islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Sentabr 2, 2025

Day

ALIHONTO‘RA SOG‘UNIYNING “TARIXI MUHAMMADIY” ASARI

Islom sivilizatsiyasi tarixida Rasululloh Muhammad alayhissalomning hayoti, siyrati va ibratli faoliyati eng yuksak mavzulardan biri sanaladi. Har bir musulmon uchun Payg‘ambar hayotini o‘rganish — iymon, axloq, sabr, fidoyilik va rahm-shafqat namunalarini o‘zlashtirish deganidir. O‘rta Osiyoda bu mavzuda yozilgan asarlar ichida Alihonto‘ra Sog‘uniy tomonidan yaratilgan “Tarixi Muhammadiy” asari alohida o‘rin tutadi. Ushbu asar diniy, tarbiyaviy va ma’rifiy jihatdan chuqur, xalqchil uslubda yozilgan bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV