islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Abu Homid G’azzoliyning asarlari

Abu Homid Muhammad Ibn Muhammad al-G‘azzoliy (1058-1111) Imom G‘azzoliy Eronning Tus qishlog’ida tug’ilib shu yerda vafot etganlar. Otalari-Muhammad al-G‘azzoliy. Imom G‘azzoliy Nishopur shahrida ash’ariy ulamo Juvayniy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk huzurida Bag‘dodda xizmat qildi, Nizomiya madrasasida faqih-mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ismoiliylar Nizomulmulkni o‘ldirganidan so‘ng haj bahonasida Bag‘dodni tark etib, Damashqda 11 yil yashadi. Keyinchalik Nizomulmulk o‘g‘li Faxrulmulk taklifi bilan yana Nizomiya madrasasida mudarrislik qildi. U kishining zamondoshlari “Hujjatul islom” deb ulug‘lashgan.

Imom G‘azzoliy Sharqning dunyoga mashhur mutafakkirlaridan, Kalom ilmi, fiqh, tafsir, hadis, falsafa va tasavvuf masalalari bo’yicha bir nechta jahonshumul ahamiyatga ega kitoblar muallifi. Imom Gʻazzoliy oʻz asarlarida islom ilohiyotini falsafiy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Gʻazzoliy xudoni aql orqali anglash mumkin emas, uni maxsus ruhiy, jismoniy harakatlar — sigʻinish va ibodatlar orqali anglash mumkin deb hisobladi. Sunniylik aqidalarini tasavvuf ideallari bilan birga qoʻshib talqin qilgan. Gʻazzoliyning fikricha, insonning Alloh buyurgan amallardan oʻziga maqbulini tanlab olishi oʻz ixtiyoridadir, shu bois mazkur xatti-harakatlari oldindan belgilab qoʻyilishiga qaramay ular uchun aynan insonning oʻzi masʼuldir. Gʻazzoliyning diniy tizimi tasavvufni anʼanaviy islom bilan birlashtirdi. Gʻazzoliy gʻoyalari islom tafakkuriga va oʻrta asr Yevropa falsafasiga taʼsir koʻrsatdi.

Imom g’azzoliyning falsafa va tasavvufga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli uslubda yozgan. Jumladan

Fiqhga doir “Bosit”, “Vojiz”, “Vosit”,

Aqidaga doir “Qavoid al-Aqoid” (“Aqidalarning qoidalari”), “ar-Risolat al-qudsiya” (“Qudsiya risolasi”),

Mutasavviflar uchun “Ihya ulum ad-din” (“Diniy ilmlarni tiriltirish”), “Mukoshafat ul-qulub” (“Qalblar kashfiyoti”) asarlari mashhur. Shuningdek, “Tahofut al-falasifa” (“Faylasuflarni rad etish”), “Kimyo-i-saodat” (“Saodat kimyosi”), “Maqosid al-falasifa” (“Faylasuflarning maqsadlari”)

Mazkur asarlar olim ijodida muayyan oʻrin egallaydi.

Bulardan tashqari “Ey farzan”  “Oxiratnoma”  “Qiyomat va Oxirat”  “Qirq hadisi qudsiy” “Til ofatlari” Uylanish odobi” “Hidoyatning boshlanishi kabi  asarlar Imom G‘azzoliyning eng mashhur asarlari hisoblanadi.

Imom G‘azzoliyning asarlari 1145-yildan boshlab Yevropa tillarida tarjima qilina boshlagan.

Toshkent islom instituti talabasi

Ashurov Mahmudxon

409300cookie-checkAbu Homid G’azzoliyning asarlari

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: