islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Biz bilgan va bilmagan Abulqosim madrasasi

Bizning ota-bobolarimiz azaldan har bir ilmlarning puxta bilimdoni bo’lganlar. Mana shunday bilimlardan biri binokorlikdir. Yurtimizda tarixiy binolar juda bisyor bo’lib, ularning orasida alohida o‘ringa ega bo’lganlaridan biri shak-shubhasiz, bu – Abulqosim madrasasidir.
Madrasaning nomlanishi bevosita uni qurdirgan shaxs, ya’ni Abulqosim Eshon ibn Eshonto‘raxon nomi bilan bog’liq. Zamonasining yetuk bilimdoni, zukko hamma o‘sha davrdagi diniy ilmlar bilan bir qatorda zamonaviy bilimlarga ham ega bo‘lgan ushbu zot madrasani poytaxtimizning Beshyog’och dahasida o‘z mablag‘lari evaziga qurdirgan.
Aslida madrasa qurilishining boshlanishi Abulqosimning otasi Eshonto‘raxon nomi bilan bog’liq. 1820-yilda Eshonto‘raxon 6,1×6,1 metr shakldagi ixcham Mo‘yi Muborak xonaqohini qurdiradi. Keyinchalik o’sha xonaqohni ham o’z ichiga olgan, umumiy hajmi 55×46 metr bo’lgan madrasani esa, o‘g‘li Abulqosim Eshon 1850-yilda tamomlaydi. So’ngra Abulqosim Eshon o‘zi ushbu madrasada katta mudarris lavozimida vafoti (1892-yil) gacha faoliyat olib boradi.
Ushbu imoratning qurilish uslubi o‘sha davrda Movarounnhrda keng tarqalgan shayboniylar uslubi edi. Madarasa to‘rtburchak shaklda qurilgan bo’lib, ikkita peshtoq, ikki qavatli xujralar, darsxona va yuqorida aytib o‘tilganidek xonaqohdan iborat. Bezakdagi asosiy e’tibor kirish qismiga qaratilgan bo’lib, unda 16 metrli peshtoq ikki yonida ikki qavatli xujralar hamda old qismining tugash qismida peshtoqqa monand qilib ikkita minora qad roslagan. Madrasa qurilishida loy, pishiq g’isht, koshinlar hamda shunga o’xshash xomashyolardan keng foydalanilgan.
1919-yilda madrasa Sobiq Sovet ta’siri ostida yurtimizdagi boshqa madrasalar qatorida o‘z faoliyatini to’xtatdi. Uning oldidagi xovuz va chap yonidagi masjid buzib tashlanadi. Xozirgi ko‘rinishi esa, 1982-1987 yillar davomida olib borilgan ta’mirlash ishlari orqali tiklangan.
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, me‘moriy obida “O’zbekiston me‘moriy va madaniy yodgorliklarini muhofaza qilish” hamda ” Oltin meros” xayriya jamg’armasi tomonidan davlat muhofazasiga olingan.

Toshkent islom instituti talabasi Xamidov Abdulbosit

358670cookie-checkBiz bilgan va bilmagan Abulqosim madrasasi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: