Abstract: This article examines the place of Muhammad Abid Sindi’s work “al-Mawahib-ul-latifa” in the science of hadith. In the work, the scholar provided detailed and extensive information about the sciences related to the text of the hadith, the sciences related to the chain of transmission of the hadith, the sciences related to the history of the hadith, and the sciences related to the jurisprudence of the hadith. Sindi’s contribution to the science of hadith in acquiring and imparting knowledge, his other works, the distinguishing features of his scientific activity, the scholar’s mastery of other sciences besides hadith, his perseverance in acquiring knowledge and his patience in the face of hardships, and the fact that this person was an even more mature person, are discussed. Keywords: Muhammad Abid Sindi, “al-Mawahib-ul-latifa”, science of hadith, chain of transmission, mutawatir, narrator, jarh and tadil Muhammad Abid Sindi’s work “Al-Mawahibu-l-Latifah” is certainly one of the important literatures in the study of Islamic hadith and jurisprudence. His lighting style is unique and rich in scientific interpretation. After quoting the hadith narrated by Abu Hanifa (may God have mercy on him), Muhammad Abid Sindi mentions the hadith in the books of the muhaddith in the following order: Imam Bukhari in “Jomeu-s-Sahih”, Imam Muslim in “Sahih”, Imam Malik in “Muwatta”, Abu Dawud, Imam Tirmidhi, Nasa’i, Ibn Majah, Darqutni and Bayhaqis in “Sunan”, Imam Shofei, Ahmad ibn Hanbal, Dorimi, Bazzar, Abu Ya’la Musiliyy in their “Musnad”, Tabarani mentions them in three mojam and others. Then he mentions the differences in the wording of the narrations. Then, he cites other hadiths related to the issue stated in the content of the hadith, explains the chain of transmission and the status of the narrators of the hadith, and states the level of the hadith. Also, he cites the hadiths that are related and witnessed in order for the hadith in the Musnad of Abu Hanifa (may Allah have mercy on him) to be evidence for the fiqh issue. By doing this, he shows that the hadith narrated by Abu Hanifa (may Allah have mercy on him) is not weak. Also, after mentioning the things listed above in his commentary on the hadith, the scholar focuses on the companion who narrated the hadith and briefly presents his translation status. Then, he focuses on each narrator in the chain of transmission of the hadith one by one. Then, he explains the rare (rare) words in the hadith. Then, he moves on to explaining the fiqh issue that can be derived from the hadith. Many scholars have praised this book. For example, Muhammad ibn Yahya Taymiyyah, the author of the book “al-Yani’ al-Janiyyah”, said: “The book “al-Mawahib al-Latifa” is a wonderful book, which is very beneficial for both the jurist and the hadith scholar.” Therefore, the hadith scholar Sheikh Muhammad Rashid al-Nu’maniyyah, who read this work, said: “I read the work “al-Mawahib al-Latifa”. I can say without hesitation that there is no other book like it in terms of hadith commentary after Ibn Hajar’s...
Bugungi kunda ba’zilar o‘zini “dinga yaqin” deb bilsa-da, aslida dinning ruhini emas, faqat tashqi ko‘rinishini muqaddas sanaydi. Bunday kishilar ba’zida mutaassiblikka berilib ketadi. Ammo mutaassiblik — bu dinni tushunish emas, balki uni noto‘g‘ri talqin qilishdir. Mutaassiblik nima? Mutaassiblik — bu kishining o‘z fikri, qarashi yoki mezonini mutlaq haqiqat deb bilishi va boshqalarning fikrini inkor etishidir. Ayniqsa, dinga doir masalalarda bu holat xavflidir. Rasululloh (s.a.v.) mutaassiblikdan ogohlantirganlar. U zot (s.a.v) aytganlar: “Uch narsa halokatga yetaklaydi: xasislik, nafsga ergashish va kishi o‘zini haqli deb o‘ylashi.” (Tabaroniy rivoyati) Mutaassib inson aynan shunday bo‘ladi: o‘zini doim haqli sanaydi, boshqalarga quloq solmaydi. Islom bag‘rikenglik dini Islom har doim o‘rtacha yo‘lni, adolat va hikmatni tanlagan. Rasululloh (s.a.v) hech qachon odamlarni kamsitmagan, rad etmagan, hattoki mushriklar bilan ham muomalada odobli bo‘lgan. Alloh taolo Qur’onda aytadi: “Rabbingning yo‘liga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat qil…” (Nahl surasi, 125-oyat) Bu hadis bugungi musulmonlarga ham muhim dars: odamlarni o‘zimizdan qochirish emas, dinni mehr bilan yetkazish kerak. Bugungi kunda mutaassiblik qanday ko‘rinishda? – Fikr bildirgan odamni darhol “bid’atchi” deb ayblash – Diniy masalalarda ilmi bo‘lmasa-da, fatvo berish – Boshqacha kiyingan, boshqacha ibodat qilganlarni haqorat qilish Ayniqsa, mutaassiblik bugungi globallashuv davrida yosh avlod uchun juda xavflidir. Yoshlarimiz bugun ilm-fan, texnologiya, san’at, tadbirkorlik va boshqa ko‘plab sohalarda yuksalishga intilayotgan, o‘z o‘rnini topishga harakat qilayotgan bir davrda, ayrim mutaassib guruhlar ularning e’tiborini chalg‘itishga, yo‘lidan burishga urinishmoqda. Ular yolg‘on g‘oyalarni haqiqat deb ko‘rsatib, yoshlar ongini zaharlaydi. Bu esa radikallik, bag‘rikenglikning yo‘qolishi va hatto zo‘ravonlikka olib keladi. Shuning uchun har bir ota-ona, ustoz, imom, va jamoat vakili yoshlarni diniy savod bilan qurollantirishi, mutaassib g‘oyalar oldida himoyasini mustahkamlashi lozim. Yoshlarga chin dindorlik — ilm, sabr, odob, va bag‘rikenglik orqali bo‘lishini tushuntirishimiz kerak. Bu holatlar dinni targ‘ib qilish emas. Islom dini mutaassiblikka xayrxohlik bildirmaydi. Aksincha, teran o‘ylashga, boshqalarga nisbatan murosali bo‘lishga chaqiradi. Islom dini poydevori bag‘rikenglik va yengillik asosiga qurilganini eslashimiz o‘rinlidir. Shu ma’noda, Imom Buxoriy (r.a) Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: “Albatta, din yengillikdir. Kim dinda chuqur ketsa, (din) uni yengadi”. Yuqorida aytganimizdek, mutaassiblikning salbiy oqibatlari juda ham ko‘p. Jumladan, o‘zgalarga nisbatan tahqir va malomatlarni yog‘dirish, o‘zganing fikrini eshitmaslik hamda xolislikning yo‘qolishi natijasida haqiqatdan yuz o‘girish, kishilarni dindan bezdirish, musulmonlar orasida kelishmovchilikni chiqarish va bir qancha xatarlari mavjud. Mutaassiblik dinga bo‘lgan muhabbatning belgisi emas. Bu — johillik bilan aralashgan haddan oshishdir. Islom bu yo‘ldan ogohlantiradi va mutaassiblikning har qanday ko‘rinishi, xususan, kishining o‘z fikrida murosasiz bo‘lishini qattiq qoralaydi. Zero, Alloh taolo Kalomi sharifida marhamat qiladi: “Alloh sizlarga yengillikni istaydi, og‘irlikni xohlamaydi” (Baqara, 185). Alloh bizni mo’tadil, bag‘rikeng va odil musulmonlardan qilsin. Har bir harakatimizda ilm, hikmat va odob bo‘lsin 402-guruh talabasi Abdusalomov Hojimurod “Diniy mutaassiblik, mohiyat, maqsadlar va oldini olish yo’llari” kitobi asosida tayyorladi 597
Boshqa hukmlar qatori, taloq masalasida ham Islom dini inson tabiatini e’tiborga olib ish tutadi. Chunki insonni Alloh subhaanahu va taolo yaratgan, unga nima mos kelishini ham Alloh taoloning o‘zi yaxshi biladi. Avvallari, boshqa masalalar qatori, taloq masalasida ham ayollar xorlanar, ularni inson o‘rnida ko‘rmas edilar. Ba’zilar xotinini xohlamay qolsa, boshqaga uylanib, uni qarovsiz qoldirar, na o‘zi xotin qilar va na boshqaga erga tegib ketishiga imkon berar edi. Yoki taloq qilib, iddasi yaqin qolganda yana qaytib, uni o‘yinchoq qilardi. Shu va shunga o‘xshash usullar bilan ayollarni o‘ta ayanchli hollarga solar edilar. Islom bunday xorliklarga chek qo‘ydi. Er kishiga faqat uch taloqning haqqini berdi va ayolni qiynamaslikka buyurdi. Ayni chog‘da ayolga “xulu’” haqqini ham berdi. Ya’ni ayol kishi eri bilan yashashni xohlamasa, qoziga arz qilib, ajrashib ketishiga imkon yaratdi. Hozirda ba’zi erlar o‘zlari va oilalariga baxtsizlik va mushkulot yo‘lini tutib, shariat hukmlariga xilof tarzda “taloq” so‘zini ko‘p va bo‘rttirib qo‘llash holatlari avj olmoqda. Aslida bu – ulkan ma’siyat va haddan oshishdir. Mahmud ibn Labid raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi shariflarda shunday deyilgan: «أُخْبِرَ رَسُولُ اَللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ رَجُلٍ طَلَّقَ اِمْرَأَتَهُ ثَلَاثَ تَطْلِيقَاتٍ جَمِيعًا، فَقَامَ غَضْبَانَ ثُمَّ قَالَ: «أَيُلْعَبُ بِكِتَابِ اَللَّهِ تَعَالَى، وَأَنَا بَيْنَ أَظْهُرِكُمْ» حَتَّى قَامَ رَجُلٌ، فَقَالَ: «يَا رَسُولَ اللَّهِ أَلَا أَقْتُلُهُ» (رَوَاهُ الإمَامُ النَّسَائِيُّ عَنْ مَحْمُودِ بْنِ لَبِيدٍ رضي الله عنه) ya’ni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga xotinini uchta taloqni jamlab taloq qilgan kishi haqida xabar berildi. U Zot g‘azabnok holda o‘rnilaridan turib: “Men oldilaringizda bo‘lsam-u, Alloh taoloning Kitobi bilan o‘ynashiladimi?!”, – dedilar. U Zotning qattiq g‘azablanganlaridan hatto bir kishi o‘rnidan turib: “Yo Rasululloh, uni o‘ldiraymi?” – deb yubordi” (Imom Nasaiy rivoyatlari).Taloqni ermak qilish, bo‘lar-bo‘lmas sabablar bilan ayolni taloq qilaverish juda katta kulfatlarga, oilaviy baxtsizliklarga sabab bo‘lishini unutmasligimiz zarur. Shariatda taloqqa ruxsat berilganiga sabablar ko‘p. Shulardan ikkitasini zikr qilib o‘taylik : 1.Faraz qilaylik, bir kishining xotini tug‘maslik kasaliga mubtalo bo‘lgan. U kishi o‘zgalarga o‘xshab, ortidan zurriyod qoldirishni xohlaydi. Ikki xotinni ushlab turishga esa imkoni yo‘q. Shunda avvalgi xotinini taloq qilib, farzand ko‘rishga layoqati bor ayolga uylanishi mumkin 2.Er-xotinning fe’l-atvorlari bir-birlariga to‘g‘ri kelmay qolib, o‘zaro nafratlari kuchayib, birga yashashning sira iloji qolmaganida taloq yordamga keladi va ikkovlarini bir-biridan qutqaradi. Taloqni Islomga ayb qilib taqaydigan G‘arb davlatlarining ko‘pchiligida hozirda o‘z dinlarining ahkomlariga qarshi chiqib, taloqqa ruxsat berilgan. Ba’zilar er kishining bir og‘iz so‘zi bilan taloq tushishini juda ham yengil hukm, hayotga jiddiy qaramaslik, deb tushunadilar. Aslini olganda, bunday xavotirga asos yo‘q. Islom hayotga nihoyatda jiddiy qaraydi. Kattami-kichikmi, har bir inson o‘z so‘ziga javobgardir. Islomda har qanday so‘zning salmog‘i kattadir. Inson bir so‘z bilan mo‘min bo‘lib, bir so‘z bilan iymondan chiqadi, aqdi nikoh paytida kelin-kuyov bir og‘iz so‘z bilan er-xotin bo‘ladilar. Ular iyjob va qabulda aytiladigan “roziman” va “qabul qildim” so‘zlari bilan bir-birlariga halol bo‘ladilar. Shuningdek, birgina “taloq” so‘zi bilan aksincha bo‘lishi ham bor. Demak, hayotga jiddiyat bilan qarash har bir musulmonning burchidir. Jumladan, taloq masalasida ehtiyot bo‘lish ham har bir musulmon erkakning vazifasidir. Bo‘lar-bo‘lmas sabablarga ko‘ra ayolini taloq qilaverish musulmon shaxsga ravo emas. Taloqni muboh qiluvchi sabablar va muboh tushunchasi Lug‘aviy jihatdan “مُبَاحٌ” — ochiq, ruxsat berilgan, man qilinmagan...
Elektron raqamli imzo (ERI): Zamonaviy hujjat muomalasining ishonchli kafolati Zamonaviy jamiyat rivojlanib borayotgan sari, turli sohalarda raqamlashtirish jarayoni tezlashmoqda. Shu jarayon natijasida elektron hujjatlar va ularni tasdiqlash vositalari tobora ommalashib bormoqda. Elektron raqamli imzo (ERI) ana shu vositalarning muhim turlaridan biri hisoblanadi. ERI hujjatning muallifligini tasdiqlash, uning o‘zgarmasligini kafolatlash va yuridik kuchini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Elektron raqamli imzo huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham mustahkam o‘rin egallagan. Xususan, 2003-yilda qabul qilingan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun bilan uning yuridik maqomi va qo‘llash tartibi belgilanib qo‘yilgan. Shu bilan birga, xalqaro amaliyotda ham elektron raqamli imzo ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanilib, hujjat muomalasining ajralmas qismi sifatida tan olingan. Elektron raqamli imzo tushunchasi va asoslari Elektron raqamli imzo (ERI) – elektron hujjatga qo‘yilgan, maxsus kriptografik algoritmlar asosida yaratilgan va uni yaratgan shaxsning shaxsi hamda hujjatning yaxlitligini tasdiqlovchi raqamli koddir. ERI shaxsning elektron muomaladagi ishonchli identifikatori bo‘lib xizmat qiladi. Shu orqali elektron hujjatlar ham qog‘oz shaklidagi hujjatlar kabi yuridik kuchga ega bo‘lishi ta’minlanadi. Qonuniy jihatdan ERI quyidagilarga asoslanadi: Elektron hujjatning haqiqiyligini kafolatlash – ERI orqali hujjat muallifi aniq belgilanadi. Elektron hujjatning yaxlitligini ta’minlash – ERI qo‘yilgan hujjat o‘zgartirilmaganligini kafolatlaydi. Rad etib bo‘lmaslik prinsipi – hujjat muallifi uni imzolaganligini keyinchalik rad eta olmaydi. Shu tarzda, elektron raqamli imzo shaxsiy identifikatsiya, hujjatning o‘zgarmasligini ta’minlash va yuridik kuchini mustahkamlash kabi asosiy vazifalarni bajaradi. ⸻ ERIning ishlash prinsipi Elektron raqamli imzo ikki asosiy kalitga tayangan holda ishlaydi: maxfiy kalit va ochiq kalit. Bu usul asimmetrik kriptografiya deb ataladi. Maxfiy kalit – faqat imzo qo‘yuvchi shaxsda bo‘ladi. Shu kalit orqali elektron hujjatning imzosi yaratiladi. Ochiq kalit – barcha uchun ochiq bo‘lib, imzo to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. ERI yaratish jarayoni quyidagicha bo‘ladi: Elektron hujjatdan xesh qiymati olinadi (maxsus xesh-funksiya orqali). Olingan xesh qiymati maxfiy kalit bilan shifrlanadi. Shu shifrlangan xesh qiymati elektron raqamli imzo sifatida hujjatga qo‘yiladi. Imzo tekshirilayotganda esa ochiq kalitdan foydalaniladi: shifrlangan xesh ochiladi va hujjatdan qayta olingan xesh qiymati bilan solishtiriladi. Agar ular mos tushsa, hujjat o‘zgarmagan va haqiqiy deb topiladi. Bugungi kunda ERI yaratishda keng tarqalgan RSA, DSA, SHA-256 kabi algoritmlar qo‘llaniladi. Ular ma’lumotlarning maxfiyligi va yaxlitligini ishonchli tarzda ta’minlaydi. Elektron raqamli imzoning qo‘llanilishi Hozirda elektron raqamli imzo turli sohalarda muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda: 3.1. Davlat xizmatlari Davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatishda ERI muhim rol o‘ynaydi. Masalan, O‘zbekistonning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali turli arizalar, shartnomalar va so‘rovnomalar elektron shaklda yuboriladi. Shu bilan birga, davlat idoralari ham o‘zaro hujjat almashishda ERI asosida ishlaydi. 3.2. Moliya va bank sohasi Bank sohasida ERI hisob-kitoblarni amalga oshirish, shartnomalarni tasdiqlash va boshqa muhim jarayonlarda ishonchli vosita sifatida qo‘llanadi. Elektron bank xizmatlari, onlayn to‘lovlar va elektron hisobvaraq-fakturalar ERI orqali yuridik kuchga ega bo‘ladi. 3.3. Savdo va shartnomalar Elektron savdo tizimlari va elektron shartnomalar imzolashda ham ERI hujjatning yuridik maqomini ta’minlab beradi. Bu esa biznes jarayonlarini soddalashtiradi va hujjat muomalasini tezlashtiradi. ERIning afzalliklari va ahamiyati Elektron raqamli imzo quyidagi afzalliklarga ega: Hujjat muomalasini tezlashtiradi va qulaylik yaratadi. Qog‘oz hujjatlar va pochta xarajatlarini kamaytiradi. Hujjatlar xavfsizligini va maxfiyligini oshiradi. Shaxsiy identifikatsiya va hujjat yaxlitligini kafolatlaydi. Sud va boshqa yuridik muammolar yuzaga kelganda ishonchli dalil...
Hazrat Maxdumi A‘zam haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? XV-XVI asrlarda yashab o‘tgan yirik mutasavvuf, faqih, faylasuf, naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchi, ahloqshunos olim, shuningdek ta’sir doirasi kuchli siyosiy arbob Maxdumi A’zamning (1461-1542) to‘liq nomi-Sayyid Ahmad ibn Mavlono Jaloliddin Xojagi Kosoniydir. Maxdumi A’zam xonadonida saqlanib qo‘lgan shajaranoma va ishonchli tarixiy manbalarga ko‘ra, Kosoniyning nasabi Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalam shajaralariga 22 avlodli xalqa orqali ulanadi. Sayyidlar avlodiga butun musulmon olamida hurmat-e’tibor kuchli bo‘lgan, shuning uchun Maxdumi A’zam tug‘ulib o‘sgan xonadon ham el orasida tabarruk xonadonlardan biri sifatida e’zozlanadi. U O‘rta Osiyodagi naqshbandiya ta’limoti izdoshi bo‘lmish Xo‘ja Ahrorning muridi bo‘lgan. Hazrat Maxdumi A‘zam kuchli ruhiy ta’sir quvvatiga ega bo‘lgan zot edi. Ulug‘ olim naqshbandiya arkonlariga muvofiq dehqonchilik hunarini egallab, bu sohada alohida iste’dodga ega bo‘lgan ziroatchi sifatida yangi meva va poliz navlarini yetishtirgan. Ziroatchilikda yangi meva navlaridan (anjir, nok va behining yangi navlarini) kasf etgan, yangi qovun navlarini yetishtirgan. Dehqonchilik tartib-qoidalariga oid asarlar yozgan. Miyonkolda qo‘riq va to‘qay yerlarni o‘zlashtirib, ularni ekinzor va bog‘larga aylantirib, melioratsiya sohasi rivojiga ko‘p hissa qoshgan. Markaziy Osiyoda temuriylarning toj-taxt talashishlari oqibatida parchalanib ketgan ulkan saltanatning inqirozi davrida yashagan hazrat Maxdumi A’zam bu saltanatni qayta tiklashga harakat qilgan shayboniylarning birlashtiruvchi harakatiga siyosiy jihatdan ko‘mak berdi, bo‘linib ketayotgan xonliklar va amirliklar o‘rtasidagi nizolarni kelishtirishga ko‘p kuch sarfladi shuningdek shayboniylar bilan temuriylarni bir-biri bilan yarashtirishga harakat qilib, o‘z yurtidan Hindistonga ketishga majbur bo‘lgan temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Boburning ma’rifatchilik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatladi. Hazrat Maxdumi A’zam Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy kamolitida muhim o‘rin tutgan. Zahiriddin Muhammad Bobur piriga sovg‘a-salomlar yuborgan, maktublar yozgan. Hazrat Maxdumi A‘zam ham javob sifatida “Risolai Boburiya” asarini yozgan. Maxdumi A‘zam yaxshi oilaviy tarbiya ko‘rgan mo‘min, oriyatli, kamtarin, muhtojlarga, ojizlarga mehr-muruvvatli, rahmdil murabbiy, zolimlarga, adolatsiz amirlarga beshavqat, ilm-ma’rifatga homiy bo‘lgan inson edi. Hazrat Maxdumi A‘zam kuchli notiq bo‘lgan, u zot o‘qigan jig‘inlarda minglab odamlar to‘plangan. Ular notiqqa ixlos qilib tinglashgan va har kim o‘z dardiga davo topgan, ayrim dinga e’tiqod qiluvchi tinglovchilar esa hatto islom dinini qabul qilgan. Maxdumi A’zam 866/1461(1463 yoki 1464) yil Kosonda (hozirgi Namangan viloyatining Kosonsoy shaharchasi) tavallud topgan. Bu ulug‘ zotning ustozi Mavlono Muhammad Qozi o‘z shogirdini Maxdumi A’zam deb atadi. Bu taxallus-“ulug‘ maxdum”, “ustozlariga sadoqatli shogird” ma’nolarini anglatadi. Maxdumi A’zam islom olamida o‘tgan uchta buyuk A’zamlardan biri ekanligi ham ishoradir. Ular: Imomi A’zam, G‘avsuli A’zam va Maxdumi A’zamlardir. Uning otasi ilmli, ma’rifatli saidzodalardan bo‘lib, obro‘li-e’tiborli kishi edi, shuning uchun uning ismi yo‘niga Mavlono qo‘shib, Mavlono Jaloliddin deb murojaat qilishgan. Taniqli sharqshunos olim A.Mo‘minovning tadqiqotlariga ko‘ra, Maxdumi A’zam onasining ajdodlari Ahmad Yassaviyga bo‘rib taqaladi. Ul zotning tog‘asi esa tijoratchi bo‘lgan. Maxdumi A’zam ilk ta’limni Kosonda olib, keyin Axsikatda Xoja Muborak madrasasida o‘qishni davom ettiradi. Maxdumi Azamning domlasi Mulla Ziyo o‘z shogirdinining a’lo darajadagi qobiliyatini hisobga olib, unga “ilmuz zohir” (oddiy, umumiy ilmlar) dan yahshi ta’lim beradi va shu bilan birga “ilmul botin” ni chuqur o‘rgatadi. Yosh Maxdumi A’zam ustozining maslahati bilan taniqli so‘fiy shoirlardan Jaloliddin Rumiyning (1207-1273) “Masnaviy-ma’naviy” deb nomlangan mashhur devonini ko‘p marotaba o‘qib, undagi chuqur falsafiy fikrlarni anglab olishga harakat qiladi. Mahdumi A’zam yoshligida Toshkentdagi o‘z davrining mashhur madrasasida ta’lim olgan. U O‘rta Osiyodagi...