islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Boyazid va rohib hikoyasi

Boyazid Bastomiy ismli ulug’, zokir olim zot umrlari davomida 45 marta haj ibodatini ado qildilar. Bir kuni nafslari: “Ey Boyazid, sen qanday ham yaxshi insonsan, 45 marta umra qilding”, deb qoldi. Boyazid hazratlari esa  kibrga ketib qolishlaridan xavfsirab, insonlarga yuzlanib:

– Ey insonlar, 1 dona non evaziga 45 marta qilgan haj ibodatlarimni beraman-,  dedilar.

Olomon orasidan bir kishi chiqib, bir dona non uzatdi. Boyazid Bastomiy nonni olib, “45 marta qilgan haj ibodatlarimni senga berdim”, dedilar va nonni o’sha atrofda yurgan itga berdilar. Nafslariga qarata “Ey nafsim, senda kibr qiladigan nima qoldi endi?” dedilar.

Va o’sha kundan boshlab nafs tarbiyasiga qattiq kirishdilar va safar uchun tayyorgarlik ko’rib, safarga chiqib ketdilar. Bir shaharga yetganda qattiq charchoq sababidan biroz dam olish maqsadida bir devorga suyanib o’tirib qoldilar. Shu payt bir nasroniy rohib kelib qoldi va u kishini o’z uyiga taklif qildi. Boyazid uning taklifini qabul qidilar va u bilan birga uyiga bordilar. Rohib birozdan so’ng o’z ibodatlarini boshlab yubordi. Buni ko’rib uning rohib ekanligini payqagan Boyazid hazratlari darhol ketishga taraddud ko’ra boshladilar. Shunda Rohib:

–Qayerga shoshyapsan ey mo’ysafid, senga bir taklifim bor, ertaga bizning eng katta rohibimiz keladi va biz uning atrofida yig’ilib undan ko’p narsalar o’rganamiz, agar istasang, sen ham bir eshitib ko’r, balki senga ham manzur kelar,- dedi.

Boyazid Bastomiy biroz o’ylanib turdilarda,bunda ham bir hikmat bo’lishini o’ylab, rozi bo’ldilar.

Ertasi kuni bo’lgach, Boyazid ham rohib bilan ketishga tayyorlandilar, shu payt rohib: “Sen bu holda ketolmaysan, agar  ular musulmonlardan ekanligingni bilib qolishsa, senga zarar yetkazishadi. Shu sabab, biz kabi kiyinib ol”–, dedi va ust-bosh berdi. Boyazid  rohib bergan kiyimlarni kiyib, u bilan birgalikda, jamoatga bordilar. Ularning eng katta rohiblari keldi va minbarga chiqib, ancha muddat hech narsa demasdan sukut saqladi. Boshqa rohiblar undan nega gapirmayotganligi sababini so’rashdi. U :

– Orangizda Muhammadning ummatlaridan biri turgan ekan, men hech narsa demayman -, dedi.

Boshqa rohiblar uning kim ekanligini so’radilar, rohiblar sardori:

– Agar sizlar unga biror zarar yetkazmaslikka va’da bersangiz, men uning kimligini aytaman -,dedi.

Rohiblar unga hech qanday zarar yetkazmaslikka va’da berishdi. Shunda u jamoatga yuzlanib: “Ey Muhammadning ummati qani buyoqqa chiq”, deb nido qildi.

Boyazid Hazratlari chiqdilar va rohiblar sardori u kishidan so’radi:

-Senda ilm bormi?

– Alloh qodir qilganicha bilaman-, deb javob qildilar Boyazid.

– Unda senga bir nechta savollar beraman, agar javob bera olsang, biz Islomni qabul qilib, musulmon bo’lamiz. Agar javob bera olmasang, sen ham biz kabi rohib bo’lib, safimizga qo’shilasan-,dedi.

Boyazid Bastomiy bunga rozi bo’ldilar va rohib savollarini bera boshladi:

– Ikkisi yo’q bir, uchi yo’q ikki, to’rti yo’q uch, beshi yo’q to’rt, oltisi yo’q besh, yettisi yo’q olti, sakkizi yo’q yetti, to’qqizi yo’q sakkiz, o’ni yo’q to’qqiz, o’n biri yo’q o’n, o’n ikkisi yo’q o’n, o’n uchi yo’q o’n ikki nima?

Boyazid Bastomiy darhol javob berdilar:

–Ikkisi yo’q bir– Yagona Allohdir, uchi yo’q ikki–kecha va kunduz, to’rti yo’q uch–taloq, beshi yo’q to’rt– Tavrot, Injil, Zabur, Qur’on, oltisi yo’q besh esa– besh vaqt namoz, yettisi yo’q olti–koinotning yaratilishi, sakkizi yo’q yetti– yetti qavat osmon,to’qqizi yo’q sakkiz– Qiyomatda arshni ko’taruvchi 8 malak, o’ni yo’q to’qqiz– to’qqiz oylik homila, o’n biri yo’q o’n–Muso alayhissalom Shuayb alayhissalomning qo’llarida 10 yil cho’ponlik qilishlari, o’n ikkisi yo’q o’n bir– Yusuf alayhissalomning o’n bir akasi, o’n uchi yo’q o’n ikki– o’n ikki oydir.

Rohib uning javobidan hayratda qoldi. Shunda Boyazid Bastomiy so’zlarini davom ettirdilar:

– Endi meni ham senga bir savolim bor, jannatning eshigi va kalitida qanday yozuv bor?

Nasroniy Rohib javob berishni istamagandek biroz yuzi o’zgardi va dedi:

–Jannatning kaliti va eshigida “La ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh” yozuvi bor.

Ularning suhbatini hayrat bilan tinglab turgan rohiblar bu gaplardan so’ng haqiqatni anglashdi va  darhol iymon keltirishdi. Boyazid Bastomiyning aqlu- zakovatiga tan bergan Rohiblar boshlig’i ham musulmon bo’ldi.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Ismoilova Hilola

Internet materiallari asosida tayyorlandi

409410cookie-checkBoyazid va rohib hikoyasi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: