islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Ayni jolut arsloni

Hech birimizga sir emaski diyorimizdan dunyoga ta’sirini o’tkaza olgan va tarix shakllanishida muhim o’rin egallagan shaxslar ko’p yetishib chiqqan. Ilm-fan va davlatchilik arboblari orasida Buxoriy, Termiziy, Marg’inoniy, Moturidiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi va Amir Temurlarni dunyo xalqlari hozirgacha e’tirof etishadi va ularning bizga qoldirgan buyuk me’roslaridan foydalanib kelishadi. Bugungi yozayotgan maqolamizning qahramoni ham ana shunday buyuk ajdodlarimizdan biri, asl ismi Mahmud ibn Mamdud bo’lgan Sulton Muzaffar Sayfiddin Qutuzdir.

Asli Xorazmshohlardan, o’z navbatida Jaloliddin Manguberdining opasini o’g’li bo’lgan Mahmud milodiy XIII asrning birinchi choragida Xorazm davlatining yirik shaharlaridan biri bo’lgan Samarqandda sulton oilasida dunyoga keladi. Boshlang’ich jang ilmlarini tog’asi Jaloliddindan ta’lim oladi.

Mahmudning bolalik paytlari Xorazmshohlar davlati zaiflashib, yakuniga yetib, davlat idorasi Mo’g’ullar qo’liga o’tayotgan bir paytga to’g’ri keladi. Mo’g’ullar Samarqandni qo’lga olishganidan keyin, yosh shahzodaning ko’z oldida ota-onasi va qarindoshlarini boshlarini tanasidan judo qilishadi va bu kichkina bolani qul bozorida Shom diyoriga sotib yuborishadi. Yoshlik davrlarini Shomda qul bo’lib o’tkazgan qahramonimiz shu yerda ilm tahsil oladi va bir muddatdan keyin Ayyubiylar sulolasi hukmronlik qilayotgan Misr yurtidan kelgan savdogarga sotib yuboriladi. Savdogarning xonadonida bir muddat xizmat qilgan pahlavonning dong’i asta-sekin poytaxtda yoyila boshlaydi va nihoyat tomirida sultonlar qoni oqayotgan o’g’lonning xabari podshohgacha yetib keladi. Podshoh Mahmudni huzuriga chaqiradi va o’z qo’shiniga sarkarda etib tayinlaydi. Iskandariyada salibchilarga qarshi kechgan janglarda zafar quchgan sarkarda podshohning eng yaqin kishilaridan biriga aylanadi. Taqdir taqozosi bilan Ayyubiy sultondan keyin taxtga milodiy 1259-yilda birinchi qul podshoh Mahmud ibn Mamdud o’tiradi va shu kundan e’tiboran Misrda qariyb III asr hukmronlik qilgan Mamlukiylar saltanatiga asos solinadi.

O’sha paytlarda mo’g’ullar oyog’i yetib bormagan yagona musulmon davlat Mamlukiylar davlati edi. Lekin Mo’g’ul balosi bularni ham chetlab o’tmadi. Mo’g’ul xoni Chingizxonning nevarasi Xulagu 1260-yilda Sultonga taslim bo’lishni so’rab elchi jo’natdi. Sultonning oldida ikkita yo’l turardi yoki taslim bo’lish yoki oxirgi islom qo’shinlarini olib jangga kirish. Ichida oila a’zolarining qasos o’ti yonib kelayotgan Sulton taslim bo’lishni o’ylab ham o’tirmadi va kelgan elchilarning boshlarini tanasidan judo qilib shahar darvozalariga osishni buyurdi. Bu qilgan ishi bilan sulton Mo’g’ullarga urush ochganini bildirgan edi.

Hijriy 658-yil 25-ramazon, milodiy 1260-yil 3-sentabrda kutilgan jangning vaqti yetib keldi. Bu jangda musulmonlar qo’shini 30 ming kishi atrofida mo’g’ullar esa 200 mingdan ortiq edi. Allohning nusrati bilan bu jangda musulmonlar mo’g’ullarni qirib tashladi va tarixda ilk bor mo’g’ul qo’shini tor mor etildi. Shundan so’ng sulton ismiga mo’g’ullar ustidan g’alaba qozongani uchun “Muzaffar” unvoni qo’shib aytiladigan bo’ldi.

                                                                       Biz kimlarning avlodi edik…

                                             Toshkent islom instituti

404-guruh talabasi Sultanov Muhammad

369611cookie-checkAyni jolut arsloni

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: