Har kimki ilm-hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloq va odobli bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat, makr va hiyladan uzoq bo‘lsin, diyonatli bo‘lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, iml va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin, barcha real, moddiy narsalar to‘g‘risida bilimni egallasin.
***
Aqlli deb shunday kishiga aytamizki, unda o‘tkir zehn-idrok bo‘lishi bilan birga fazilati ham bo‘lsin. Bunday kishi o‘zining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o‘zini saqlashga va tortishga qaratgan bo‘lmog‘i lozim. Shunday odamnigina aqlli va to‘g‘ri fikr yurituvchi deb atash mumkin. Aqlli shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega, yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb bo‘lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim.
***
Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich asos insoniylikdir, shuning uchun ham odamlar inson bo‘lganliklari uchun ham tinchlikda yashamoqlari lozim.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri O.Tangirov.