islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Usmoniylar davlatining tarixi va unga asos solinishi

Tarixdagi muhim bosqich bo‘lgan hijriy 923-1342yillar, milodiy 1517-1923yillar Islom tarixida Usmoniylar ahdi (davri) deb ataladi, Aynan mana shu davrda Islom o‘lkalarining eng katta hududida Usmoniylar saltanati hukm surgan, Bu davr besh asr davom etgan. Islomiy halifalikning markazi bo‘lgan Usmoniylar davlati ana shu besh asr davomida o‘zining yagona va birinchi vazifasi- Islomni va musulmonlarni muhofaza qilish deb bilgan. Usmoniylar davlati nafaqat eng kuchli Islom davlati balki butun olamdagi eng qudratli davlat hisoblangan.

Usmoniylarning asl kelib chiqishi Turkiston tomonlardan bo‘lgan musulmonlar bo‘lib, ular G‘az qabilalariga mansubdirlar, Ularning qabilasi Qobih deb atalgan. Mo‘g‘ullar ularning yurtiga bostirib kirganda bobolari Sulaymonshoh ibn Qiyoalp o‘z qabilasi bilan Rum yerlariga hijrat qilib ketadi, so‘ng Shom va Iroqqa o‘tadi, Qaytib kelayotganida esa Furot daryosiga g‘arq bo‘ladi. Qabila shu tariqa tarqalib ketadi, Qolganlarini bir nechtasi asl vataniga qaytadi. Ertug‘rul ibn Sulaymon boshchiligidagi bir guruh kishilar esa Onado‘lining shimoliga yo‘l olishadi, 400 nafar turkman oilasi u bilan birga edi. Ular mintaqaga yetib borib, saljuqiy sulton Alouddin Kayqubodning hukmi ostida yashay boshlashadi, Ertug‘rul uning uning Vizantiyaga qarshi ba’zi g‘azotlarida yordam beradi. Shu bois Alouddin Kayqubod uni mukofotlab, Rum yurtlari chegarasida joylashgan Eski shahar degan bir mintaqani in’om qiladi, keyinroq esa uni erkin qo‘yib, o‘z sarhadlarini Vizantiya hisobidan kengaytirishga ham izn beradi.

Ertug‘rul hijriy 687 (milodiy 1288) yilda vafot etadi, uning o‘rniga o‘g‘li Usmon qoladi. Usmoniylar davlatining nomi ana shu Usmonga nisbat beriladi. U bu davlatning asoschisi, usmoniy podshohlaring birinchisidir.

Toshkent islom instituti talabasi

Xudashkurov Hikmatulloh

417571cookie-checkUsmoniylar davlatining tarixi va unga asos solinishi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: