islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

“Sharhi mushkilul osor” asari

Abu Ja’far Ahmad ibn Muhammad ibn Saloma ibn Salama Tahoviyning qalamiga mansub “Sharhi mushkilul osor” asari hadis ilmida muhim manba hisoblanadi. Bu asarning ahamiyati shundaki, unda muallif Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan kelgan ahkomlar borasidagi hadislarni va zohiran bir biriga zid ko’ringan rivoyatlarni jamlab, nosih mansuhini, mutlaq muqayyadini  bayon qilgan va qay biriga amal qilish lozim-u, qay biriga amal qilish lozim emasligini ko’rsatgan.

Muallif rohimahulloh shu asar muqaddimasida shunday deydi: “Albatta men hadislarga nisbatan ehtiyotkor, omonatdor va uni boshqalarga chiroyli suratda yetkazuvchi kishilar naql qilgan, maqbul roviylar shajarasi orqali Rasululloh sollollohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadislar haqida fikr yuritdim. Oqibatda, bunday hadislar orasida ko`pchilik odamlarga uni bilish imkoniyati bo`lmagan bir qancha narsalarga duch keldim. Qalbim bu hadislar to`g`risida bosh qotirish va mushohada yuritish, hamda imkon qadar ulardagi mushkil va chigalliklarni bayon qilish va undagi mavjud ahkomlarni chiqarmoqlik, ulardagi qarama-qarshiliklarga barham berishga moyil bo`ldi. Bu niyatimni bir qancha boblar keltirib, har bir bobda mazkur narsalardan Alloh taolo menga muyassar qilganlarini zikr qilish orqali amalga oshirishga qaror qildim”.

Muallif asardagi boblar sonini 1002 taga yetkazgan har bir bobda ixtilofga sabab bo’luvchi bir necha hadislarni zikr qiladilar va bob nomlarini esa bob ostida kelgan hadislar o’rtasidagi ixtiloflarga dalolat qiluvchi ismlar bilan nomlaydilar. Asarda har bir hadisni sanadi bilan keltirganlar. Asar Shuayb Arnaud tahqiqi ostida hijriy 1415-yili 16 mujallad holatida nashr qilinadi.

Asarning haqiqiy nomi Shayx Xotam Sharifning “Unvonus sahih” kitobida “Bayoni mushkilil osor” deb aytilgan.

Toshkent islom instituti

401-guruh talabasi

Raimov Nuriddin

369640cookie-check“Sharhi mushkilul osor” asari

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: