Muhammad G’azzoliy 1917-yil 22-sentabrda Misrda tavvallud topgan. 1941-yilda Al-Azhar universitetini bitirgan. Makkadagi “Ummulquro” universiteti, Qatar universiteti va Jazoirdagi “al-Amir Abdulqodir” Islom fanlari universitetida dars bergan. G’azzoliy Qohiradagi Xalqaro islom tafakkuri instituti ilmiy kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari G’azzoliy 60 dan ortiq kitoblarning muallifi bo’lib, ularning ko’pchiligi turli tillarga tarjima qilingan. G’azzoliy 94 ta kitoblarning muallifi. Uning ba’zi kitoblarida quyidagilar mavjud “Ma’rifat merosimiz”, “Hayotingni yangila”, “Islom va zamonaviy iqtisodiyot”, “Fiqhus Siyra” va hokazo.
Kitoblarining ichidan “Fiqhus Siyra” haqida so’z yuritsak, bu kitob Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning hayotlari toʻgʻrisida yozilgan. Kitob 9 bob va 368 sahifadan iborat bo’lib, unda muallif o’zgacha uslubda yondashgan. Tarixiy voqealar roman yoki hikoya uslubiga yaqinroq tarzda yoritilgan. Muhammad G’azzoliy muqaddimada shunday degan, “Ko’plab buyuk odamlar o’zlarining hayotiy hikoyalarini donolik maʼlumotlari bilan to’ldirish uchun kitob o’qiydilar va undagi hayot voqealarini, muammolarni va qiyinchiliklarga bo’lgan munosabatlarini hayrat bilan kuzatib boradilar, natijada ular haqida chuqur o’rganib, insoniy aloqalarni o’rnatadilar. Shunday ekan, siyrat to’g’risidagi ilmni va bu haqiqatni g’ayritabiy afsonaga aylantirish adolatsizlikdir. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlari umri bo’sh odamning o’yin kulgusi yoki betaraf tanqidchining o’qishi uchun emas, balki u ergashadigan yaxshi ibrat manbai va u amal qilinadigan shariatdir. Men o’quvchiga payg’ambarimizning tarjimai hollari haqida haqqoniy ma’lumot berishga harakat qildim va askar o’z qo’mondoni, shogird o’z ustozi haqida yozgandek yozdim”.
Haqiqatdan ham kitobxon G’azzoliyning “Fiqhu Siyra” kitobini o’qir ekan, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlarini gapirib berayotgan muallifni xuddi ustozini bir necha yillar lozim tutgan, ustozini boshqalardan ko’ra yaxshi taniydigan shogird kabi tasavvur qiladi.
Shunday qilib, Muhammad G’azzoliy 1996-yil 9-martda Riyozda vafot etdi. Madinada Baqi qabristonida dafn qilindilar.
4- kurs talabasi Amina ERKINOVA