islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Konstitutsiyamizning islom dini bilan hamohangligi

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini qabul qilinishida 1990-yil 20-iyun kuni qabul qilingan “Mustaqillik dekoratsiyasi” birinchi qo’yilgan qadam bo’liib hizmat qildi. So’ng  1991-yil 31- avgustida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida”gi  qonuning qabul qilinishi ushbu konstitutsiya uchun asos bo’lib hizmat qildi. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi  O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining  12-chaqiriq   11-  sessiyasida 1992-yil   8- dekabrda qabul qilingan.

 Konstitutsiyamiz to’laligicha  muqaddas dinimiz bo’lmish “Islom” dinini himoya qiladi va qo’llab quvvatlaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng milliy urf-odatlarga, madaniy va umuminsoniy va diniy qadriyatlarga e’tibori yanada yaxshilandi.  Insonning ma’naviy-ruhiy olamini,  hayotini,  yashashni diniy-ma’rifiy bilimlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.  Ma’rifatsiz inson jaholat sari yo’l oladi.   Ilm-u ma’rifat insoning qo’lidagi masha’la bo’lib, o’z yorug’ligi bilan insonlarni taraqqiyot sari yetaklaydi. Ayniqsa hozirgi kunimizda diniy bilimlar bilan bir qatorda bosh qomusimiz bo’lmish konstitutsiyamizni bilishning o’rni beqiyosdir. Zero har bir ota ona  farzandi solih, ma’naviy barkamol inson bo’lib yetishishini orzu qiladi.

Yurtimizning gullab yashnashi, undagi turli millat va elatlarning hamjihat ahil-inoq bo’lib yashashlarida, yurtimizning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, tashqi aloqalaro o’rnatilishi va barcha amalga oshirilayotgan huquqiy islohatlarni tartibga solishda qomusimizning o’rni beqiyosdir. Konstitutsiya lotincha “constitutio” – “tuzilish”, “tuzuk” ma’nolarini anglatib,  davlatning   asosiy qonunidir. U davlat tuzukishini, hokimiyat va boshqaruv  organlari tizimini ularning  vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq  va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi.   Konstitutsiya  barcha  joriy  qonunlarning asosi hisoblanadi.

Konstitutsiya atamasi qadimda Rimdayoq bor bo’lib ” Imperator kodeksi “ deb atalgan qonun edi .  Amir Temur  bobomizning  “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga xos  alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat bo’lgan.  Muqaddas dinimizda esa to’rt  fiqhiy mazhab ulamolarimizning qoldirgan buyuk fiqhiy asarlari o’sha davr va hozirgi kunimizda ham konstitutsiyaviy hujjat bo’lib hizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizning jahondagi boshqa davlatlar konstitutsiyasidan afzallik jihati shundaki  uning  46-moddasida: Hotin qizlar va erkaklar  teng huquqlidirlar deyilgan. Bu moddani kostitutsiyamizga yozilish jarayonida O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tashabbuslari katta bo’lib, ular Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) dan “Jannat onalar oyog’i ostida” deb aytilgan hadislaridagi onalar (ayollar)ning huquqlarini ulug’ ekanini  konstitutsiyamizda ham aks ettirishni istaganliklarini ko’rishimiz mumkin. Bu haqida O’zbekiston Musulmonlar idorasida bo’lib o’tgan Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag’ishlangan majlisda  Akmal  Halmatovich tomonidan ma’lumot berildi. Hech bir davlat qonunida ayollarni bunday ezozlab  konstitutsiyaviy qat’iy belgilamagan.

Bundan tashqari konstitutsiyamizning 18-moddasida: O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib,   jinsi,   irqi,  millati,  tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shahsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsplariga mos bo’lishi shart.

Bu haqida Niso surasining  58-oyatida: “Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o’z ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukum qilsangiz, adolat ila hukum qilishni amr qiladidir. Alloh sizlarga qanday ham yahshi vaz qilur. Albatta, Alloh eshituvchi va ko’ruvchi zotdir” deb marhamat qilingan.  Bu oyati karimada Aloh bizlarni adolatli bo’lishga buyurmoqda. Yuqoridagi konstitutsiyamiz moddasida fuqarolarimizning qonun oldida teng ekanliklari adolatning oliy ko’rinishlaridan biridir.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini 24-moddasida: Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suyiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir. Bu borada Moida surasining 32- oyatida: “Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o’ldirsa, huddi hamma odamlarni o’ldirgan bo’ladi. Kim uni tiriltirsa, huddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo’ladi”   deb marhamat qilingan. Aloh taolo Inson hayotini eng oliy ne’matlaridan  biri ekani va uning joniga qasd qilishni esa butun  insoniyatni o’limi bilan teng qilib belgilashi bu jinoyatning qanchalar og’ir ekanini ko’rsatib beradi. Konstitutsiyamizning 24-moddasida  bu o’zining yaqqol ifodasini topgandir.

31-moddasida:  Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni maj buran singdirishga yo’l qo’yilmaydi. Bu borada Baqara surasining 256- oyatida: Dinga majbur qilish yo’q.   Batahqih,  haq botildan ajradi  deb marhamat qilingan.  Biznin konstitutsiyamizda  bu o’zining yaqqol ifodasini topgandir.

41-moddasida: Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish    davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. Bu haqida Fotir surasining 28-oyatida: Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan, va chorvalardan ham turli rangdagilarni chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlargina qo’rqarlar.  Albatta, Alloh Aziyz va mag’firatli zotdir deb marhamat qilgan. Robbimiz ilm egalari bo’lmish olimlarni shunday madh qilgan . Albatta har bir musulmon shu darajaga yetishishni orzu qiladi va buning uchun bor imkoniyati bilan harakat qiladi. Ilm  olishning manfaatlari tog’risida  Rosulimiz Muhammad (s.a.v) dan bir qancha  hadisi shariflar rivoyat qilingandir: “beshikdan qabrgacha ilm ista”, “ilm ibodatdan afzal”  degan hadislarida  ham ilmolsh ulug’ ibodat ekanini tushunishimiz mumkin.

Bu haqida Alisher Navoiy  bobomiz ning

  “Oz-oz o’rganib dono bo’lur ,

 Qatra-qatra yig’ilib  daryo bo’lur” degan baytlarida ham ilm olishning buyuk fazilat ekanligini tushunishimiz mumkin .  Bizning konstitutsiyamizda bepul ta’lim olishning davlat tomonidan kafolatlab berilishida dinimizni quvvatlanayotganini ko’rishimiz mumkin.  Bundan tashqari boshqa moddalarimiz ham  muqaddas dinimiz bo’lmish Islom dini va boshqa dinlarni va barcha O’zbekiston fuqarolari, qo’llab-quvvatlaydi. Yuqoridagilardan hulosa qilib,  biz   o’z konstitutsiyamizni yahshilab o’rganib, mustahkam oila, sog’lom va barkamol  farzand tarbiyasi va ozod va obod yurtimiz ravnaqi uchun bor shijoatimiz va bilimimiz bilan hissamizni qo’shishaylik.

TII 1Z guruh talabasi

Habibova Zilola

 

18120cookie-checkKonstitutsiyamizning islom dini bilan hamohangligi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: