Abu Abdulloh Rudakiy (taxminan 850-941) – fors shoiri boʻlib, fors sheʼriyati asoschilaridan biri boʻlgan. Bu zot fors tilida she’r yozgan yetakchi shoirlardan biri deb hisoblanadi. U nasr va nazmda yangi yoʻnalishni birinchi boʻlib boshlab bergan, rivojlantirgan shoirdir. Bu zotning sheʼrlari gʻazal, ruboiy, qasida, madhiya, marsiya, pandu-hikmat, hasbi hol (ahvol bayoni), mazammat (birovni haq-nohaq yomonlab aytilgan gap, malomat, ta’na), hajv hamda chistoy janrlarida yozilgan. - “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV
Har bir musulmon qalbida ibratli hayoti bilan o'zgacha o'rin olgan sahobalar bo'ladi. Ularning sabrida himmat, sukunatida hikmat, qadamlarida jasorat yashiringan. Abu Qatoda roziyallohu anhu ana shunday ibrat namunasi bo‘lgan sahobalardan biridir, uning har bir amali, har bir so‘zi, har bir qadamida iymonning nafasi seziladi. - Toshkent islom instituti 3-kurs talabasi Ruqayya YUSUFIY
XX asr boshlarida Markaziy Osiyo — ayniqsa, Turkiston xalqlari uchun og‘ir sinovlar davri bo‘ldi. Shu murakkab davrda millatni uyg‘otish, ongini yangilash va uni ilm-ma’rifatga chorlashdek og‘ir mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan jadid ziyolilari sahnaga chiqdi. Mahmudxo‘ja Behbudiy ana shu tarixiy shaxslar orasida yetakchi arbob bo‘lib, o‘zining diniy, siyosiy va pedagogik qarashlari bilan ma’rifatparvarlik tarixiga chuqur iz qoldirdi. Uning yozgan asarlari ichida “Muxtasar tarixi islom” nomli risolasi muhim diniy-ma’naviy manba sifatida ajralib turadi. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV
Жобир ибн Абдуллоҳ розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади: “Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Менга суюклироғингиз ва Қиёмат куни ўтирадиган жойи яқинроғингиз хулқи яхшиларингиздир. Менга ёқимсиз ва Қиёмат куни ўтирадиган жойи узоқроғингиз эса сергап, мақтанчоқ ва мутафайҳиқ бўлганларингиздир”, дедилар. - Модуль таълим тизими талабаси, Тўрақўрғон туман “Исҳоқхон тўра” жоме масжиди имом-хатиби Жаъфархон СУФИЕВ
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Эй Аллоҳнинг Расули, ғийбат нима?” деб сўрашди. “Биродарингни ўзига ёқмаган нарса билан эслашинг”, дедилар. Шунда: “Биродаримда мен айтган нарса бўлса-чи, бунга нима дейсиз?” дейишди. “Агар айтганинг унда бўлса, ғийбат қилган бўласан, айтганинг унда бўлмаса, бўҳтон қилган бўласан”, деб жавоб бердилар” (Абу Довуд ривоят қилган) - ТИИ Модуль таълим тизими талабаси, Тўрақўрғон туман “Исҳоқхон тўра” жоме масжиди имом-хатиби Жаъфархон СУФИЕВ