O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini qabul qilinishida 1990-yil 20-iyun kuni qabul qilingan “Mustaqillik dekoratsiyasi” birinchi qo’yilgan qadam bo’liib hizmat qildi. So’ng 1991-yil 31- avgustida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida”gi qonuning qabul qilinishi ushbu konstitutsiya uchun asos bo’lib hizmat qildi. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq 11- sessiyasida 1992-yil 8- dekabrda qabul qilingan.
Konstitutsiyamiz to’laligicha muqaddas dinimiz bo’lmish “Islom” dinini himoya qiladi va qo’llab quvvatlaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng milliy urf-odatlarga, madaniy va umuminsoniy va diniy qadriyatlarga e’tibori yanada yaxshilandi. Insonning ma’naviy-ruhiy olamini, hayotini, yashashni diniy-ma’rifiy bilimlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ma’rifatsiz inson jaholat sari yo’l oladi. Ilm-u ma’rifat insoning qo’lidagi masha’la bo’lib, o’z yorug’ligi bilan insonlarni taraqqiyot sari yetaklaydi. Ayniqsa hozirgi kunimizda diniy bilimlar bilan bir qatorda bosh qomusimiz bo’lmish konstitutsiyamizni bilishning o’rni beqiyosdir. Zero har bir ota ona farzandi solih, ma’naviy barkamol inson bo’lib yetishishini orzu qiladi.
Yurtimizning gullab yashnashi, undagi turli millat va elatlarning hamjihat ahil-inoq bo’lib yashashlarida, yurtimizning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, tashqi aloqalaro o’rnatilishi va barcha amalga oshirilayotgan huquqiy islohatlarni tartibga solishda qomusimizning o’rni beqiyosdir. Konstitutsiya lotincha “constitutio” – “tuzilish”, “tuzuk” ma’nolarini anglatib, davlatning asosiy qonunidir. U davlat tuzukishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
Konstitutsiya atamasi qadimda Rimdayoq bor bo’lib ” Imperator kodeksi “ deb atalgan qonun edi . Amir Temur bobomizning “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat bo’lgan. Muqaddas dinimizda esa to’rt fiqhiy mazhab ulamolarimizning qoldirgan buyuk fiqhiy asarlari o’sha davr va hozirgi kunimizda ham konstitutsiyaviy hujjat bo’lib hizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizning jahondagi boshqa davlatlar konstitutsiyasidan afzallik jihati shundaki uning 46-moddasida: Hotin qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar deyilgan. Bu moddani kostitutsiyamizga yozilish jarayonida O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tashabbuslari katta bo’lib, ular Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) dan “Jannat onalar oyog’i ostida” deb aytilgan hadislaridagi onalar (ayollar)ning huquqlarini ulug’ ekanini konstitutsiyamizda ham aks ettirishni istaganliklarini ko’rishimiz mumkin. Bu haqida O’zbekiston Musulmonlar idorasida bo’lib o’tgan Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag’ishlangan majlisda Akmal Halmatovich tomonidan ma’lumot berildi. Hech bir davlat qonunida ayollarni bunday ezozlab konstitutsiyaviy qat’iy belgilamagan.
Bundan tashqari konstitutsiyamizning 18-moddasida: O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shahsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsplariga mos bo’lishi shart.
Bu haqida Niso surasining 58-oyatida: “Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o’z ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukum qilsangiz, adolat ila hukum qilishni amr qiladidir. Alloh sizlarga qanday ham yahshi vaz qilur. Albatta, Alloh eshituvchi va ko’ruvchi zotdir” deb marhamat qilingan. Bu oyati karimada Aloh bizlarni adolatli bo’lishga buyurmoqda. Yuqoridagi konstitutsiyamiz moddasida fuqarolarimizning qonun oldida teng ekanliklari adolatning oliy ko’rinishlaridan biridir.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini 24-moddasida: Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suyiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir. Bu borada Moida surasining 32- oyatida: “Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o’ldirsa, huddi hamma odamlarni o’ldirgan bo’ladi. Kim uni tiriltirsa, huddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo’ladi” deb marhamat qilingan. Aloh taolo Inson hayotini eng oliy ne’matlaridan biri ekani va uning joniga qasd qilishni esa butun insoniyatni o’limi bilan teng qilib belgilashi bu jinoyatning qanchalar og’ir ekanini ko’rsatib beradi. Konstitutsiyamizning 24-moddasida bu o’zining yaqqol ifodasini topgandir.
31-moddasida: Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni maj buran singdirishga yo’l qo’yilmaydi. Bu borada Baqara surasining 256- oyatida: Dinga majbur qilish yo’q. Batahqih, haq botildan ajradi deb marhamat qilingan. Biznin konstitutsiyamizda bu o’zining yaqqol ifodasini topgandir.
41-moddasida: Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. Bu haqida Fotir surasining 28-oyatida: Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan, va chorvalardan ham turli rangdagilarni chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlargina qo’rqarlar. Albatta, Alloh Aziyz va mag’firatli zotdir deb marhamat qilgan. Robbimiz ilm egalari bo’lmish olimlarni shunday madh qilgan . Albatta har bir musulmon shu darajaga yetishishni orzu qiladi va buning uchun bor imkoniyati bilan harakat qiladi. Ilm olishning manfaatlari tog’risida Rosulimiz Muhammad (s.a.v) dan bir qancha hadisi shariflar rivoyat qilingandir: “beshikdan qabrgacha ilm ista”, “ilm ibodatdan afzal” degan hadislarida ham ilmolsh ulug’ ibodat ekanini tushunishimiz mumkin.
Bu haqida Alisher Navoiy bobomiz ning
“Oz-oz o’rganib dono bo’lur ,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur” degan baytlarida ham ilm olishning buyuk fazilat ekanligini tushunishimiz mumkin . Bizning konstitutsiyamizda bepul ta’lim olishning davlat tomonidan kafolatlab berilishida dinimizni quvvatlanayotganini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari boshqa moddalarimiz ham muqaddas dinimiz bo’lmish Islom dini va boshqa dinlarni va barcha O’zbekiston fuqarolari, qo’llab-quvvatlaydi. Yuqoridagilardan hulosa qilib, biz o’z konstitutsiyamizni yahshilab o’rganib, mustahkam oila, sog’lom va barkamol farzand tarbiyasi va ozod va obod yurtimiz ravnaqi uchun bor shijoatimiz va bilimimiz bilan hissamizni qo’shishaylik.
TII 1Z guruh talabasi
Habibova Zilola