islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Янгиликлар

Бўлимлар

“Бобур куни”га кўргазма

Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 541 йиллиги муносабати билан Тошкент ислом институти Ахборот-ресурс марказида талабалар учун Бобур ижодига мансуб ҳамда мутафаккир ҳақида маълумот берувчи китоблар кўргазмаси ташкил этилди. Мазкур кўргазмада талабалар “Рисолаи волидиййа”, “Девон”, “Буюк Бобурийлар тарихи”, “Мубайян”, “Бобурнома” каби асрлар билан яқинда танишиб, ўзлари учун қизиқарли бўлган маълумотларга эга бўлди...- ТИИ Ахборот-ресурс маркази

Заҳириддин Муҳаммад Бобур диний ва дунёвий билимлар соҳиби

Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 541 йиллиги муносабати билан маънавий-маърифий тадбир ўтказилди. Тадбирда Тошкент ислом институти Ижтимоий фанлар кафедраси мудири, Исломшунослик фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) А.Эгамов маъруза қилди. Тадбирда Ёшлар масалалари ва маънавий-маърифий ишлар бўйича проректор Тоҳир Эвадуллаев ҳамда профессор-ўқитувчилари ва Модул таълим тизими талабалари иштирок этдилар...- Ёшлар билан ишлаш, маънавият ва маърифат бўлими ходими И.Дадабаев

Soha rahbarlari “Imom Termiziy” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga tashrif buyurdilar

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor M.Muhammadsiddiqov, OʻMI Moliyaviy nazorat va tahlil boʻlimi mudiri I.Zuhriddinov, Masjidlar bo’limi mutaxassisi D.Rahimov, viloyat bosh imom xatibi A.Sayfiddinov Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan “Imom Termiziy” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasiga tashrif buyurdilar...- TII matbuot xizmati

Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga tashrif

Buyuk alloma Alisher Navoiyni xotirlash hamda ulkan meros boʻlib qolgan qoʻlyozmalar bilan tanishish maqsadida Toshkent islom instituti talaba qizlari o’qituvchi N.Saidakbarova bilan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzey eksponatlari va qoʻlyozmalari bilan tanishish jarayonida talaba qizlar alloma qoldirgan ulkan meros bilan tanishdilar hamda qoʻlyozmalarni oʻqidilar. Talabalar Oʻzbek adabiyotining boy tarixi, buyuk namoyondalari, O’rta asrlar, yaqin oʻtmish va zamonaviy adabiyot vakillarining ijodlari bilan tanishdilar...- TII Matbuot xizmati

Sirdaryo viloyatidagi “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursiga tashrif

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, “Tahfizul-Qurʼon” kafedrasi mudiri Jahongir qori Neʼmatov va “Qurʼoni karim va tajvid oʻquv kurslari” boʻlimi boshligʻi Jahongir qori Roʻziyev Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursiga tashrif buyurib, faoliyatini koʻzdan kechirdilar. Oʻquv kursida 3 oy taʼlim olib, tahsilni yakunlagan bitiruvchilar uchun bitiruv tadbiri tashkil etildi...- TII Matbuot xizmati
1 27 28 29 30 31 267