Ўзбекистон халқаро ислом академиясида 2023-2024 ўқув йили битирувчилари ҳамда иш берувчи вазирликлар, идоралар, турли ташкилот, корхона ва муассасалар ўртасида мулоқотни таъминлаш мақсадида “Янги Ўзбекистон ёшлари – келажагимиз ва истиқболимиз пойдевори!” шиори остида карера куни ўтказилди.
Тошкент ислом институти Ёшлар масалалари, маънавий-маърифий ишлар бўйича проректор Тоҳир Эвадуллаев, Ёшлар билан ишлаш, маънавият ва маърифат бўлими бошлиғи Абдулҳаким Олимов 1-курс талабалари билан “9 май – Хотира ва қадрлаш куни” муносабат билан Шайхонтоҳур тумани Кўкча даҳасидаги Шайх Зайниддин Бобо қабристонини зиёрат қилдилар. Устоз ва талабаларга Тошкент шаҳар бош имом-хатиби Абдуқаҳҳор домла Юнусов ҳамроҳлик қилиб, “Кўкча” қабристонида абадий қўним топган муршидлар, уламолар, шайхлар, устозлар, алломалар, зиёлилар, имом-хатибларнинг ҳаёт йўли, қолдирган илмий мероси ва фазилатлари тўғрисида маълумот берди...- ТИИ Ижтимоий фанлар кафедраси катта ўқитувчиси Т.Азимов
Yurtimizda har yili “9 may – Xotira va qadrlash kuni” sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Toshkent islom instituti Modul ta’lim talabalari murabbiylari S.Aripov va A.Toshpo‘latov hamrohligida Shahidlar xiyoboniga tashrif buyurdilar. Chor va sovet mustamlakachiligi yillarida begunoh qurbon bo‘lgan, o‘tgan asrning 30-50 yillarida “xalq dushmani” sifatida qatag‘on etilgan va shu sababli nomlari o‘zbek xalqi hamda madaniyati tarixidan o‘chirib yuborilgan siymolar xotirasini abadiylashtirish orqali tarixiy adolatni tiklash bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi...- TII Matbuot xizmati
Treningda Google akkaunt yaratishdan boshlab, dars jarayonida va darsdan tashqarida, individual hamda jamoaviy tarzda foydalanish imkonini beruvchi turli ilovalar, onlayn platformalar, smart doskalar va tarqatma materiallar uchun qidiruv bazalari bilan ishlash ko'nikmalari o‘rgatildi. Qatnashchilar har bir ilovani o‘z kompyuter va telefonlarida trener bilan baravariga amaliy foydalanib ko‘rishdi.
Al-Azhar Universiteti 970 - yilda Fotimiylar xalifaligi tomonidan tashkil etilgan. Bu Universitet Misrning eng qadimgi universiteti bo’lib, Sunniy Islomiy ta'lim uchun eng obro'li universitet sifatida tanilgan. Al-Azhar universiteti Bakalavr, Aspirantura va Magistrlik dasturlarini taklif etadi. U 81 ta fakultet, 9 ta institut, 359 ta akademik bo'lim, 42 ta markaz, 6 ta universitet kasalxonalari va 27 ta umumiy ma'muriyat bo'limlariga ega. Al-Azhar Universitetining asosiy yo'nalishlari: Fan va Texnologiyalar, Menejment va Biznesni boshqarish, San'at, Tillar va Gumanitar fanlar, Qishloq xo'jaligi, Stomatologiya va Tibbiyot... - Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi Ansoriddin Mamarasulov