Majoz lug‘atda o‘tish joyi, yo‘lak, degani. Istelohda esa o‘zi uchun qo‘yilgan lafzni ishlatishlikdan man qiladigan kalima bo‘lganligi uchun boshqa ma’noga aloqasi bo‘lgani holatda ishlatiladigan lafzdir.
Bunga sizni: falonchi durlarni gapiradi, degan fasohatli so‘zingizda “الدرر” lafzi misol bo‘ladi. Bu lafz haqiqiy ma’nosi bo‘lgan qimmatbaho tosh emas chiroylik so‘zlar ma’nosiga o‘tkazib ishlatilgan.
Majozi mufrad ta’rifi:
المجاز المفرد هو الكلمة المستعملة في غير وضعت له لعلاقة بين المعنى الأول والثاني مع قرينة مانعة
من إرادة المعنى الأول
Lafzning birinchi (haqiqiy) va ikkinchi (ko‘chma) ma’nolari o‘rtasida aloqa hamda haqiqiy ma’noni anglashdan qaytaruvchi kalimasi borligi uchun haqiqiy ma’nosidan boshqa ma’noda ishlatilgan lafz majozi mufraddir.
Ta’rifdagi aloqa kalimaning ikki ma’nosi o‘rtasidagi munosabat, ya’ni haqiqiy va majoziy ma’nolarning bir-biriga mos kelishi yoki qasd etilgan ma’noga mos kelishidir. Mazkur moslashish, munosib kelish ikki xil bo‘ladi:
- O‘zaro o‘xshashlik – mushobaha bilan;
- Mushobaha bo‘lmagan munosiblik bilan.
Agar ikki ma’no o‘rtasidagi moslik o‘zaro o‘xshashlik bo‘lsa, u istiora, deyiladi. O‘zaro bog‘lanishi tashbehdan boshqa jihat bo‘lsa, u majozi mursal, deb ataladi. Kalima mutakallimning gapi boshqa ma’noda ekanini bildiradigan dalildir. Masalan: (رأيت أسدا على فرس) Ot ustida sherni ko‘rdim, misolidagi “sher” lafzi jasur kishiga ishlatilgan lafzdir. Jasur kishi bilan “sher” lafzini o‘zaro o‘xshashlik bog‘lab turgani ko‘rinib turibdi. Chunki jasur kishini “sher”ga tashbeh qilinadi. Keyin “sher” lafzini jasur kishi ma’nosida ishlatiladi. Bu kabi o‘xshatishlar haqida majozning istiora qismida so‘z yuritiladi. Shuningdek, (أمطرت السماء نباتا) “Osmon o‘simlik yog‘dirdi” misolidagi o‘simlik, lafzi ham majoz. Chunki bu joyda (النبات) o‘simlik” lafzi suv ma’nosida ishlatilyapti. Suv o‘simliklarning ko‘karishiga sababchi musabbib bo‘lib, o‘simliklar musabbabihdir. الإنبات fe’lining haqiqiy isnodi (musabbib) kuldirilib, uni musabbabih, ya’ni suv sababi bilan paydo bo‘lgan natija – o‘simlikka isnod qilinishi majozdir. Zero, haqiqatda osmondan o‘simlik yog‘maydi. Bu kabi misollar to‘g‘risida majozning majozi mursal qismida batafsil so‘z yuritiladi. Mazkur misolda ko‘chma ma’nodagi lafzning haqiqiy va ko‘chma ma’nolari o‘rtasidagi bog‘liqlik tashbehdan boshqa, ya’ni biri boshqasiga sababchi ekanidir. Bu majozi mufradni qisqacha ta’rifi.
Toshkent islom instituti 404 – guruh
talabasi Turdibayev Anasxon