Imom Az-Zayla’iyning to’liq ismlari: Jamoliddin Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf ibn Muhammad Az-Zayla’iy al-Hanafiy al-Misriy, imom va muhaddisdir. U kishining tug’ilganlari to’g’risida manbalarda hech qanday ma’lumot yo’q. Chunki u zot tug’ilgan shahardagi urf shuni taqozo qilgan. Az-Zayla’iy, Zayla’ shahriga berilgan nisbat bo’lib, u Habashiston sohilida joylashgan port shahar hisoblanadi va hozirda Somali dovlatiga tegishlidir. Imom Az-Zayla’iy keyinchalik Misrga ko’chib, shu yerda istiqomat qilganlar. Anvarshoh Kashmiriy (r.a.) Imom Zayla’iyning tariqat shayxlaridan ekanliklarini zikr qilganlar.
Ilm talabida bosib o’tgan yo’llari:
U kishi vaqtlarining ko’pgina qismini ilm olishlikka sarflab, Najib Abdullatif al-Harroniyning shogirdlarining suhbatlarida qatnashganlar, u kishining ustozlari bir nechta bo’lib, ularni birma-bir quyida keltirib o’tamiz: Imom Jamoliddin al-Mizziy, Shamsiddin Az-Zahabiy, Ibn Aqiyl an-Nahviylardir. Shu bilan birga Imom Abul-Barakot An-Nasafiyning “Kanzud-Daqoiq” asariga sharh yozgan mashhur shorih Imom Faxruz Zayla’dan va yana qozi Abul-Hasan Alavuddin ibn at-Turkmoniydan ham tahsil olganlar. O’zlariga hadis kitoblarni mutolaa qilishlikni lozim tutganlar.
Ilm-fanga qo’shgan hissalari:
Imom Az-Zamaxshariyning “Tafsir Al-Kashshof” asarini muxtasar tarzda bayon qilib va yana shu kitobda mashhur olim, hofiz Ibn Abdulkarimning kitoblarini talqin qilganlar. So’ngra hadislarni tanlab olib, ularni alohida-alohida keltirib, Shahobiddin Ahmad ibn Abdulkarimning muallifligini ham qo’shdi, va shu asarni “Taxriyju ahadiysil Kashshaf” (Kashshof hadislarining taxriji) deb nomladi. Hofiz ibn Hajar aytadi: Imom Zayla’iy bu asarlarida marfu’ hadislarning xoslarini keltirib, u hadislarning tariqlarini bayon qilib, uning roviylarining ismlariga izoh bergan. Lekin u kishi marfu’ hadislarning naqli borasida ozgina mubolag’a qilganlar.
Burhoniddin al-Marg’inoniyning Al-Hidoya asarlaridagi hadislarni taxrij qilib, shu asarga “Nasb ar-Roya liahadiysil Hidaya” deb nomlagan. Imom Zarkashiy “Taxriji Rofe’iy” asari borasida yozgan ko’pgina ma’lumotlarda Imom Az-Zayla’iyning Burhoniddin al-Marg’inoniyning Al-Hidoya asarlaridagi hadislarni taxrij qilishdagi “Nasb ar-Roya” asaridan foydalangan.
Al-Jarkasi Abu Jafar At-Tahoviyning “Sharhi ma’onil osor” asriga Al-Zailayning qisqartmasi borligini eslatib, uning bir nusxasi Al-Azhardagi Turkiylar galereyasi kutubxonasida, yana biri esa Turkiyadagi Koberli kutubxonasida borligini eslatib oʻtdi.
Imom Az-Zayla’iyning manhajlari:
Hofiz ibn Hajar aytadi:
U har bir bobda muxolif tarafning dalillarini zikr qilib, keyin ular borasida samohatli bo’lganlar, muxolif tarafning dalillarini e’tirozsiz aytadi va lekin ergashmaydi.
Imom Az-Zayla’iyning vafotlari:
Hijriy 762-yilda Muharram oyining 11-kunida Qohira shahrida vafot etganlar, va shu yerga dafn qilinganlar. Eng ajablanarlisi shundaki, tarixchi olimlardan hech kim u kishining qabrlarining o’rnini aniqlay olmagan. Ma’lumotlarda kelishicha yosh vafot etganlar, uzoq umr ko‘rmaganlar. Alloh u zotni rahmatiga olsin.
Toshkent Islom instituti
404-guruh talabasi
Qo’ziyev Valiyullo