islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Tahorat

Tag

SAHIHUL BUXORIY ASARIDA “TAHORAT” KITOBIDA KELGAN HADISLAR TAHLILI

Dinimizda har bir narsalarda alohida etibor qaratilganidek ibodatning durust bo‘lishi uchun shart bo‘lgan poklikka ham katta etibor qaratilgan.Bizning buyuk bobokalonimiz bo‘lgan amirulmuminin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rohimahulloh ham “al-Jome as-Sahih” kitobida alohida nazar qilib bir kitobni u haqida ajratdi va sahih hadislarni keltirdi. “Tahorat kitobi”da imom Buxoriy rohimahulloh jami yetmish beshta bob keltirganlar. Ulardan tashqari uchta bobga nom bermay keltirganlar. Ular quyidagilar: Birinchi- “Uylarda qazoyi xojat qilish haqidagi bob”dan so‘ng keltirdib, dalil uchun shayxlari Ya’qub ibn Ibrohim rohimahullohdan mutassil sanad bilan Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Bir kuni uyimiznig tepasiga chiqqan edim. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning Baytul Maqdisga qarab ikki g‘isht ustida qazoyi xojat qilayotganlarini ko‘rdim”[1].dedi. Abu Zar Hiraviy, Asiliy va Abul Vaqtlarning rivoyatida “Bob” kalimasi tushib qolgan. Hofiz ibn Hajar rohimahulloh aytadi: “Ya’qub u Duraqiydir, sanadda kelgan uning shayxi Yazid esa Ibn Horundir huddi Abu Zarr va Asiliylarning rivoyatiga kelganidek. Uning bu sanadda kelgan ustozi Yahyo esa u Ibn Sai’d Ansoriy bo‘lib avvalroq “Ikki g‘ishtni ustida qazoyi xojat qilish bobi”da  imom Molik ham ushbu hadisni shu zottan rivoyat qilgandi”[2].deydi. Anvarshoh Kashmiriy: “Buxoriy rohimahulloh yuqoridagi bino va devordan istisno qilib bu yerda ushbu hadisga qiyos qilib tarjama keltirdi ko‘plarning zehniga “Bu hadisga tarjama keltirmadi” degan o‘ykelmasin. Chunki musannif bu hadisga avvalgisini tarjama qildi va uni keltirgani uchun bu hadisni ham avvalgi tarjamani ichiga kirgizib yubordi”[3].deydi. Hofiz Qastalloniy rohimahulloh: “Baytul Maqdisga qarab, degan lafz Yahyo Ansoriy rohimahullohning rivoyatlarida kelmagan, balki uni o‘rniga “Qiblaga orqa qilib” degan lafz kelgan va Ubaydullohning rivoyatida ham shunday. Bunday bo‘lishining sababi Madinada turib Shomga yuzlanishdan Qiblaga orqa qilish kelib chiqadi. Ubaydullohning rivoyatida esa buni ochiqlash va ta’kidlash uchun zikr qilingan. Bu hadisda “Baytul Maqdisga yuzlanib” degan jumla bilan keltirdi, avvalgi hadisda esa “Shomga yuzlanib” degan jumlani keltirgandi, lafzlar turlicha bo‘lsa ham ma’no birliga uchun”[4]. Hadisni bu yerda keltirishdan imom Buxoriy rohimahullohning maqsadi uyning ichida  hojatxona qilish joizligini bildirishdir. Hojatda o‘tirganda qiblaga yuzlanish yoki orqa qilib o‘tirish haqidagi bahslar esa yuqorida aytib o‘tildi[5]. Ikkinchi- “Odamlarning tahorat suvidan ortganini ishlatish haqidagi bob”dan keyin keltirdilar. Imom Qastalloniy: “Bu yerdagi“باب” kalimasi tanvinli, Mustamliyning rivoyatida kelganidek tarjamasiz va bobning o‘zi ham ko‘pchilikning rivoyatida yo‘q va bu hadis avvalgi bobdagi oxirgi hadis orasini ajratishmagan   U yerda ustozlari Abdurrahmon ibn Yunus rohimahullohning sanadi ila Soib ibn Yazid roziayallohu anhudan rivoyat qiladi: “Xolam meni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib borib: “Ey Allohning Rosuli, singlimning o‘g‘li dardman”, dedi. Shunda u zot boshimni siladilar va menga baraka so‘rab duo qildilar. Keyin tahorat qildilar . Men tahorat suvlaridan ichdim. So‘ngra u zotning orqalarida turdim va ikki kuraklari o‘rtasida o‘tovning tugmasiga o‘xshagan nubuvvat muhrini ko‘rdim”.degan hadisni keltirdilar. Qastalloniy aytadi: “Sanadda imom Buxoriyning shayxlari Abdurrahmon ibn Yunus keldi u Hofizlardan biri Abu Muslim Bag‘dodiy Sufyon ibn Uyayna va boshqalarga imlo qilgan Mustamliydir 224-hijriyda to‘satdan vafot etgan.Hotim ibn Ismoil esa Ko‘fiy va Madinaga ko‘chib kelgan hamda u yerda Horun ar-Rashidning xalifalik davrida 186-hijriyda vafot topgan. Ja’d esa aksarlarning rivoyatida Jai’d bo‘lib tasg‘ir siyg‘asida kelgan va bu mashhurroqdir, u ibn Abdurrahmon ibn Avs Madaniy Kindiydir. Soib ibn Yazid roziyallohu anhu kichik sahobalardan yetti yoshida...