islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Nima uchun hislar biz uchun muhim?

Nega biz ota onalar farzandlarimizning his-tuyg’ulariga juda ko’p e’tibor berishimiz kerak? YElS universitetining emotsional intellekt markazi mutaxassislarning fikriga ko’ra, emotsiya va emotsional aloqalar hayotimizning barcha jabhalariga ta’sir ko’rsatadi: “Emotsiyalar biror narsani o’rganishda, ta’limda, qaror qabul qilishda, ijodkorlikda va insonlar bilan sog’lom munosabat qurishda yordam beradi.”

Tadqiqotchilar ota-onasi ularni his tuyg’usiga ahamiyat berib, ularni emotsiyalarini qabul qilgan bolalarda katta ijtimoiy kompetensiya,  ta’limda katta muvaffaqiyat, hissiy farovonlik va jismoniy salomatlik yuqori bo’lishini  aniqlashdi. (Gottman et al, 1996) Tadqiqot markazi yana shuni ko’rsatadiki, hissiyotlari yaxshi rivojlantirilgan va hissiyotini yaxshi tushunadigan bolalar, psixikasi sog’lom va ijtimoiy ko’nikmaga ega bo’lgan bolalar hisoblanishar ekan. (Casey and Schloser, 1994; Smith et al, 2011).

Hislarni anglash, tushunish va ularni boshqarish tug’ma bo’lmaydi. Insonlarga yoshlik chog’ida EQ boshqarishda va o’zgalarnikini tushunishda atrofdagi insonlarni, aka-ukalarini, opa-singillarini, do’stlari va asosiysi ota-onasini yordami kerak bo’ladi. Yosh bolalar EQ ilmini har xil yo’l bilan o’zi bilmagan holda o’rganishi mumkin, masalan ota-onasining u bilan bo’lgan munosabatlari yoki suhbati va unga o’qib berilgan kitob, hikoyalari, xayollarida tasavvur qilib o’ynagan o’yinlarida shakllanishi mumkin. Birinchi o’rinda esa, ota-onalar o’zlarining hislarini yaxshi tushungan va bolanikini ham tushunib uni hislariga qayg’urgan bo’lishi kerak. Yaqin yillarda Lembi va Lindberg (2016) o’tkazgan so’nggi tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki: agar ona bolasini hislarini anglasa va qabul qilsa u bolada emotsional bilimdonlik yaxshi rivojlanadi. Boshqa tadqiqotda aniqlanishicha qaysi ona 3 yoshgacha bolasi bilan hislar haqida gaplashgan bo’lsa,

emotsional bilimdonligi qolgan bolalardan ko’ra, keyingi bu bolalarda yaxshi rivojlangan bo’ladi.

Otamiz Odam alayhissalomga Alloh taolo nima uchun barcha narsaning ilmini va ismini o’rgatdi? Qur’oni Karimning  Baqara surasi 31- oyatida:

وَعَلَّمَ آدَمَ الْأَسْمَاءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلَائِكَةِ فَقَالَ أَنبِئُونِي بِأَسْمَاءِ هَـٰؤُلَاءِ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ

’’Va U Odamga ismlarning barchasini o`rgatdi, so`ngra ularni farishtalarga ro’baro’ qildi. Keyin: «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, anavilarning ismlarini menga aytib bering», – dedi.’’

Oyatlarni jamlab hayotni o’qiy olishimiz uchun, barcha ilmlar ichiga insonlarni hislari EQ ilmi ham kiradi. Bu bilan bizga har bir insonni o’ziga tegishli bo’lgan nafsi va uning ilmi, undan kelib chiqadigan hislarini tushunishi, bilishi va boshqara olishi kerakligini bildirmoqchi. Inson qachonki, o’zini hislarini boshqara olsa, ya’ni insonda emotsional intellekti rivojlangan bo’lsa, u atrofdagi boshqa shaxslarni ham hislarini tushunib, boshqara oladi.

Hislar tug’ilishimiz bilan bizda aks etadi va bu Allohning sunnati. Ya’ni, Allohni hech kim o’zgartira olmaydigan qonuni. Tug’ilish bilan aks etadigan hislarga 5 ta asosiy hislar: qo’rquv, xafalik, xursandchilik, g’azab, sevgi kiradi. Emotsional intellekt ilmining tatbiqini esa o’zimiz o’rganib, izlanib, hayot yo’lida Alloh rizosini topib, u yaratgan boshqa insonlarni xossatan o’zimizni tushunib olishib, sinov o’laroq uni boshqarishni yo’lini o’rganamiz.

EQ rivojlanishi 3 bosqichni o’z ichiga olgan bo’lib bular:

  • Emotsional tushunish: o’zga shaxslarni hislarini bilish, emotsiya nima sababdan kelib chiqqani va oqibatini tushunish.
  • Emotsional anglash: shaxsiy hislarini tan olinishi.
  • Emotsiyalarni boshqarish: emotsiyalarni qanday boshqarishni va yurita olishni bilish.

 

 

429200cookie-checkNima uchun hislar biz uchun muhim?

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: