islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

O‘qing, bu qiziq!

Siz ushbu qiziqarli ma’lumotlarni oqiganmidingiz?

Jahonda 7000 atrofida til mavjud. Ulardan 2500 tasi yo‘qolib ketish arafasida. Shukrki, biz so‘zlashadigan o‘zbek tilimiz 2500 ta tillar ichida emas.

Inglizcha “news” (“yangilik”, “yangiliklar”) so‘zi kompasda tomonlarni bildiruvchi North, East, West va South so‘zlarining birinchi harflari yig‘indisidan olingan. Ushbu so‘zning birlik va ko‘plik shakllari bir xil bo‘ladi.

Eng keksa harf “O o” harfi hisoblanadi. Bu harf ilk bor finikiy alifbosida uchraydi deyishadi. Hozirgi kunda ushbu harf dunyoning 65 ta til alifbosida mavjud.

“O o” harfi shunchaki harf emas. Uni har xil vaziyatda turlicha tushunish mumkin. Mana ulardan ayrimlari: 1. harf, 2. raqam, 3. kimyo fanida kislorodning belgisi, 4. filmning nomi, 5. koreys tilida kishining nomi, 6. genetik atama, 7. Norvegiyadagi qishloq nomi, 8. Italiya estrada guruhining nomi va boshqalar.

Hech bir til yo‘qki unda “A a” unlisi bolmasa. Eng kam uchraydigan tovush sifatida chex tilidagi “rjsh” tovushi qayd etiladi.

Aytgancha, ingliz tilida “month”, “orange”, “silver” va “purple” so‘zlarining qofiyadoshlari yo‘q emish.

Qaysi tillar dunyoda eng keng tarqalgan?

Keng tarqalgan tillar quyidagilar: 1. xitoy tili, 2. ingliz tili, 3. ispan tili, 4. hind tili, 5. arab tili, 6. rus tili, 7. fransuz tili, 8. yapon tili, 9. portugal tili 10. bengal tili.

Tay xalqi (Tay tili – Tay tillari oilasiga kiradi. Tay xalqi Hindixitoy yarim orolida (Tailand, Laos, Vietnam va Janubiy Xitoydagi (Yunnan viloyatida) yashaydi) bizga o‘xshab “men” so‘zini o‘rniga kamtarona qilib “qulungiz” so‘zini ishlatar ekan.

Dunyodagi eng kichik alifbo sifatida Papua-Yangi Gvineyadagi Rotokas alifbosi tan olinadi. Unda bor-yog‘i 12 ta harf mavjud.

Nemislar “Bu sening pivong emas” deyishsa, “Bu sening ishing emas” deb tushunishimiz lozim.

Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi ko‘p tilga tarjima qilingan hujjat sanaladi. Uni 320 dan ortiq tilda o‘qishimiz mumkin ekan.

“Uzuklar hukmdori” filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Ushbu film ingliz tilida ishlangan bo‘lsa-da, unda 12 ta tilga oid so‘z va iboralrni uchratamiz.

Xitoy iyeroglifida “mashaqqat”, “ko‘nglsizlik” ma’nolarini ifodalashda bir tom ostida turgan ikлi ayol tasviridan foydalaniladi. Bu iyeroglifda “choy” va “tetiklik” so‘zlari uchun bir xil belgi qo‘llanar ekan.

Murrey daryosining o‘zanida yashovchi Avstraliyalik aborigenlarning tilida 1 soni “enea” deyiladi, 2 soni “petjeval” deyiladi, 5 soni esa sakkizta turli ibora bilan aytish mumkin, masalan “petjeval petjeval enea”.

Dunyodagi eng hajmli so‘z “mamihlapinatapai” so‘zi. U tahminan “buni qilishga moyil bo‘lmagan lekin ikkala tomon uchun zarur narsani amalga oshirishni ikki tomondan biri taklif etishini kutish ilinji bilan bir biriga qarab turish” ma’nosini anglatadi.

Arab tilida so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida yozilishi turlicha bo‘lgan 28 harf, ivritda -5 harf, grek tilida bitta harf bor. Qolgan tillarda bunday harflar yo’q.

“Absurd” (ab surdo) so‘zi lotinchadan tarjima qilinganida “garangdan” ma’nosini anglatadi.

Foydalanilgan adabiyot va Internet saytlari:

1. “Abituriyent” gazetasi

2. wikipedia.org

3. odam.uz

 “Tillar” kafedrasi katta oqituvchisi Faxriddin Yernazarov tomonidan tayyorlandi

445890cookie-checkO‘qing, bu qiziq!

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: