((Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir.) (Qosos-9) Bu iboralar Osiyo bint Muzaximning Muso alayhissalom borasida Fir’avnga aytgan so‘zlaridir. Fir’avn ayolini tinglagach: "Mayli, senga ko‘z quvonchi bo‘laversin. Menga esa, uning keragi yo‘q!" dedi...- Adham Sharqoviyning "Qur’ondan maktublar" kitobidan.
“Ражаб шамолга, Шаъбон булутга, Рамазон ёмғирга ўхшайди. Ражаб ойида ғаллани ўз вақтида экиб, Шаъбон ойида суғормасангиз, Рамазон ойидан қандай ҳосил кутиш мумкин?”- Ибн Ражаб, “Латоифул маориф”. Ҳозир Рамазон ойида турибмиз, асарларда келишича, тарихда уламолар Рамазонга бир неча ой олдиндан тайёргарлик кўриш лозимлигини таъкидлайдилар. Шунда бу ойда тоат-ибодат қилиш енгиллашади, савобли амалларни кўпроқ бажарилади...- ТИИ Ҳадис ва ислом тарихи фанлари кафедраси катта ўқитувчиси Пўлатхон Каттаев
Yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda jismonan va ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Nozima Ibragimova tomonidan talaba qizlar uchun "Maqsadni to’g’ri qo’yish va bu maqsadlarga erishish usullari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga ko‘p yillik tajribaga ega psixolog, O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi o’qituvchisi Yulduz Dosjanova taklif etildi.