Tasavvuf olimi Abdulqodir Iyso rohmatullohi alayhining toliq ismlari Shayx Abdulqodir ibn Abdulloh ibn Qosim ibn Muhammad ibn Iysa Aziziy al- Halabiy al-Shoziliydir. U kishining nasablari Ash-shayx Umarul Baaj orqali Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning nabiralari Husayn ibn Aliy roziyollohu anhumaga borib taqaladi.
Shayx Abdulqodir Iyso Suriyaning Halab shahrida 1338-hijriy 1920-milodiy yilda tavallud topganlar. U kishining ota-onalari solih insonlardan edilar. Shayx Abdulqodir Iyso rohmatullohi alayhi ota-onalarining bagrida ozlarining baxtli bolaliklarini otkazdi. Yigitlik choglaridan ilm olishga qattiq bel bogladi. Koplab ulamolardan ilm organdi va kop kishilar bilan dostlashdi. U kishi mashhur shayx Muhammad Zammor, shayx Ahmad Mavvodlar bilan dostlashdilar, songra, qodiriyya tariqatining shayxi Shayx Hasan Hassoniy bilan tanishdilar.
Shayx Hasan Hassoniy bilan tanishganlaridan (1949-yildan) boshlab 6 yil Sha’boniyya madrasasida shar’iy ilmlarni tahsil ola boshladilar. Halab shahridagi Shayx Abdulloh Sirojiddin, Shayx Ahmad Kurdiy, Shayx Ahmad Mavvod, Shayx Muhammad Malloh rohmatullohi alayhum kabi mashhur katta ulamolardan shar’iy ilmlarni organdi. Koplab ulamolar bilan uchrashdilar, dostlashdilar. U kishi Halab shahrining mahallasidan birida joylashgan “Hamd” masjidida imomlik vazifasini bajardi. Shayx bir muddat juma namozi ado etiladigan masjidda ham imom boʻlib ishladilar. U kishining suhbatlariga do’stlari ham oshiq bo’lib, u kishini ilm majlislarini tinglash uchun kelar edi. Zero u kishining ilm majlislarida ko’plab yosh vakillar ham ishtirok etar edi. Shayxning maqsadi, Shayx Hasan Hassoniyning suhbatlarida organgan narsalari bilan chegaralanib qolish kerak emasdi. Balki tasavvufning chinakam haqiqatiga yetishni xohlardi. Lekin Shayx Abdulqodir Iyso rahmatullohi alayh oz maqsadlariga, Halab shahrida yeta olmadilar. Song Damashq shahriga safar qildilar. U yerda koplab mashhur ulamolar bilan uchrashdilar. Kopincha Shayx Ulug Shayx Muhyiddin ibn Arobiy rohimahullohning ziyoratlariga borishga hozirlanardilar. Shoyadki, Alloh u kishini shayxlarning biri bilan birlashtirsa, yoki u kishini shayxlarning biriga yo’llab qoʻysa. Shayx Abdulqodir Iyso rohmatullohi alayh shoziliya tariqatining shayxi, Shayx Muhammad Hoshimning suhbatlaridan ilhomlandilar. U zot shayxning ilm majlislariga tashrif buyurdi va Shayx Muhammad Hoshimning oldilariga bordilar. U kishiga ozlarini tanishtirdilar. Shayx u kishiga shunday dedi: “Insonlarning oxiri bolib keldingiz, Alloh taolaning izni ila insonlarni avvali bolasiz, men sizni uzoq vaqtdan beri kutayotgan edim” dedilar. Shu sozlarni eshitgandan song shayxning maqsadi toʻla-to’kis amalga oshdi. Katta olim Muhammad Hoshimiy bilan do’stlashib u kishidan ilmu-ma’rifatni o’rgandilar.
Shayx Muhammad Hoshimiy Shayx Abdulqodir Iyso rohmatullohi alayhga shayxlikka tayyorligini va ushbu yo’lda bardavom bo’lishga hozirligini bilgach, U kishiga umumiy va xos virdlarni orgatdi. Shu bilan bir qatorda osha virdlarni boshqa muridlarga ham orgatishga ruxsat berdi. Shundan song shayx Hamd masjidida imom-xatib bolib ishlashda davom etdi. Koplab shariat va tasavvuf ilmlarini tahsil olgan shayx hayotlarining qolgan qismini insonlarni ilm-ma’rifatga chaqirish va tasavvufni dasturul amal qilishlari uchun bor kuch gayratlarini ishga soldilar. Vaqt otishi bilan Jome (masjid)larini yangilashga kirishdilar. Hatto masjidlari juda obod boldi. U kishining masjidlari tolibi ilmlar va tariqat ahllari doimo qadam bosib turadigan maskanga aylandi. U masjidda hafta davomida ilm majlislari bolar edi. Payshanba kuni Xufton nomozidan keyin, juma kuni esa juma nomozidan keyin Rasululloh Sallollohu alayhi vasallamga salovat aytish, zikrlar aytish, turli va’z-nasihatlar qilish odat tusiga kirib qolgan edi.
Shayx Abdulqodir Iyso rohmatullohi alayhning dovrugi koplab shaharlarga yoyildi. Turli olkalardan insonlar u kishining oldiga kelar edi. U kishining suhbatlariga tolibi ilmlar, tijoratchilar, tabiblar, muhandislar, universitet talabalar kelar edi. Hatto osha masjid ilm va nur taraladigan joy boldi. Oz yurtida taniqli bolgan olim tasavvufga bagishlangan kitob ta’lif qilishga bel bogladi. Shayx Abdulqodir Iyso rahmatullohi alayh oz maqsadlariga erishdilar. Shoziliya tariqatining oziga xos xususiyatlarni bayon qiluvchi Haqoiq anit- tasavvuf kitoblarni yozdilar. Ushbu kitob bir-necha tillarga tarjima qilindi. Ingliz, arab, turk tillarida bir necha bor nashr qilindi. Bu kitobning bir necha tillarga tarjima qilinishining eng katta sababi turli xil elat vakillarning shayxga bo’lgan muhabbatidan, u kishining ilmlariga tashnaligidan desa mubolag’a boʻlmaydi.
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak juda ko’p insonlarning shayxning ziyoratlariga oshiqishlari, U zot ozlarida shariat, tariqat, haqiqat ilmlarini ozida jamlaganlari va shu ilmlarni ozida ochib beruvchi kitob ta’lif etilganligidadir.
Shayx Abdulqodir Iyso rahmatullohi alayhning kop karomatlari zohir edi. Lekin U zot biror kishiga ozlaridagi karomatlarni aytib yurishlarini xohlamas edilar. Shu bilan bir qatorda, oz birodarlarini ham u kishining karomatlarini ovoza qilib yurmasliklarini taʼkidlar edi. U kishi yana ta’kidlab shuni aytar edilar: “Eng ulug’ karomat bu Allohning shariatini qoim qilishdir va shayxning eng ulug’ karomati zalolatdagi va noto’g’ri yo’ldagi, nafsini Allohning shariatiga amal qilishlikga undashligidadir”.
Shayx Abdulqodir Iyso rahmatullohi alayh tariqatni shunday tushuntirar edilar. U kishi aytar edilarki “Tariqat bu shariatga amal qilishdir”. Shayxning sozlariga qoshimcha olaroq, Ahmad Zarruq rohmatullohi alayh tasavvuf haqida shunday aytar edilar: Tasavvufning barchasi xulqlardir. Kim senga biror xulqlardan orgatsa, bilginki u senga tasavvufdan biror narsani orgatgan boladi.
Shayx besh yillar chamasi Madinai Munavvarda yashab Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam (muborak qabrlari) bilan yonmayon yashashlik baxtiga ham erishgan. So’ngra Iordaniyada Allohning diniga da’vat qilish bilan ham mashg’ul bo’lganlar. Ko’p insonlar u kishining ilmi, tariqati va da’vatlaridan koʻp foyda oladilar.
Shayx Abdulqodir Iyso rohmatullohi alayh hijriy 1412-yilda (milodiy 1991-yilda) do’stlarini, birodarlarni ziyorat qilish uchun Turkiyaga safar qildilar. U yerda og’ir dardga duchor bo’lib Marʼash shahridagi shifoxonaga yotqizildilar. So’ngra, Istanbul shahridagi shifoxonadan biriga ko’chirildilar. Ushbu shifoxanada ishlaydigan shifokorlarlar, xizmatchilar u kishining qattiq og’riqqa chidamliliklarini va oxirgi nafaslarigacha, Alloh taoloning zikriga va Allohning itoatiga o’zlarini baxshida qilganliklarni koʻrib juda ham ajablandilar. Bu soniyalar butun umrini ilmga, ma’rifatga, Allohning itoatiga da’vat qilish bilan oʻtkazgan, buyuk shayxning Alloh taoloning huzuriga rihlat qilish soniyalari edi.
Hijriy 1412-yil 18-robius soniyda, milodiy 1991-yil 26-oktabr sanasi shanba kuni kechki soat oltilarda olamdan koʻz yumdilar. U kishining qabrlari Istanbul shahridagi Sayyidimiz ulugʻ sahobiy Abu Ayyub Ansoriy roziyalohu anhuning qabrlarining yonida joylashgan.
Alloh taolo barchamizga shunday ibratli umr kechirish nasib qilsin!
Toshkent islom instituti talabasi Juraqulov Abdulhay