islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Hanafiylik mazhabining Movarounnahrga kirib kelishi

Mo`tabar manbalardan  birida keltirilishicha, “Hijriy 95 (milodiy 713) yili Qutayba ibn Muslim Shoshga yurish boshladi. Xalifa Hajjoj unga yordam uchun Iroqdan qo`shin yuborgan edi. Qutayba shavvol oyida Shoshda yoki Qo`shmaxonada turganida Hajjojning o`limi haqidagi xabar keldi va bundan qayg`uga tushib, qaytadan Marvga qarab yo`lga tushdi”. (Abu Ja`far at-Tabari. “Istoriyaat-Tabari”, Tashkent,  Fan” 1987, 144). O’rta Osiyoga islom dini mana shu paytlardan boshlab tarqala boshladi.

O’rta Osiyoga fiqh ilmini birinchilardan bo’lib Abu Hafs Kabir rohmatullohi alayh olib kirganlar. U zotning qo`lida ko`pgina faqihlar va olimlar yetishib chiqdi. Hatto tarixchilarning ta`kidlashlaricha, Buxoroda ilmning tarqalishga, imom va ulamolarning hurmat topishiga sababchi bo`lgan kishi Abu Hafs Kabir rohmatullohi alayh bo`lgan.

Abu Hafs Kabir rohmatullohi alayh hanafiy mazhabining fiqhini O’rta Osiyo va Movarounnahrda tarqalishida jonbozlik ko`rsatgan bo`lsa, uning oilasi, xususan, o`g`li Abdullohning bu borada xizmati buyuk bo`lgan. Shuning uchun ham uni Abu Hafs Sag`ir, ya`ni kichik Abu Hafs deb atashgan.

Abu  Hanifa rohmatullohi alayh asos solgan mazhab VIII asr o`rtalarida, uning hayotlik chog`idayoq tarqala boshlab, shu asrning oxirlarida uzoq-yaqin, jumladan, O’rta Osiyo va Movorounnahrga yetib kelgan edi.

Muhammad ibn Hasan Shayboniy rohmatullohi alayhning mumtoz shogirdlaridan biri bo`lmish Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (832yil) rohmatullohi alayh birinchi bo`lib, IX asr boshlarida ushbu mazhab ta`limotining haqiqiy tashuvchisi sifatida o`z vataniga qaytib keldi. Buxoro shahrini Hanafiylikning muhum markazlaridan biriga aylantirdi. Uning tarbiyasi otasida bir guruh faqihlar, jumladan, o`z davrida Hanafiy mazxabining shayxi va salohiyatli vakili bo`lgan uning o`gli Abu Hafs Sag’ir Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs rohmatullohi alayh yuksak darajali faqih martabasiga yetgandir.

Movarounnahrga Islom dini kirib kelganidan so’ng juda ko’pchilik Kufaga borib, Imomi A’zam Abu Hanifa rohmatullohi alayhning ta’limoti bilan tanishdi va safarining samarasi o’laroq u zotning so’zlari va fatvolarini o’z yurtiga olib keldi. Shu tariqa Xuroson va Movarounnahr hududlari Abu Hanifa rohmatullohi alayhning ta’sirida shakllangan alohida ta’limotni qabul qildi.

Hanafiy mazhabi tarqalishi jarayoniga dastlab, Balx va Ray‘ shaharlarida asos solindi. 142/759-760 yildayoq Abu Hanifa rohmatullohi alayhning shogirdlaridan biri Abu Bakr ibn Abdulloh Umar ibn Ahmad ibn Dovud (vaf. 171/787-788) rohmatullohi alayh Balx shahri qozisi bo’lgan. Hatto uning vafotidan keyin ham hanafiylar u yerda o’z ta’sirini saqlab turdi.

Abu Hanifa rohmatulohi alayh asos solgan hanafiylik mazhabi VIII asrning o’rtalarida, keng tarqala boshlab, shu asrning oxirlarida uzoq-yaqin o’lkalarga, jumladan Movarounnahrga yetib kelgan edi. Turli shaharlardagi hanafiy markazlarining shakllanishiga Iroq, Xuroson maktablarining ta’siri salmoqli bo’ldi. Muhammad ibn Hasan Shayboniy rohmatullohi alayh (vaf. 805 y.) ning shogirdi Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy rohmatullohi alayh (150/768-216/832) Buxoro maktabiga asos soldi.

U zotning to’liq ismi sharifi-Ahmad ibn Hafs ibn Zaburqon ibn Abdulloh ibn Buxoriy. U zot o’z yurtida egallashi mumkin bo’lgan barcha ilmlarni puxta o’zlashtirgach, Bag’dod sari yo’l oldilar. U yerda Imom Muhammad rohmatullohi alayhdan hanafiylik mazhabi fiqhini o’zlashtirgach, yana o’z yurtlariga qaytib keladilar. Shu bois, u zot hanafiylik ta’limotini birinchi bo’lib Movarounnahrga olib kekgan shaxs sifatida ma’lum va mashhurdirlar.

Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy rohmatullohi alayh Buxoroda ilmiy va diniy bilimlar rivojiga katta hissa qo’shgan madrasaga asos soldilar. Sharqshunos olim Anas Boqiyevich Xolidov butun arab saltanati hududida ilk bora Movarounnahr va Xurosonda madrasalar barpo etilganin zikr etib, birinchi madrasa Buxorodagi “Farjak” madrasasi degan fikrni ilgari suradi. Ushbu madrasa 937-yili yong’in natijasida yonib ketgan. Shuningdek, Nojiy Ma’rufning tadqiqotiga tayangan holda “Nishopur, Buxoro, G’azna va Bushanjda Bag’doddagi birinchi madrasa barpo etilgunga qadar 33 ta madrasa mavjud bo’lgan”, degan ma’lumotni keltiradi. Buxorodagi Abu Hafs Kabir madrasasi o’z zamonasida mashhur madrasalardan sanalgan. Tarixchi Vamberi o’zining “Tarixi Buxoro” va As-Sa’diy “Tarix ad-Duval” nomli asarlarida Imom Abu Hafs Kabir Buxoriy rohmatullohi alayhning madrasasi islom olamining turli o’lkalaridagi olimlar va talabalar orzu qilgan eng yaxshi madrasa bo’lganini ta’kidlashgan.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Suyundikov Sunnatilla

410350cookie-checkHanafiylik mazhabining Movarounnahrga kirib kelishi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: