Poliglot so’zi yunonchadan tarjima qilinganda “ko’p til egasi” degan ma’noni bildiradi. Agar inson uch yoki undan ko’p tilni bilsa, u albatta poliglot deb atalish huquqiga ega bo’ladi.
Poliglotlar – bu ko’p tillarni mukammal bilgan holda ushbu tillarda bemalol gaplasha oluvchi insonlardir. O’zining turlicha kelib chiqishlari va turli davrlarda yashaganliklariga qaramay ularning hammasini bir narsa bog’lab turadi, yani poliglotlar juda qisqa muddatlarda yangi tilni o’zlashtira oladi. Gohida buning uchun ularga ikki-uch oy kifoya qiladi. Taniqli poliglotlarning ko’pchiligi yangi tilni o’rganishga kirishayotgan paytida buni amaliy qo’llashdan ko’ra ilmga chanqoqlikdan amalga oshiradilar.
Xo’sh, dunyoda kim hammadan ham ko’proq tillarni biladi? Bunga bir xil qarab bo’lmaydi: chet tilida bemalol so’zlashib gapga chechan bo’lish bir narsa, ammo kitoblarni lug’atlar yordamida tarjima qilish mutlaqo boshqa narsa. Albatta, lug’at yordamida tarjima qilish ancha osonroq. Hozirgi paytda hayot bo’lgan vengriyalik tarjimon va yozuvch Ishtvan Dabi oz emas, ko’p emas naqd 103 til bilan ishlaydi! U yigirma ikki tilda bemalol so’zlasha oladi, shuning uchun ham ushbu giperpoliglotlar reytingidagi faxriy, ammo birinchi bo’lmagan o’rinni egallaydi. Keling endi 10 nafar eng kuchli poliglotlar o’rnini ko’rib chiqamiz.
1 – o’rin
O’z davrining bo’lajak nemis olimi xitoyshunos Emil Krebsning bolalik paytida bir qiziq voqea sodir bo’ladi. Uning nazari fransuz gazetasiga tushib qoladi. U o’qituvchisidan nemis-fransuzcha lug’atni so’ragan va hech qancha vaqt o’tmay fransuz tili bo’yicha bilimlarini namoyon qilgan. Ta’kidlashlaricha u keyinchalik yana oltmishdan ortiq tillarni o’zlashtirgan va ularda bemalol gaplasha olgan.
2 -o’rin
Italiyalik kardinal Djuzeppe Metsofantini ko’pchilik (shu jumladan “Ginnes rekordlar kitobi” qayd qiluvchi mutaxassislar ham) tarixdagi eng buyuk poliglot deb hisoblashadi. U kamida 29 tilda a’lo darajada gaplashgan, lekin shunga qaramay u hech qachon Italiyadan tashqariga chiqmagan.
3 -o’rin
Ioannis Ikonomu: bugungi kunda Yevroparlamentning bosh tarjimoni. Gretsiyada tug’ilgan kishi uchun juda mos ish, u bemalol 32 tilda gaplasha oladi.
4 -o’rin
Albatta, razvedkachilar chet tilini bilmasa boshqa yana kim bilsin? Yangi Zellandiyada tug’ilgan lingvist va jurnalist Garold Uilyams, ko’p yillar davomida Rossiyada yashagan va xatto “Ruslar Rossiyasi” kitobini yozgan. “Ginnes rekordlar kitobi” da qayd etilishicha, u 28 tilni bilgan. U shuncha tillarni bilgan holda Birinichi jahon urushi va inqilob davrida Rossiyada nima qilganini hamon maxfiyligicha qolmoqda. Shunday bo’lsa ham, Uilyams bilan birga to’rtinchi o’rinni Daniyalik tilshunos-professor Rasmus Rask hamda Angliyalik iqtisodchi va o’rindoshlikdagi Gonkong gubernatori Djon Bauring bo’lishadilar. Endi buni tekshirishning iloji yo’q, ularning hammasi allaqachon olamdan o’tib ketishgan.
5 -o’rin
Ikkinchi Jahon urushidan avval, Leningradda o’ta noyob bilimdon kishi va ajoyib musiqashunos, musiqa va teatr tanqidchisi Ivan Ivanovich Sollertinskiy yashab ijod qilgan. Irakliy Andronikov u haqda shunday so’zlarni yozgan edi: “U oylik olayotgan paytida qaydnomaga yapon tilida, arab tilida yoki yunon tilida imzo qo’yar edi: 26 tilni biladigan odamning beg’araz hazili edi bu”.
6 -o’rin
Fridrix Engels. Sovet Ittifoq davrida yirik faylasuf va marksizmning hammuallifi sifatida alohida hurmat bilan tilga olingan. Ushbu hizmatlari zaminida “General”ning (Karl Marksning oilasida Engelsni shunday deb atashar edi) boshqa fazilatlari yo’qolib ketgan edi. Lekin u esa bir paytning o’zida yaxshigina poliglot bo’lgan va yigirma to’rt tilda erkin gaplasha olgan.
7 -o’rin
Reytingning yettinichi misrasiga yuqorida ta’kidlangan Ishtvan Dabini joylashtiramiz. Baribir 22 ta tilni bilish oson ishmas! Shunday bo’lsa ham, u yettinichi o’rinni Filippin milliy qahramoni, olim, yozuvchi, o’z vatanini Ispan hukmronligidan ozod qilinishi uchun kurashgan, “mali irqining faxri” Xose Protasio Risal-Merkadova bilan bo’lishadi. Chunki ushbu shaxs ham aynan 22 tilni bilgan.
8 -o’rin
Ikkinchi jahon urushi davrida Vengeralik fizik va kimyogari bo’lgan ayol – Kato Lomb lug’atsiz Gogolning “O’lik ruhlar” asarini o’qib maxfiy ravishda Rus tilini o’rgangan. Zamonamiz tilshunoslari ushbu Venger ayolini dastlabki sinxron tarjimonlar qatoriga qo’shishadi. U o’z yukidagi oxirgi, o’n yettinchi til – ivritni 90 yoshligida o’rgangan, lekin rejasidagi navbatdagi til, ya’ni arab tilini o’rganishga ulgurmay qolib vafot etgan.
9 –o’rin
Genrix Shliman qazilma ishlarida qadimgi Troya shahrini topgani bilan tanilgan. Biroq, ushbu nemis tadbirkori va havaskor arxeolog o’n to’rt tilda, shu jumladan arab va turk tillari bemalol gaplasha olgani esa hammaga ham ma’lum emas.
10 -o’rin
Sobiq Rim Papasi Ioann Pavel II nafaqat tog’ chang’ichisi, balki taniqli giperpoliglot ham bo’lgan. Papa Polshada tug’ilgan. U Rim Papasi etib saylanganishidan avval, uning ismi Karol Voytila bo’lgan. U 11 tilda bemalol so’zlasha olgan.
Manbalar asosida “Tillar” kafedrasi
katta o’qituvchisi Dilshod Nasirov tayyorladi.
Meni mazur tutasiz lekin 1-o’rinda Abu Nasr Farobiyni keltirish kerak emasmi? Ahir ular 70dan ortiq tilni bilgan qomusiy olim! shunday emasmi?