Imom Zayla’iy Nasbur-Raya li-Ahadis al-Hidoya asarida al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni taxrij qilgan. Imom Zayla’iy o‘zi hanafiy mazhabiga ergashuvchilardan bo‘lsa-da, al-Hidoya hadislarini taxrij qilishda qisqartirmagan, balki, hanafiy mazhabidan boshqa mazhab vakillarining dalillarini bayon qilish ila ushbu taxrij kitobini ziynatlagan. Imom Zayla’iy al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni taxrij qilish asnosida insof ila taxrij qilganligi u kishini va mana shu taxrij kitobini insonlar orasida mashxur bo‘lishlariga katta sabab bo‘lgan…- Toshkent islom instituti talabasi Sharipov Alisher





