islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Abu Ali ibn Sino – mashhur alloma

Ilm – narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir. (Abu Ali ibn Sino)

Ibn Sino bobomiz kim bo‘lgan? Shifokorlar fikricha, u buyuk tabib boʻlgan. Matematiklar uni mashhur astronom va matematik deb biladi. Adabiyotshunoslar esa uni shoir va yozuvshi boʻlganini ta’kidlaydilar. Uni geologlar geologiya, musiqachilar musiqa nazariyotchisi, faylasuflar esa buyuk donishmand sifatida bilishadi. Ularning hammasi ham haq.

Abu Ali ibn Sino (16-avgust 980 yil-1037) – buyuk olim, tabib, shoir, faylasuf, astronom, matematik, musiqashunos boʻlgan. Bu zotning toʻliq ism shariflari Al Husayn ibn Abdulloh ibn Al-Hasan ibn Ali ibn Sino boʻlgan. Yevropada bu zotni Avitsenna deb atashadi. Abu Ali ibn Sino Oʻrta Osiyo va Eronda yashagan, turli hukmdorlar davrida tabib va vazir boʻlgan, uning risolalari Sharq va Gʻarbda mashhur. “Tib qonunlari” nazariy va klinik tibbiyot entsiklopediyasi-yunon, rum, hind va oʻrta osiyolik tabiblarning jamlanmasi- bir necha asr davomida, shuningdek Yevropa qit’asida ham eng zarur darslik sifatida foydalanilgan. Abu Ali ibn Sinoni “Shayx ur-rais” (“Bosh shayx”), “Olimlar shohi”deb e’tirof etishgan. Bu zot gʻayritabiiy xotira egasi va oʻtkir aql sohibi boʻlgan. Oʻrta asrning eng buyuk allomalaridan biri boʻlgan. Mashhur alloma Ibn Sino tibbiyot, falsafa, fizika, kimyo, astronomiya, tilshunoslik, adabiyot va musiqani qamrab olgan 450 dan ortiq asarlar muallifidir. Hazrat Abu Ali ibn Sino ilmiy savollar boʻyicha oʻz zamondoshi, buyuk xorazmlik olim Abu Rayhon Beruniy bobomiz bilan aloqada boʻlib, oʻzaro maktublar yozib turishgan.

Abu Ali ibn Sino Buxoroning Afshona qishlogʻida hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida dunyoga keldi. Abu Ali ibn Sinoning otalarining ism-shariflari Abdulloh ibn Hasan boʻlgan, u oʻz davrining ziyolilardan boʻlgan. Onalaring ismlari Sitora boʻlgan. 986 yilda ibn Sino oilasi Buxoroga koʻchib keldi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlangʻich ma’lumot olib, ilm-fanni oʻrganishga koʻngil qoydi. U juda qiziquvchan oʻquvchi boʻlgan. Uning “Nima uchun?” savoli lugʻatidagi eng koʻp ishlatiladigan jumlasi boʻlgan. Uning yoshligi, yigitlik davri somoniylar hukmronligining soʻnggi yillariga, xususan Nuh II ibn Mansur Somoniy hukmronligi davri (976-997) ga toʻgʻri keldi. Ibn Sino iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni oʻtkir boʻlganligidan oʻz davrida maʻlum boʻlgan ilmlarni mustahkam egallagan edi. 10 yoshida Husayn Qurʼoni Karimni boshdan-oyoq yoddan oʻqir edi. 13 yoshida u boshlangʻich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shugʻullana boshlaydi. Ibn Sino yosh boʻlishiga qaramay, Abu Abdullo Notiliy rahbarligida falsafani, bir qator ilmiy ishlar muallifi  buxoriylik tabib Abu-l-Mansur Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama oʻrgandi. Yosh Husayn asta-sekin tabiblik bilan ham shugʻullandi.  Yosh Husayn ustozi Qamariyning qoʻl ostidagi ta’limoti uzoq davom etmadi. Ibn Sino mustaqil amaliyot bilan shug’ullandi va tez orada mashhur shifokor boʻlib ketdiki, uni saroyga ogʻir betob boʻlib qolgan Buxoro amiri Nuh ibn-Mansurni davolash uchun chaqirtirdilar.

Ibn Sinoning o‘zi bu haqda shunday eslaydi: “Kunlardan bir kuni amir qattiq betob bo‘lib qoldi va shifokorlar uning kasalini aniqlay olishmadi. Mening ularga ismim tanish edi va ular amirga men haqimda gapirib, meni chaqirishlarini iltimos qilishdi. Men chaqirilgan joyga borib, ular bilan birga xizmat qildim”. Buxoro amirining kasali va Ibn Sino uni nima bilan davolaganligi haqida ma’lumot yo‘q, ammo, muolaja shunchalik yordam berdiki, Buxoroning amiri Nuh ibn Mansur yana bir yil taxtni boshqargan. Minnatdorchilik evaziga Ibn Sino somoniylarning kitob omboridan foydalanish ruxsatiga ega bo‘lgan. Buxoro kutubxonasi-o‘z davrining eng yirik va eng mashhur kitoblar ombori hisoblangan. Ibn Sinoning o‘zi Buxoro kutubxonasida ishlagan davrini ijodiy rivojining eng muhim bosqichi deb hisoblagan. Shu vaqtdan e’tiboran, uning ta’limi yakunlanib, mustaqil hayot yo‘li bosqichi boshlanadi.

Ibn Sino somoniylar kutubxonasidan bir necha yillar davomida foydalangan.    Ehtimol, oʻz ichiga barcha alomatlari ila kasallik nomlari ko‘rsatilgan, shuningdek, kasallikning kelib chiqish sabablari va davosi kabilarni o‘zida jamlagan umumlashma tibbiyot asarini yozish g‘oyasi bo‘lg‘usi allomada Buxoro kutubxonasida ishlagan yillari uyg‘ongandir? Aynan shu maqsadda Ibn Sino turli kitoblardan parchalar ko‘chirib olgan va ularni umumlashtirgan. Shunday qilib, Ibn Sinoning eng mashhur asari “Tib qonunlari” uchun materiallar tayyorlagan va bu asr ustida ko‘p yillar ishlagan.

999-yil otasi Abdulloh ibn Xasan vafot etdi va Ibn Sinoning yelkasiga yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish vazifasi tushdi. Afsuski, sobiq ismoiliylar oilasiga hokimiyat tepasidagilar qattiq shubha bilan qarashardi, Ibn Sinoning ahvoli juda tang va hatto, xatarli edi. Shu sababli u Xorazmning poytaxti Gurganjga ko‘chib ketishni qaror qiladi. Afsuski, Husayn o‘limining oxirigacha musofirchilikda u shahardan boshqasiga ko‘chib, oxir-oqibat ona Vataniga qaytib kela olmadi. U Xorazm, Abiverda, Nishopur, Tua, Gurgan, Rey, Xamadon, Isfaxon kabi shaharlar hukmdorlarini ko‘rdi, ko‘plab shahar va qishloqlarda bo‘ldi. Hayotida ko‘p yo‘qotishlarni boshdan kechirdi, ko‘pincha hokimiyat tepasiga chiqib, tez orada yana pastga tushar, goh vazir bo‘lsa, goh zindonga tushar edi, dabdabada ham, yetishmovchilikda ham kun ko‘rdi, lekin o‘zining ijodiy va ilmiy ishini qilmagan biror kun bo‘lmadi.1002-yil Buxoro turklar tomonidan qamal qilinib, somoniylar sulolasi ag‘darilgach, Ibn Sino Xorazm hokimi saroyiga Urganchga yo‘l oldi. U yerda Ibn Sinoni “shifokorlar hokimi” deya nomlashgan. 1008-yil sulton Mahmud G‘aznaviyga xizmati qilishgan bosh tortgan Ibn Sinoning farovon hayoti darbadarlikka almashadi. O‘zining ayrim asarlarini u uzoq safar vaqti egarda yozgan.1015-1024 yillar Xamadonda yashab, ilmiy faoliyatini amirlikning siyosiy va davlat ishlarida faol ishtiroki bilan umumlashtirgan. Amir Shams ad-Davlani muvaffaqiyatli davоlaganligi uchun unga vazirlik lavozimi topshirildi, ammo atrofini harbiy dushmanlar o‘rab olgan edi. Shu sababli amir  Ibn Sinoni vazirlik lavozimidan chetlatib, boshqarib turgan hududlaridan chiqarib yuborishga farmon berdi. Oradan qirq kun o‘tib, amirning ahvoli yana yomonlashib qolib. Quvg‘inlikdagi olimni topib, uni yana vazir etib tayinlashlarini buyurdi. Amirning o‘limidan so‘ng Isfaxon hokimiga xizmat qilganligi uchun u to‘rt oyga qal’aga zindonband qilindi. Umrining so‘nggi o‘n tort yili Isfaxonda (1023-1037) amir al-Davla saroyida xizmat qilish bilan o‘tdi. Saroyda u ijod qilishi uchun juda qulay sharoitlar yaratib berishgan. U bosh shifokor va amir maslahatchisi bo‘ldi va hatto uni yurishlarda ham kuzatib borgan. Bu yillar davomida Ibn Sino o‘zining tanqidiy yondashuvi bilan adabiyot va falsafa ta’limoti bilan shug‘ullandi. Shu bilan birga, samarali ijodiy ishlarini ham davom ettirgan. Uning ko‘p qo‘lyozmalari, shu jumladan, “Insof kitobi” (“Kitab ul-insaf”) Isfaxоnga g‘azna qo‘shinlari bosqinchiligi sababli yonib ketgan.

Isfaxon podshosining harbiy yurishlaridan birida alloma Ibn Sino og‘ir oshqozon kasalligiga chalindi. 1037- yil taxminan iyun yoki avgust oyida o‘z vasiyatini aytib, vafot etdi. Mashhur alloma vasiyatida barcha qullarni ozod etib, o‘zining barcha mol-mulkini kambag‘allarga tarqatishni vasiyat qildi.

Abu Ali Ibn Sino Xamadon shahrida (bu shahar hozirgi Eron mamakatida joylashgan) vafot etdi va  shaharning markaziga dafn qilindi. Hozirgi kunda mashhur allomaning qabri ustiga maqbara qurilgan bo‘lib, u Xamadon shahrining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan.

Abu Ali Ibn Sino tibbiyot sohasiga qo‘shgan hissasi bilan mashhur allomadir. Uning eng nodir asari “Tib qonunlari”kitobi mashhur bo‘lib, o‘z davrining eng nufuzli tibbiyot asarlaridan biriga aylandi. Kitob besh jilddan iborat bo‘lib, anatomiya va fiziologiyadan tortib, turli kasalliklarni tashxislash va davolashgacha bo‘lgan o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan barcha tibbiy bilimlarni oʻz ichiga qamrab olgan. Bu qimmatli nodir asar butun o‘rta asrlar davridagi tibbiyotning eng ta’sirli va ensiklopedik asosi hisoblangan. Asar tibbiyot nazariyasi, dorivor o‘simliklar, anatomiya, bolalar kasalliklari va jarrohlk kabi barcha sohalarni qamrab olgan. Bu nodir asr 700 yildan ortiq vaqt davomida Yevropa va Sharq tibbiyot maktablarida asosiy darslik sifatida o‘qitilgan.

Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida yuqumli kasalliklar, qon bosimi va ayrim dorilarni qanday  qo‘llash tushunchalarini ham kiritgan. Uning tibbiyotga munosabati mutanosib bo‘lib, olim nafaqat kasalliklarning jismoniy tomonlarini, balki salomatlikka ta’sir etuvchi psixologik va ijtimoiy omillarni ham hisobga olishi kerak, deb hisoblardi.

Ibn Sino o‘z asarlarida jismoniy mashqlarning sog‘lomlashtiruvchi va davolovchi tajribadagi o‘rni va roli haqida: jismoniy mashqlar to‘xtovsiz, chuqur nafas olishga olib keluvchi erkin harakatlar deb ta’riflagan edi. Agar inson mo‘tadil va o‘z vaqtida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullansa va tartibga rioya qilsa, u davoga ham, dorilarga ham muhtoj bo‘lmaydi, deb tasdiqlagan mashhur alloma. Mashqlarni to‘xtatar ekan, u odam soʻnadi. Jismoniy mashqlar mushaklarni, bo‘g‘imlarni, asabni mustahkam qiladi. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino mashqlarni bajarishda yoshni ham inobatga olishni maslahat bergan. Uqalash, sovuq va issiq suvda chiniqish kabi muolajalar haqida ma’lumotlar bergan.

Ibn Sino birinchilardan bo‘lib puls (tomir urishi) to‘g‘risida zarur ma’lumotlar bergan, olat, vabo kabi kasalliklarini ta’riflab bergan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hazrat Ibn Sinoning dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi juda yuqori. Bu zotning merosi nafaqat o‘rta asrlar Islom oltin davrining cho‘qqisi, balki butun insoniyat tafakkurining burilish nuqtasidir. Uning asarlari uyg‘onish davri olimlariga bevosita ta’sir ko‘rsatib, zamonaviy ilmiy metodologiyaning shakllanishiga hissa qo‘shgan.  Ibn Sinoning ishlari inson aqlining deyarli barcha sohalarda qanchalik samarali va tengsiz bo‘lishi mumkinligining aniq isbotidir. Ibn Sino xalq orasida shu darajada hurmatga sazovor bo‘ldiki, u folklor (xalq) qahramoniga aylanib ketdi. Sharq xalqlarida uning to‘g‘risida turli hikoya, rivoyatu afsonalar vujudga keldi. Jahon olimlari Abu Ali  ibn Sino asarlari, uning faoliyati to‘g‘risida ko‘pdan beri ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradilar. Hozirda jahondagi deyarli barcha tillarda mashhur alloma haqida asarlar yozilgan. Hazrat Abu Ali ibn Sinoning asarlari dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan. Abu Ali ibn Sino bobomizning nomlarini abadiylashtirish maqsadida bu zotning sharafiga quyidagilar amalga oshirilgan:

  • Karl Linney Akant oilasiga mansub o‘simlikni Avitsenniya deb nomlaydi.
  • Tojikistonda Avitsennaning sharafiga Tojikiston davlat meditsina universiteti hamda avvalroq “Lenin tog‘i” nomi bilan ma’lum tog‘ cho‘qqisi nomlangan.
  • Dushanbe shahrida uning sharafiga maydon nomlanib, azarbayjonlik haykaltarosh Umar Eldarov tomonidan yasalgan olimning haykali o‘rnatilgan.
  • 2009 yil iyun oyida Eron hukumati tomonidan Venadagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bo‘limiga hozirda Vena xalqaro markazi Memorial maydonidan joy olgan Fors olimlari pavilonini tortiq etadi. Fors olimlari paviloni o‘z ichiga to‘rt mashhur olimlarni olgan: Avitsenna, Beruniy, Zokiriy Roziy (Reyz hamda Umar Xayyom).
  • O‘zbekistonning Afshona qishlog‘ida Avitsenna muzeyi mavjud.
  • 1990 yil Buxoroda Abu Ali ibn Sino sharafiga nomlangan meditsina instituti ochilgan.
  • Rigadagi Gaylezers kasalxonasi majmuasi parkida 2006 yil Abu Ali ibn Sino haykali ochilgan. Jaloliddin Mirtojiyev ishi.
  • Sobiq sovet va rossiyalik astronom Lyudmila Ivanova Chernix tomonidan 1973 yil 26 sentyabrda ochilgan Avitsenna asteroidiga Ibn Sino nomi berilgan.
  • Ibn Sino sharafiga Oydagi vulqon nomlangan.
  • Kardiogrammalar va ko‘krak bezlarining rentgen suratini avtomatik o‘rganish uchun IBM tomonidan yaratilgan dastur Avitsenna nominlgan.

Ko‘chalar Ibn Sino nomini olgan:•  Samarqandda,• Buxoroda,• Ust-Kamenogorsksda,  •Uch Qo‘rg‘on (O‘zbekiston) tumanida Ibn Sino ko‘chasi, • Donetskda Avitsenna ko‘chasi,• Anqara shahrida Ibn Sino haykali, • Hamadonda Ibn Sino haykali.

Badiiy adabiyot • “Abugalisina” (tat.“Әbүgalisina”)-Qayum Nosirning tatar tilidagi Ibn Sino haqida qissa-ertagi. • Noy Gordon o‘zining “The Physician”(“Shifokor”) (1988) romanida o‘z davrinnig buyuk ustozi bo‘lmish Ibn Sinodan shifokorlik san’atini o‘rganish uchun yosh ingliz o‘g‘loni o‘zini yahudiy deb tanishtirishi haqida so‘zlovchi hikoya yozgan.    •  2011 yil ispan yozuvchisi Esekel Teodoro “Avitsennaning qo‘lyozmasi”(“El Manuscrito de Avicena”) romanini nashrdan chiqaradi, unda fors shifokori hayotining ayrim lahzalarini tasvirlaydi.

Kinomatografiyada   • “Avitsenna” filmi (1956), rejissyor Komil Yormatov.   • Avitsennaning yoshlik va o‘spirin yillariga bag‘ishlangan O‘zbekfilm hamda Tojikfilm kinostudiyasi tomonidan ishlangan “Donishmandning yoshligi” filmi (1982). Film rejissyori Elyor Ishmuhamedov. • Olimning yoshlik yillaridan to vafot etguncha hayotidan hikoya qiluvchi 1987 yil suratga olingan “Avitsenna” (“Bu-Ali Sina”) teleseriali.  •  2013 yil N. Gordonning kitobi asosida (“The Physician”) Filipp Shtyolsning “Shifokor: Avitsennaning shogirdi” filmi ekranga chiqdi.

Foydalanilga Internet saytlari

1.www.arboblar.uz

2.www.tarix.sinaps.uz

3.www.ziyoratga.uz

4.www.uz.wikipedia.org

5.www.buzdu.uz

 “Тillar kafedrasi katta oqituvchisi Faxriddin Yernazarov tomonidan tayorlandi.

 

454910cookie-checkAbu Ali ibn Sino – mashhur alloma

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: