islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Tarojim so’zining lug’aviy ma’nolari

“Sahihul Buxoriy”ni tarojimlari bahsiga kirishar ekanmiz, bu so’zni eshitganda ko’pchilikning zehniga ulamolarning tarjimai holi va siyrati haqida yozilgan asarlar keladi va bu ma’no ham o’z navbatida ushbu so’z o’z ichiga oladigan bir qancha ma’nolarning biridir. Ammo biz so’z yuritmoqchi bo’lgan “Tarojimdan” maqsad Imom Buxoriy “Sahih” larida hadislarga, mavzusiga qarab muayyan nom ostida qo’ygan boblaridir.

Lug’aviy ma’nosini uch qismga bo’lib o’rganamiz;

  • Kalimaning asliy kelib chiqishi
  • Kalimaning boshqa shakllari
  • Kalimaning lug’aviy ma’nolari

Kalimaning asliy kelib chiqishi:

Bu borada lug’at ulamolari ikki xil fikr aytganlar, ba’zilar asl kelib chiqishi arabiy so’z desa, ba’zilari ko’chirma so’z deyishgan. Asl arabiy so’z deydiganlar kalimaning birinchi harfi “te” borasida ikki xil fikr aytishadi:

Birinchi: ”ترجم” fe’lidagi ”ت” harfi asliy bo’lib, ”فعلل” vazniga ko’ra “Ruboiy” fe’llar sirasiga kiradi va “ترجمة” uning masdari bo’ladi.

Ikkinchi: “ترجمة” so’zidagi “ت” harfi zoida qilingan bo’lib, fe’l “فعل” “Sulosiy” vaznga ko’ra “رجم” vaznida bo’lgan va zoida “ت” harfi qoshilib “ترجمة – تفعلة” shakli yasalgan.

Ko’chirma so’z deydiganlar bu so’zni aslida “درغمان” bo’lgan va “ترجمان” ga ko’chirilgan deyishadi. Bu gapni Ibn Hajar Asqaloniy “Fathul Boriy” da “ترجمان” so’ziga to’xtalganda qo’llab quvvatlagan va ko’chirma so’zligini aytgan.

Kalimaning boshqa shakllari:

Kalimaning to’rtta shakli bo’lib, ular quyidagilar;

 1) [ تُرْجُمَةٌ ]- te va jim harflari zammalik

 2) [ تَرْجَمَةٌ ]- te va jim harflari fathalik

 3) [ تَرْجُمَةٌ ]- te harfi fathalik, jim harfi zammalik

 4) [ تُرْجَمَةٌ ]- te harfi zammalik, jim harfi fathalik

Kalimaning lug’aviy ma’nolari:

Alloma Javhariy rohimahulloh “Agar kishi boshqa tilda tafsir qilib, ya’ni sharhlab, izohlab bersa ترجم كلامه deyiladi” deb aytganlar. Alloma Ibn Manzur va Zabiydiy rohimahullohlar ham shu ma’noni aytishgan. Imom Navaviy rohimahulloh esa ta’bir ma’nosini aytganlar ya’ni kishi bir tilni boshqa til bilan ifodalab beradi. Umuman olganda o’zbek tilida ikkala ma’no ham bir biriga yaqin, biroq arab tilida har ikkala ma’nining o’ziga xosliklari bo’lib, biri birining o’rnini to’ldira olmaydi.

Toshkent islom instituti

401 guruh talabasi

Salayev Sayyidiso

370420cookie-checkTarojim so’zining lug’aviy ma’nolari

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: