islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Yomonlikni yaxshilik bilan daf qilish (1-oyat)

Bahorning so’nggi kunlari. Zamin ostonasida yoz kutib turganiga qaramay havo salqin. Shishadek tiniq osmonning u yer bu yerida ko’rinib turgan oppoq pardek bulutlar tabiat husniga yanayam ko’rk bag’ishlaydi. Zich joylashganidan to’q qoramtir yashil rangida ko’rinayotgan daraxtlar ortida cho’qqisida kumushrang qorlari tovlangan azim tog’lar yastanib yotibdi.  Mayin esayotgan shamol dimog’larga turfa xil gullar va yam-yashil daraxtlarning, endigina pishayotgan ko’m-ko’k olmalarning   iforini olib keladi.

Bugun ushbu go’zal manzarali tabiat qo’ynida joylashgan mo’jazgina qishloq  maktabida so’nggi qo’ng’iroq bo’ldi. Maktabdagi oxirgi kunlarini ko’zda yosh va allanechuk hislar bilan tamomlagan bitiruvchi o’quvchilar guruh-guruh bo’lib ketib borar, sinfdoshlarning suhbatlari hech tugamaydigandek edi. Toshlarga urilib sharqirab oqayotgan soyning chuqur qismi ustidagi ko’prikda esa Ahmad uning eng yaqin do’sti Zayd va bezoriligi bilan tanilgan Xalil turibdi. Xalil o’n bir yil davomida Ahmadni biror marta fikrini ma’qullamagan. Uni doim o’ziga dushman bilgan. Hozir ham u  Ahmadga:

– Sen juda kibrlisan, shuncha yil davomida hammani faqat o’zingga qaratishga harakat qilib kelding. Faqat seni gaping to’g’ri go’yoki! dedi piching qilib.

Zayd unga javoban endi gapirmoqchi edi hamki Ahmad uga jim bo’l ishorasini qildi va Xalilga:

– Balki seni gaping ham to’g’ridir do’stim. Ammo  men seni biror marta ham yomon ko’rmaganman, fikringni hurmat qilaman. Yaxshi qol, senga omad tilayman dedi.

Zayd va Ahmadning ketidan qo’llari musht bo’lib tugilgan Xalil qarab qoldi va jahl bilan tepsinib  oldi ortiga qaramay ehtiyotsizlik bilan yurishga chog’landi shu onda uning oyog’i ko’prikdan sirg’alib kesilgan daraxtdek gursillab tez oqayotgan soyga quladi. Shovqindan ortiga o’girilgan Ahmad va Zayd shu tomonga yugurdilar. Xalilni suza olmasligini hamma yaxshi bilardi. Ahmad hech narsaga qaramasdan o’zini suvga otdi. Soyning oqimi bo’yicha bir ko’rinib bir ko’rinmay cho’kib borayotgan Xalilga tezda yetib olib uni kiyimidan mahkam tuganicha qirg’oqqa olib chiqdi. Xalilning oyog’i shikastlangan ekan. Ahmad va Zayd uni suyab Ahmadlarning uyiga olib bordilar. Ahmadning otasi tabib edi. U shifobaxsh malhamlar bilan Xalilning shikastlangan  oyog’ini bog’lab qo’ydi. Zayd Ahmadga qarab:

– Sen o’zingga dushman bo’lgan bolaga shunday yaxshilik qilib qahramonlik qilding, dedi. Ahmad unga javoban: men faqatgina onam yoshligimda miyamga singdirgan oyatga amal qildim xalos dedi. Zayd qiziqib menga ham o’rgatchi o’sha oyatni dedi. Ahmad viqor bilan o’tirib Fussilat surasi 34-oyatini qiroat qildi:

وَلَا تَسْتَوِي الْحَسَنَةُ وَلَا السَّيِّئَةُ ۚ ادْفَعْ بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ فَإِذَا الَّذِي بَيْنَكَ وَبَيْنَهُ عَدَاوَةٌ كَأَنَّهُ وَلِيٌّ حَمِيمٌ 

“Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo’lmas. Siz (yomonlikni) go’zalroq (muomala) bilan daf eting! (Shunda) birdan siz bilan o’rtalarida adovat bo’lgan kimsa qaynoq (qalin) do’stdek bo’lib qolur”.[1]

Shu payt ichkari xonadan oqsqoqlanganicha chiqib kelgan Xalil Ahmadni oldiga yurib kelib uni bag’riga bosdi va meni kechir Ahmad shuncha yildan buyon qalbimda senga hasad va adovatdan boshqa narsa yo’q edi. Ammo sen meni hayotimni saqlab qolding. Bugundan boshlab biz uchalamiz qiyomatli do’stlarmiz dedi. Hatto ular bitta oliygohga kirishga kelishib oldilar…

Oxunjon Ahmad

va Muattar Abdulqayum

[1] Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri.

238470cookie-checkYomonlikni yaxshilik bilan daf qilish (1-oyat)

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: