islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Konstitutsiya – saylov huquqining mustahkam kafolati

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 iyun kuni “O’zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoyishni imzoladi.

Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasida o’zlarining erkin siyosati, tili, pul birligi va davlat ramzlariga ega bo’lsada, ammo ularning hammasi ham o’z konstitutsiyasiga ega emas. To’g’ri, ularda konstitiusiyaning o’rnini bajaruvchi boshqa hujjat-dasturlar bor bo’lsa ham, qat’iy o’rnatilgan qunun-qoidalar majmuasi yo’q. O’zining milliy ramzlari qatorida tilga olinadigan Konstitutsiyamiz bizda ega ekanligi insonni quvontiradi.

Ma’lumki, 8 dekabr sanasi har yili mamlakatimizda ko’tarinki kayfiyatda o’tkazish odat tusiga aylangan. Chunki, bu sanada O’zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan. 1992 yildan buyon bu kun Respublikamizning siyosiy hayotida muhim o’rin tutgan kun sifatida qaralib kelinmoqda.

Asosiy qonunimiz haqida so’z yuritilar ekan, saylov tizimi haqida to’xtalib o’tish o’rinlidir. Ma’lumki, saylov demokratik davlat va huquqiy jamiyatni qurishda asosiy yo’nalish hisoblanadi. Saylov tizimida shaxs – o’z davlati va jamiyati oldida aloqador holda huquq va erkinliklari, burchlarini his etadi. Jumladan, `Konstitutsiyaning 23 bo’lim, 117 moddasida: “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat hokimyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. … Saylov o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”.

Demokratik tamoyillar asosida tashkil qilinadigan va o’tkaziladigan saylovlar bir tomondan, shu davlat fuqarolarinig davlat organlarini tuzish va davlat organlari ishida ishtirokini ta’minlasa, boshqa tarafdan, to’g’ri tashkil qilingan saylovlar natijasida fuqaro va jamiyat manfaatiga mos davlat organlari vujudga keladi. Qolaversa, saylov faqat hokimiyat tuzilmasini tashkil qilish emas, balki u davlat hokimiyat organlarini nazorat o’rnatish usulidir.

Konstitutsiyaning bu tizimi jahon miqyosida o’zini oqlab kelayotgan saylov huquqining umumiy prinsiplari mustahkamlanadi va fuqarolarning saylov huquqlarini cheklashga yo’l qo’ymasligi o’z aksini topib, ushbu konstitutsiyasining 117 moddasinig oxirgi bandida batafsil belgilab qo’yilgan.

Konstitutsiyaning hayotdagi o’rni va ahamiyatini keng targ’ib qilish, fuqarolar, ayniqsa, biz yoshlarning qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg’usini kuchaytirish, bizlarning huquqiy ongimiz va madaniyatni oshirish va Asosiy Qonunuimizni o’rganish asosiy vazifalarimizdandir.

O’zbekistondagi qonurbhujjatlar, |qaror va farmoyishlar va ayniqsa, Konstitutsiyamizning mustahkamligi jnson , jamiyat, davlatning manfaatlari va ularning farovon hayotini kafolatlaydi. Zero, 2017 yil Prezidentimizning tashabbuslari bilan “Xalq bilan muloqot- inson manfaatlari yili ” deb e’lon qilinishi bejizga emas. Negaki, konstitutsiya har bir inson huquqini mustahkam kafolati hisoblanadi.

TII 1V guruh talabasi

Omina G’ofurova.

18090cookie-checkKonstitutsiya – saylov huquqining mustahkam kafolati

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: