islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

IMOM SHOFЕ’IYNING ONASI (MODDIY IMKONSIZLIKNI BAHONA QILMAGAN ONA)

Imom Shofe’iy Quraysh qabilasidan. Shajarasi ota tarafdan Muhammad sollallohu alayhi va sallamning to‘rtinchi bobolari Abdulmanof bilan birlashadi. Go‘dakligidayoq otasidan ayrilgan. Onasi uning qaysi nasldan ekanini bilgani uchun 2 yoshligidayoq Makkaga olib boradi. Bu vaziyatni o‘zi shunday izohlaydi: «Onam menga: Sen ham qabilangga qo‘shil, sen ham ulardek bo‘lasan. Men nasabing yo‘qolishidan qo‘rqaman», – dedi va meni Makkaga olib bordi. Makkaga kelganimda men 10 yoshlarda edim. Qarindoshlarimdan birining yonida qoldim, ilm o‘rgana boshladimi.

Har bir ona farzandining kelajagi haqida qayg‘uradi, buning uchun oldindan harakat qiladi. Hozirgi onalarning farzandlari borasida eng birinchi qo‘ygan maqsadi mo‘may pul topadigon bir ishdir. Imom Shofe’iyning onasining maqsadi esa ilmdir. Shu jixatdan Imom Shofe’iyning onalari hozirgi onalarga katta o’rnak bo‘ladi. Imom Shofe’iy juda kichik yoshdayoq Qur’onni hifz qilgan. Onasi unga ilm yo‘lida eng katta suyanchiq bo‘lgan. Faqir va yo‘qsil ekanliklari ilm olishda ancha qiyinchiliklar tug‘dirsa-da, to‘siq bo‘lolmagan. Bu qiyinchiliklardan biri yozish uchun qog‘oz topolmagan. Onasi farzandi bilan qog‘oz topish uchun hukumat binosiga borgan. U yerdan keraksiz deb tashlab yuborilgan qog‘ozlarni yig‘adi. Qog‘ozning bo‘sh joylarini topib, to‘g‘rilab, farzandiga beradi. Mana shu qog‘ozlarga imom Shofe’iy Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hadislarini yozib, hadis ilmida yuksak cho‘qqilarni zabt etgan. Keraksiz qog‘ozlarga yozgan ilmlari uni shu darajaga yetkazgan. «Sunnatning qo‘riqchisi» – naqadar buyuk unvon, shunday emasmi? Bir kuni imom Shofe’iy madrasada ustozining u bilan shug‘ullanmay, boylarning bolalari bilan shug‘ullanayotganini kelib onasiga aytadi. Onasi ko‘ngli o‘ksigan o‘g‘liga shunday tavsiya bergan: «Bolam, sen ham ustozing qaysi talaba bilan ko‘proq shug‘ullansa, uning yoniga borib o‘tir. Faqat tingla va ilm o‘rgan.» Shu tavsiya bilan imom Shofe’iy «Sunnat qo‘riqchisi» unvonini olgan. Bu buyuk unvonning tagida dardli bir onaning imzosi bordir!

Bas shunday ekan xozirgi onalar xam farzandlariga qaysi kasbni tanlash borasida tavsiyalarida ko‘prok pul topadigon emas: millatga, ummatga ko‘proq foyda keltiradigon kasbni taklif kilishlari masqadga muvofiq bo‘ladi.

Toshkent islom instituti talabasi Maxmudjonov Javoxir

357620cookie-checkIMOM SHOFЕ’IYNING ONASI (MODDIY IMKONSIZLIKNI BAHONA QILMAGAN ONA)
1 та фикр мавжуд

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: