshkent islom instituti talabasi AbdurRohman Mansur
Muoz ibn Jabal r.a ansorlardan bo’lib, Madinada 18 yoshida islomni qabul qildi. U zot o’tkir zehnli, fahm-farosatli va gaplari tiniq inson edi. Nabiy s.a.v Madinaga kelganlaridan keyin, u zotdan ajralmay ilm o’rgandi. Bir kuni Nabiy alayhis salom u zotga “Ey Muoz Allohga qasamki men seni yaxshi ko’raman”, dedilar. E’tibor bering Nabiy alayhis salomning shu ikki og’iz so’zlari har qanday musulmon uchun dunyo va undagi ne’matlardan yaxshiroq. U zot r.a sahobalarichida eng faqihlaridan biri edilar. Rasululloh s.a.v aytadilar “Ummatim ichida ummatimga eng rahmlisi Abu Bakr, Allohning amrida shiddatlisi Umar, eng hayolisi Usmon, halol va haromni eng yaxshi biluvchisi Muoz ibn Jabaldir”...- Toshkent islom instituti talabasi Xamidullayev No'monxon