islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Yomon gumon (2-oyat)

Yozning issiq kunlaridan biri. Tog’ qo’ynida joylashgan bolalar oromgohi ayni paytda uzoq yaqindan kelgan maktab o’quvchilari bilan to’lib toshgan. Soya-salqin daraxtlar ostida kimlardir guruh guruh bo’lib volleybol, kimlardir tennis o’ynaydi. Ayrimlar salqingina oromkursida kitob o’qish bilan band. Yana kimlar muzdekkina hovuzda baliqdek suzishni afzal biladi. Xullas bu yerda turli joylardan kelgan bolalar ta’tillarini maroqli o’tkazmoqdalar.  Ammo oromgoh tartib-qoidalari qat’iy va barchaga barobar. Tushdan keyin soat 13:00 dan 15:00 gacha tinchlik saqlanishi lozim. Bu vaqtlar oralig’ida hamma dam oladi. Shu kuni dam olish vaqtida qizlar yotoqxonasidan birida shovqin ko’tarildi. Tarbiyachi kirganida qizlardan biri bor ovozi bilan baqirardi:

– Mana shu olgan, shu olgan meni taqinchog’imni. Kecha opasi ko’rishga kelgandi, sumkasiga bir narsa solib qo’ydi. Atrofga alanglab keyin soldi. Demak u meni taqinchog’im ekanda. To’g’risini aytaver sen olgansana. Axir u oyimniki edi. Bekitib olib kelgandim. Dugonalarimga maqtanaman deb. Endi nima qilaman.

Xonadagi barcha qizlar  jazavaga tushayotgan bu qizni tinchlantirishga urinar. Burchakdagi karovatda qimtinibgina o’tirgan Na’ima ismli yuvoshgina qiz yum-yum yig’lardi. Xona o’rtasida barcha qizlarning narsalari betartib sochilib yotardi. Tarbiyachi baqirayotgan qizni qo’llaridan tutib xonasiga olib ketdi. Uni kursiga o’tqizib suv ichirdi. So’ng muloyimlik bilan gap boshladi.

– Isming nima qizim, dedi u avvalo bosiqlik bilan.

– Ismim Shodiya hamma meni Shodi deb chaqirishadi. Na’ima meni tilla taqinchog’imni o’g’irladi. Onamnikini olib kelgandim. Hali biror marta taqmagan edim.

Tarbiyachi biroz jiddiy qiyofaga kirib dedi:

– Qizim sen axir uni taqinchog’ingni olganini o’z ko’zlaring bilan ko’rmadingku. Sen judayam yomon gunoh qilayabsan. Alloh taolo Qur’oni Karimda Hujurot surasining 12-oyatida shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ ۖ

“Ey mo’minlar! Ko’p gumon(lar)dan chetlaningiz! Chunki ba’zi gumon(lar) gunohdir…” [1]

Sen hozir dugonangni nohaq ayblayabsan dedi tarbiyachi yana ta’kidlab.

Shodiya baribir qalbida Na’imani ayblayotgan edi. Shu kuni dam olish soatlari mana shunday ko’ngilsizliklar bilan o’tdi. Shodiya endi Na’imaga gapirmas uni ajratib qo’ygan edi. Ta’tilning qolgan kunlari shu ko’ngilsizlik ta’sirida o’tdi. Barcha o’quvchilar uylariga xursand bo’lib qaytdilar. Shodiyaning esa ko’ngliga qil sig’mas edi. Uyga keldi. Uni oila a’zolari alohida tayyorglik bilan kutib olishdi. Ayniqsa onasi biram ochilib ketibdiki, qizi  kelganiga quvonchdan o’zini qo’yarga joy topa olmasdi. Shodiya onasining  bo’ynidagi taqinchoqqa ko’zi tushdiyu hayratdan baqirib yuboray dedi. Axir bu o’zi bilan yashirincha oromgohga olib ketgan, Na’ima o’g’irlagan taqinchoqku… Onasi Shodiyadagi o’zgarishni sezgandek:

– Buni ketishingdan oldin sumkangdan olib qolgandim. Hoynahoy adashib solib olgan bo’lsang kerak deb o’yladim, dedi.

Na’imaning hayolida  tarbiyachining yomon gumon haqidagi gaplari aylanar, gunohkor bo’lib qolganidan vijdoni qiynalardi. U kelasi yili oromgohda Na’imani topib barchani oldida uzr so’rashni diliga tugib qo’ydi.

Oxunjon Ahmad va

Muattar Abdulqayum

[1] Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri.

238970cookie-checkYomon gumon (2-oyat)

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: