islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Ibn Hojibning hayoti va ilmiy faoliyati

Ismi va nasabi

Abu Amr Usmon ibn Umar ibn Abu Bakr ibn Yunus Kurdiy Duvayniy ismli Ibn Hojib molikiy mazhab faqihi, usulchi va nahvshunos sifatida tanilgan. U “Ibn Hojib” laqabi bilan mashhur bo‘lgan, chunki uning otasi Salohiddin Ayyubiyni tog‘asi esa Muvsik As Salohiyga eshik og‘asi vazifasini bajargan. Ibn Hojib avval Iroqning sharqiy shimoliy tomonidagi kurd oilasida istiqomat qilgan, keyinchalik Ayyubiylar bilan oilasi Shom shahriga ko‘chib o‘tgan va so‘ngra ular bilan Misrga borgan.

Tug‘ilishi va yoshlik davri

Ibn Hojib hijriy 570 yoki 571-yilda Misrning yuqorisidagi Isno shahrida dunyoga kelgan. Biroq, Isno shahrida yashash muddati uzoq davom etmadi, yoshlik davrida otasi uni Qohiradagi ilm ma’hadlariga topshirdi. Yoshlik chog‘idayoq Ibn Hojib Qur’oni Karimni to‘liq yod olib, Qur’onga aloqador ilmlarni puxta o‘zlashtirdi. G‘aznaviy va Imom Shotibiydan qiroatlarga oid ilmlarni o‘qidi, Imom Busiriy va boshqa olimlardan hadis eshitdi, Abu Mansur al-Abyoriydan esa fiqh ilmini o‘rgandi.

Qohirada yashashi davomida Damashqqa bir necha bor safar qildi. Ibn Abu Shoma rivoyatiga ko‘ra, Abu Amr Damashqga ko‘p marta qadam bosgan, ohirgi kelishi 617-yilga to‘g‘ri kelgan va u yerda Molikiylar uchun madrasa tashkil etgan. Qiroat va arab tili ilmlari bo‘yicha talabalarga shayhlarni tayinlagan, o‘zi ham Jomeadagi Molikiy mazhab bo‘limida dars bergan. So‘ng 633-yilda Kurkga yo‘l olgan va 638-yilda Misrga qaytib, Qohirada istiqomat qilgan.

Axloqi va u haqidagi ulamolar fikri

Ibn Hojib yuksak hulq va ilm bilan ajralib turardi, shuning uchun ham uning shaxsiyati odamlarning qalbiga chuqur kirib bordi. Ibn Abu Shayba u haqida shunday deydi:

“Ibn Hojib ilmda din ustunlaridan, siqa ulamolaridan, kamtar, o‘ta hayolik, ilm va ilm ahliga insoflik, ilmni yoyuvchi, aziyatga bardoshli hamda baloga sabrli shaxs edi.”

Shuningdek, u haqida shunday ham deyilgan:

“U usul ilmlarida mohir, arabiy ilmlarni tadqiqotchisi va imom Molik mazhabida puxta edi.”

Ibn Hojib iste’dod jihatidan ummatning eng zakovatli vakillaridan biri hisoblangan. Uning ilmiy faoliyati, ayniqsa, imom Molikdan tashqari boshqa ulamolar tomonidan tanqid qilinmagan. U nahv ilmini mufassal sohibi bo‘lgan (imom Zamaxshariy)dan olgani aytilsa-da, ba’zi fikrlarga ko‘ra, u Zamaxshariyning asarlaridan mustaqil ravishda o‘z ilmiy faoliyatini olib borgan. Aytish mumkinki, u Zamaxshariyning kitoblarini o‘qigan bo‘lsa ham, ularga sharh yozgan va ayrim joylarda ularning qarashlariga raddiya qilgan.

Xulosa

Ibn Hojibning hayoti va ilmiy faoliyati islom ilmiy merosining boyligini aks ettiradi. U o‘zining yuqori ilmiy bilimlari, puxta tarbiyasi va yuksak axloqi bilan musulmon olamining rivojlanishida muhim o‘rin egallagan. Uning faoliyati orqali nahv, usul, fiqh, qiro’at va arab tili ilmlari sohalarida chuqur iz qoldirgan, ulamolar va shogirdlar orasida buyuk hurmatga sazovor bo‘lgan. Ibn Hojibning asarlari va ilmiy yutuqlari bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va kelajak avlodlarga yo‘l ko‘rsatuvchi ilmiy yodgorlik sifatida saqlanib kelmoqda.

4-kurs talabasi Umbarov Nurislomxo‘ja

437890cookie-checkIbn Hojibning hayoti va ilmiy faoliyati

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: