islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Hazrati Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu

 

“Tinchlan, ey tosh, ustingda Nabiy va siddiq va shahid turibdi”

(Rosululloh sollallohu alayhi vasallam)

Kunyalari Abu Tohir Abu Abdulloh boʻlgan. U zot Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qarindosh boʻlganlar, toʻliq ismlari Zubayr ibn Avvom ibn Xuvaylid ibn Asad ibn Abduluzzo ibn Qusoy ibn Kilob.

Oʻn besh yoshlarida iymon keltirib, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga joni dillaridan muhabbat qoʻygan edilar.

Yoshliklaridan chavondozliklari, shijoatlari va bahodirlik sifatlari bilan koʻzga koʻringan Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu musulmon boʻlganlaridan keyin anashu olijanob sifatlarini dinu diyonat yoʻlida ishga soldilar.

Ibn Asokir keltirgan rivoyatlarida Saʼid ibn Musayyib roziyallohu anhu aytadilar:

“Allohning yoʻlida birinchi boʻlib qilich yalangʻochlagan kishi Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhudirlar. Bir kuni u zot choshgoh paytida uxlayotgan edilar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam qatl qilinibdilar, degan gapni eshitib qoldilar-da qilich yalongʻachlab, shiddat bilan chiqib ketdilar. Shu paytda u zotga Nabiy sollallohu alayhi vasallam duch kelib qoldilar va:

«Senga nima boʻldi, ey Zubayr?” dedilar.

“Sizni qatl qilinganingizni eshitdim”, dedilar.

“Nima qilmoqchi eding?”, dedilar.

“Allohga qasamki, Makka ahlidan duch kelganini qilichdan oʻtkazmoqchi edim!” dedilar.

Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam u kishini duo qildilar».

Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu Habashistonga hijrat qilganlar orasida ham bor edilar. Bu boradagi rivoyatlardan birida shunday deyilgan: “Ularning ichida hazrati Umar va xotini, Avvom oʻgʻli Zubayr, Avf oʻgʻli Abdurahmon, Masʼud oʻgʻli Abdulloh bor edi”.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam chiqqan barcha Gʻazotlarida qatnashganlar. Mushriklarga qarshi qilich koʻtarib, koʻp qahramonliklar koʻrsatganlar. Abu Bakr roziyallohu anhuning qizlari Asmoga uylanganlar.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga sidqi dildan xizmat qilganlar va har narsada yordam berishga tayyor boʻlganlari uchun Rosululloh sollallohu alayhi vasallam u zot haqlarida: “Har Paygʻambarning bir havoriyi bor, mening havoriyim Zubayr ibn Avvomdir” deya marhamat qilgan edilar.

U kishini jannatga kirishlari haqidagi bashoratlari quyidagi hadsida oʻz ifodasini topgan.

أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ عَلَى حِرَاءَ هُو عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ

أبو بكر وَعُمَرُ وَ عَلِيٌّ وَ عُثْمَانُ وَ طَلْحَةُ و َالزُّبَيْرُ فَتَحَرَّكَتْ الصَّخْرَةُ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ اهْدَأْ إِنَّمَا عَلَيْكَ نَبِيٌّ أَوْ صِدِّيقٌ أَوْ شَهِيدٌ

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr, Umar, Ali, Usmon, Tolha va Zubayrlar, (roziyallohu anhum) Hiro togʻi ustida edilar. Bas, katta bir tosh qimirlab ketdi. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Tinchlan, ey tosh, ustingda Nabiy, siddiq va shahid turibdi”, dedilar.
Muslim va Termiziy rivoyati.

Jamal voqeasida hazrati Oisha roziyallohu anho tomonlarida turgan boʻlsalar-da, hazrati Aliy roziyallohu anhu soʻradilar :

“Ey Zubayr… Bir kuni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida oʻtirganingizda u zot sizdan: “Aliyni yaxshi koʻrasanmi”? deb soʻrganlar siz: “Ha” degan edingiz. Oʻshanda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir kun keladi, sen nohaq oʻrinda Aliy bilan mujodala qilasan”, degan edilar. Shuni eslaysizmi ?”.

Hazrati Zubayr roziyallohu anhu :

«Ha, esimda, – dedilar va jang maydonini tark etdilar. Hazrati Tolha roziyallohu anhuning yonlariga borib, masalani tinch yoʻl bilan hal qilish kerakligini aytdilar. Ammo afsuski, Ahmad ibn Qays u zotga hujum qiladi natijada Zubayr roziyallohu anhu shahid bo’ladilar.

Hazrati Aliy roziyallohu anhu u zotning qonli vujudlarini va boshlarini koʻrish bilan oʻzlarini tutolmay, hoʻngrab yigʻlaydilar va Ahmad ibn Qaoʻsga karab : “Harbdan chekingan bu odamni nega oʻldirding, joying jahannamda boʻlsin ey qotil!” deb duoyibad kiladilar.

Hijriy 36-yili 61 yoshlarida Hazrati Zubayr roziyallohu anhu shahid etildlar. U zotning shahodatlari hazrati Aliyga koʻp taʼsir qildi va janozani oʻzlari oʻqib, Basrada dafn qilindilar.

Bugʻdoy rang, oʻrta boʻyli, toʻladan kelgan, ochiq chehrali, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam sevib, izzat koʻrsatgan bu zotning oʻlimlari musulmonlarni ham qattiq qaygʻuga soldi.

U zot roziyallohu anhuning islomdagi xizmatlari buyuk boʻldi
Alloh u zotdan rozi boʻlsin.

 

“Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent islom instituti 101-guruh talabasi Burxoniddinov Shamsiddin

315290cookie-checkHazrati Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu
1 та фикр мавжуд

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: