islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Oliy ma'had

Муаллиф:

«Шарҳи Мулла Жомий» асари – Ибн Ҳожибнинг «Кофия»сига ёзилган шарҳ сифатида

Мазкур мақолада Абдураҳмон Жомий томонидан ёзилган Шарҳи Мулла Жомий асари Ибн Ҳожибнинг машҳур Кофия асарига ёзилган шарҳ сифатида таҳлил қилинади. Унда асарнинг мақсади, илмий-мантиқий услуби ва араб тили грамматикасини ўрганишда тутган ўрни ҳақида сўз юритилади. - Тошкент ислом институти талабаси Абдуқаҳҳор ҲАБИБОВ

Xorijiy tillarning ahamiyati – zamonaviy bilim va muloqot kaliti

2025 yil 5 aprel kuni Tillar kafedrasi tashabbusi bilan “Xorijiy tillarning ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu suhbatda kafedraning katta o‘qituvchilari S. Aripov va F. Ernazarov ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi. Davra suhbatida 3-kurs kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari faol ishtirok etdi. Tadbirda rus va ingliz tillarining har biri bo‘yicha qisqacha tahlillar berilib, ularning tarixiy va zamonaviy ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Ma’ruzachilar xorijiy tillarni o‘rganish orqali talabalar nafaqat ilmiy adabiyotlarga erkin kirishlari, balki dunyoqarashlarini kengaytirishlari, xorijiy tajribalarni o‘rganishlari, ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashlari mumkinligini alohida ta’kidladilar. Tadbir yakunida talabalar o‘z fikr va savollarini bildirdilar hamda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha foydali tavsiyalar oldilar. Mazkur davra suhbati talabalar uchun motivatsion ruh bag‘ishlab, ularda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. 591

ISLOM SHARIATIDA MOLIYAVIY HUQUQLAR VA ULARNING TURLARI

Islom shariati musulmonlarni ibodat va muomalot masalalarini muhokama qilibgina qolmay, ularning haq-huquqlarini ham qat’iy muhofaza qiladi. - Toshkent islom instituti talabasi Zoirjon JURABOYEV

БИДЪАТ ВА ХУРОФОТ

Шариат жорий қилган амаллар билан бидъат ва хурофотни айириб олиш аслида унча мушкул вазифа эмас. Даставвал, «бидъат», «хурофот» сўзларининг луғавий маъноси хусусида: «Бидъат» — сўзи айнан таржима қилинса «янгидан ўйлаб чиқилган одат» деган маънони беради. «Хурофот» эса «асоссиз» деган маънодадир. Яъни, динда асоси йўқ, беҳуда ишлар, одатлардир. - Тошкент ислом институти талабаси Имрон ХОЛМИРЗАЕВ

«Alisher Navoiy va milliy til rivoji» – fan oyligi doirasida professor Nurboy Jabborov ishtirokida davra suhbati

Aprel oyining O‘zbek tili va xorijiy tillar fan oyligi deb e’lon qilinishi munosabati bilan, tilshunoslik, adabiyot va madaniyat masalalariga e’tibor yanada kuchaymoqda. Ushbu oylik doirasida milliy adabiyotimiz va tilimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkirlarni eslash, ularning ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish ayni muddaodir. Shu munosabat bilan, institutimizda taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov ishtirokida “Alisher Navoiy va milliy til rivoji” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va takomiliga qo‘shgan beqiyos hissasi, uning ilmiy-nazariy qarashlari, til siyosatidagi pozitsiyasi hamda hozirgi zamon tilshunosligi bilan bog‘liqlik jihatlari muhokama qilindi. Alisher Navoiy va til siyosati Alisher Navoiy nafaqat buyuk shoir va mutafakkir, balki o‘zbek tilining asoschilaridan biridir. U “turkiy tilda ham baland adabiyot yaratish mumkin” degan g‘oyani hayoti va ijodi bilan isbotlagan. Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida forsiy va turkiy tillarni taqqoslash orqali turkiy tilning imkoniyatlarini, so‘z boyligini, ifoda nozikliklarini ochib berganligi — o‘zbek tili tarixida tub burilish yasagan. Adabiy til me’yorlarini belgilagan shaxs Navoiy turkiy tilda ijod qilgan holda uni adabiy til darajasiga ko‘tardi, tilning fonetik, leksik va grammatik imkoniyatlarini yuksak badiiy saviyada namoyon etdi. Aynan Navoiy tilida fonetik silliqlik, leksik boylik, uslubiy rang-baranglik va qonuniy grammatik tuzilish uyg‘unlashgan. Bu esa undan keyingi avlodlar uchun tayyor me’yoriy asos bo‘lib xizmat qildi.   Navoiy tiliga tayanuvchi yangi avlod Bugungi o‘zbek tili o‘z ildizlarini aynan Navoiy tilidan olgan. U yaratgan adabiy til, uning badiiy-estetik mezonlari, so‘z tanlashdagi didi va nazokatini o‘rganish — hozirgi tilshunoslik, tarjima, madaniyatshunoslik fanlari uchun ham dolzarbdir. Davra suhbatida professor Nurboy Jabborov tomonidan Alisher Navoiyning til me’yorlari, u qo‘llagan sintaktik modellar, so‘z birikmalari va badiiy ifoda vositalari haqida chuqur ilmiy mulohazalar bildirdi. TII Matbuot xizmati 903
1 46 47 48 49 50 1 540